iPhone 18 Pro Max Trade In'da 13 960 000 söm Sotib olish- iPhone 18 Pro Max Trade In'da 13 960 000 söm
Endi Apple Pay bilan: bir teginişda tölang - Endi Apple Pay bilan: bir teginişda tölang

iSpace - O‘zbekistondagi Apple Premium Reseller

iSpace - Apple’ning O‘zbekistondagi rasmiy hamkori. Bizdan asl iPhone, Mac, iPad, Apple Watch, AirPods, Apple TV va aksessuarlarni xarid qilishingiz mumkin. Mutaxassislarimiz ehtiyojlaringizga mos qurilmani tanlash, uni sozlash va ma’lumotlaringizni yangi qurilmaga ko‘chirishda yordam beradi. Bo‘lib to‘lash imkoniyati, Trade In dasturi, sodiqlik dasturi va mamlakat bo‘ylab yetkazib berish xizmati xarid qilishni yanada qulaylashtiradi.

Kafolat, texnik xizmat va yordam

iSpace rasmiy do‘konida Apple qurilmalari ishlab chiqaruvchining bir yillik kafolati bilan sotiladi. Toshkentda vakolatli iSupport xizmat ko‘rsatish markazi faoliyat yuritadi. Unga kafolat muddati davomida ham, kafolat muddati tugaganidan keyin ham murojaat qilishingiz mumkin. Muhandislarimiz Apple standartlariga muvofiq ishlaydi va faqat asl ehtiyot qismlardan foydalanadi.

Qurilma tanlashda yordam va individual yondashuv

Ish uchun MacBook tanlayapsizmi yoki qaysi iPhone modelini xarid qilish haqida o‘ylayapsizmi? iSpace mutaxassislari qurilmalarning xususiyatlari haqida ma’lumot berib, sizga mos modelni tanlashda yordam beradi. So‘ng qurilmani sozlab, ma’lumotlaringizni unga ko‘chirib beradi. Toshkentdagi do‘konimizda, telefon orqali yoki saytimizdagi chatda maslahat olishingiz mumkin.

Nega Apple qurilmalarini iSpace’dan xarid qilish ma’qul?

Asl Apple qurilmalarini qayerdan xarid qilishni bilmoqchi bo‘lsangiz, iSpace’ga tashrif buyuring. Bizda ishlash, o‘qish, dam olish va ijod bilan shug‘ullanish uchun iPhone, Mac, iPad, Apple Watch, AirPods hamda aksessuarlar mavjud. iSpace O‘zbekistonda Apple Premium Reseller maqomiga ega. Bu do‘konning jihozlanishi va xizmat ko‘rsatish sifati Apple talablariga javob berishini anglatadi.

Xaridorlar iSpace’ni quyidagi afzalliklari tufayli tanlaydi:

  • rasmiy kafolatga ega asl qurilmalar - Apple qurilmalarini ishlab chiqaruvchining rasmiy kafolati bilan xarid qilishingiz mumkin;
  • mutaxassislar yordami - mutaxassislarimiz qurilmani tanlash va sozlashda yordam beradi;
  • qulay yetkazib berish xizmati - qurilmalarni O‘zbekiston bo‘ylab tez va ehtiyotkorlik bilan yetkazib beramiz;
  • bo‘lib to‘lash imkoniyati - qurilmani hozir xarid qilib, haqini bo‘lib-bo‘lib to‘lashingiz mumkin;
  • Trade In - eski qurilmangizni topshirib, uning baholangan qiymati hisobiga yangi qurilmani arzonroq narxda xarid qilishingiz mumkin;
  • sodiqlik dasturi - bonuslar to‘plab, ulardan keyingi xaridlaringiz uchun to‘lov qilishda foydalanishingiz mumkin.

Yangi mahsulotlar va maxsus takliflar haqida birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish uchun iSpace Community’ga qo‘shiling.

Ko‘p beriladigan savollar