
Open Box
Filtr
Eng qimmat narx 32 399 730 so'm
8 Mahsulotlar
Mashhur
"Ochiq quti" nima degani?
"Ochiq quti" toifasiga quyidagilar kiradi:Vitrina namunalari — do‘kon vitrinasida namoyish namunalari sifatida foydalanilgan tovarlar. Ularda yeyilish, tirnalish, qadoqning shikastlanishi yoki batareya sig‘imining kamayishi kabi foydalanish izlari bo‘lishi mumkin. Bunda tovar to‘liq soz va ishga yaroqli holatda bo‘ladi.Qaytariladigan qurilmalar - xaridorlar tomonidan ilgari sotib olingan va qaytarilgan tovarlar. Bunday qurilmalar faollashtirilgan va ochilgan o‘ramda yetkazib berilishi mumkin.Servis qurilmalari - xaridorlar tomonidan ilgari qaytarilgan va servis markazida ta’mirlangan yoki qayta tiklangan tovarlar.Sotuv amalga oshirilgunga qadar xaridorga tovar ilgari foydalanishda bo‘lganligi, vitrina namunasi sifatida foydalanilganligi yoxud undagi kamchiliklar bartaraf etilganligi to‘g‘risidagi axborot, shuningdek uning holati va butlash xususiyatlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar ko‘rgazmali va tushunarli shaklda taqdim etiladi.
Ochiq qutidagi mahsulotlarga kafolat bormi?
Vitrina namunalari kafolatga ega emas va buzilgan taqdirda xaridor hisobidan ta’mirlanadi, O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi 221-I-sonli Qonunida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno
.Qutichasi ochiq qurilmani bepul ta’mirlash mumkinmi?
Vitrina namunalari: O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi 221-I-sonli Qonunida nazarda tutilgan hollardan tashqari, faqat pulli ta’mirlash mumkin.
Ochiq quti to‘plamiga nimalar kiradi?
Asl quti, agar u bo‘lmasa, xizmat qadog‘i. Hujjatlar. Xaridni tasdiqlovchi fiskal chek. Aksessuarlar mavjudligini xarid qilishdan oldin aniqlash lozim.
Tovar to‘g‘risidagi axborot qonun hujjatlari talablariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasining davlat tilida xaridorga yetkaziladi. Sotuvchining ixtiyoriga ko‘ra, bunday axborot rus tilida va boshqa tillarda ham taqdim etilishi mumkin.
Mahsulotni qaytarish yoki almashtirish mumkinmi?
Qutichasi ochiq holda sotib olingan tovarlar qaytarilmaydi va almashtirilmaydi, O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 26-apreldagi 221-I-son "Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida"gi Qonunida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
Open Box mahsulotlariga iSpace aksiyalari tatbiq etiladimi? Bonuslar, keshbek yoki muddatli to‘lov mavjudmi?
Open Box toifasidagi mahsulotlarni naqd pul, bank kartasi yoki kredit orqali xarid qilish mumkin.
Keshbek, bonus ballari va muddatli to‘lov shartlari mahsulotga qarab farq qilishi mumkin. Amaldagi shartlarni aniqlashtirish uchun iSpace xodimlariga murojaat qiling.
Open Box mahsulotini qanday xarid qilish mumkin?
Open Box toifasidagi mahsulotni xarid qilish uchun formani to‘ldiring va tanlangan mahsulotning havolasi yoki artikulini ko‘rsating.
Arizangiz qabul qilingandan so‘ng, iSpace menejeri siz bilan bog‘lanadi, qurilmaning holati haqida ma’lumot beradi, mavjudligini tekshiradi va buyurtma tafsilotlarini tasdiqlaydi.
Buyurtma tasdiqlangach, qurilma siz tanlagan iSpace do‘koniga yetkazib beriladi va mahsulotni qachon olib ketishingiz mumkinligi haqida sizga xabar beriladi.
Nima uchun ochiq qutidagi mahsulotni tanlash kerak?
Har bir qurilma sotuvdan oldin sinovdan o‘tkaziladi: siz foydalanishga tayyor original, ishchi va ishonchli qurilmani qo‘lga kiritasiz. Ikkilamchi bozordan xarid qilishdan farqli o‘laroq, siz texnikaning qanday holatda ekanligini aniq bilasiz - hech qanday syurpriz yo‘q, faqat tekshirilgan sifat.
Arzonroq narx. Shunchaki quti ochiq bo‘lgani va qurilma vaqtincha vitrinada ishlatilgani uchun.











