iPhone Air
Eng qimmat narx 24899000 so'm
24 899 000 so'm
Menga xabar berish24 899 000 so'm
Menga xabar berish24 899 000 so'm
Menga xabar berish24 899 000 so'm
Menga xabar berish21 399 000 so'm
Menga xabar berish21 399 000 so'm
Menga xabar berish21 399 000 so'm
Menga xabar berish21 399 000 so'm
Menga xabar berishiPhone Air - Apple kompaniyasining 2025-yil kuzida taqdim etilgan yangi smartfoni. U nihoyatda yupqa korpusi va yangilangan dizayni bilan ajralib turadi hamda 17-avlod qurilmalariga xos yuqori unumdorlikka ega. Model ish faoliyati, ta’lim, o‘yinlar va kundalik foydalanish uchun qulay bo‘lgan zamonaviy imkoniyatlarga ega.
iPhone Air texnik xususiyatlari
Smartfon zamonaviy texnologiyalar va Apple’ning o‘ziga xos texnologiyalari asosida ishlaydi.
| Ko‘rsatkich | Tavsif |
|---|---|
| Protsessor | A19 Pro |
| Asosiy kamera | Fusion 48 MP |
| Oldingi kamera | Center Stage 18 MP |
| Korpus materiali | Titan ramkali korpus |
| Ekran | ProMotion texnologiyali Super Retina XDR |
| Ekran o‘lchami | 6,5 dyuym |
| Himoya darajasi | IP68 |
| Batareya ishlash vaqti | Video tomosha qilganda 27 soatgacha ishlaydi |
| Ichki xotira | 256 GB, 512 GB, 1 TB |
Smartfon to‘rt xil rangda taqdim etiladi: Sky Blue, Light Gold, Cloud White, Space Black.
Nima uchun iPhone Air buyurtma qilish kerak?
Apple tarixidagi eng yupqa smartfon qulay narx, yuqori unumdorlik va nafis dizayn uyg‘unligini ta’minlaydi. Uning asosiy afzalliklari quyidagilardan iborat:
· Yangi A19 Pro chipi va sun’iy intellektga asoslangan texnologiyalar murakkab vazifalarni tez bajarish, onlayn tarjima qilish hamda emojilar yaratish imkonini beradi.
· C1X va N1 chiplaridan foydalanilgan simsiz aloqa yanada tez, barqaror va ishonchli ishlaydi.
· Center Stage 18 MP oldingi kamera videoni barqaror va ravon yozib olishga yordam beradi hamda vertikal va gorizontal holatlar o‘rtasida bir zumda almashadi.
Qurilmada Dual Capture funksiyasi ham mavjud bo‘lib, u old va orqa kameralar orqali bir vaqtning o‘zida video yozish imkonini beradi.
O‘zbekistonda iPhone Air qayerdan sotib olinadi?
Apple’ning yangi qurilmalari hamda ular uchun mo‘ljallangan keng turdagi aksessuarlarni iSpace do‘konidan buyurtma qilish mumkin. Do‘kon Apple Premium Reseller sifatida faoliyat yuritadi va barcha texnikalarni ishlab chiqaruvchi kafolati bilan taqdim etadi.
Buyurtmani rasmiy sayt orqali rasmiylashtirish mumkin yoki Toshkentdagi (Tashkent City Mall) jismoniy do‘konga tashrif buyurish mumkin. Do‘konda barcha qurilmalar ochiq holda namoyish etilgan bo‘lib, modellarning farqlarini bevosita joyida ko‘rib, taqqoslash imkoniyati mavjud.
Eng ko‘p so‘raladigan savollar
· iPhone Air kafolatiga nimalar kiradi va undan qanday foydalanish mumkin?
Kafolat xariddan so‘ng bir yil davomida amal qiladi va ishlab chiqarish jarayonida yuzaga kelgan nuqsonlar qamrab oladi. Muammo aniqlangan taqdirda, rasmiy servis markaziga murojaat qilish tavsiya etiladi.
· iPhone Air chang va namlikdan qanday himoyalangan?
Qurilma IP68 himoya darajasiga ega. U 6 metr chuqurlikkacha bo‘lgan suvda 30 daqiqagacha ishlashga bardosh bera oladi.
· iPhone Air’ni rasmiy diler orqali qayerdan sotib olish mumkin?
Apple’ning asl qurilmalarini ispace.uz sayti orqali buyurtma qilish mumkin. Xarid uchun sizga qulay bo‘lgan to‘lov usulidan foydalanish, muddatli to‘lovni rasmiylashtiring.

















