Trade In’da 1 800 000 so‘mgacha qo‘shimcha foyda Batafsil- Trade In’da 1 800 000 so‘mgacha qo‘shimcha foyda
iPhone 17 Pro — Trade In orqali 1 382 553 so'mdan Sotib olish- iPhone 17 Pro — Trade In orqali 1 382 553 so'mdan
Talaba guvohnomasi bilan MacBook'ga -3% Batafsil- Talaba guvohnomasi bilan MacBook'ga -3%

Yandex

Filtr

Eng qimmat narx 7 290 000 so'm

48 Mahsulotlar
Mashhur

Yandex aqlli akustik qurilmalari - Alisa ovozli yordamchisi o'rnatilgan zamonaviy audio texnika. Ovozli buyruqlar yordamida kundalik ishlarni osonlashtirishingiz mumkin: sevimli musiqangizni tinglang, ob-havo ma'lumotlarini bilib oling, uyg'otgichni sozlang va aqlli uy qurilmalarini boshqaring.

Yandex mahsulotlarining suratlari va tavsiflarini ko'rib chiqing, o'zingizga yoqqan rangni tanlang, kerakli qurilmaga buyurtma bering va uni sizga eng yaqin iSpace do'konidan olib keting.

Yandex aqlli qurilmalarining assortimenti va xususiyatlari

Alisa ovozli yordamchisi o'rnatilgan Yandex aqlli qurilmalari buyruqlaringizni bajaradi va savollaringizga javob beradi. Brend turli shakl va dizayndagi modellarni taklif etadi.

Stansiya Dinamiklar soni Mikrofonlar soni Ovoz quvvati Qanday foydalanish uchun mos?
Lite 2 1 2 6 Vt Kichik xona
Midi 3 4 24 Vt (Room Correction) Uyda foydalanish, musiqa tinglash
Yandex Stansiya 3 5 6 50 Vt (Room Correction 2.0) Uyda foydalanish, aqlli uy imkoniyatlaridan kengroq foydalanish
Mini 3 1 3 12 Vt Kichik xona, kundalik foydalanish
Mini 3 Pro 1 3 18 Vt Uyda foydalanish, musiqa tinglash, aqlli uyni boshqarish
Smart Speaker 1 4 5 Vt Musiqa va podkastlarni tinglash
Street 1 3 30 Vt («Ko'cha» va «Xona» rejimlari) Uyda, dala hovlida, ochiq havoda dam olish va sayohat paytida foydalanish
Max 5 7 65 Vt (Dolby Audio) Katta xonada musiqa tinglash, uy kinoteatri uchun
Duo Max 3 8 60 Vt (Room Correction) Film tomosha qilish va musiqa tinglash, videoqo'ng'iroqlar, aqlli uyni boshqarish

Alisa Lite 2 aqlli qurilmasi bolalar xonasi yoki yotoqxona uchun yaxshi tanlov bo'ladi. Uyda foydalanish uchun Mini 3 va Mini 3 Pro modellarini tanlashingiz mumkin. Ochiq havoda esa Street modeli ayni muddao. Max va Duo Max yordamida uyda to'laqonli multimedia markazini yaratishingiz mumkin.

Xaridorlar fikrlari

Yandex akustik qurilmalari foydalanuvchilar tomonidan yuqori baholanadi. Ular odatda quyidagi afzalliklarni ta'kidlashadi:

  • yuqori ovoz sifati;
  • Alisadan foydalanish qulayligi;
  • qurilmani aqlli uy tizimiga ulash imkoniyati.

Shuni inobatga olingki, mikrofonlarning ovozni ilg'ash masofasi modelga qarab farq qilishi mumkin.

Yandex stansiyasini O'zbekistonda iSpace'dan xarid qilishingiz mumkin. Biz brendning original qurilmalarini ishlab chiqaruvchining rasmiy kafolati bilan taklif etamiz. Yandex stansiyalarining xususiyatlari va narxlari saytda ko'rsatilgan. iSpace mutaxassislari savollaringizga javob berish va mos qurilmani tanlashda yordam berishga tayyor. Buyurtmani onlayn rasmiylashtiring - uni kuryer orqali tez yetkazib beramiz. Shuningdek, qurilmani Toshkent markazidagi Tashkent City Mall savdo markazida joylashgan rasmiy do'konimizdan olib ketishingiz mumkin.

FAQ

Alisa o'rnatilgan qaysi aqlli qurilmani tanlagan ma'qul?

Tanlov qurilmadan qayerda va qanday foydalanishingizga bog'liq. Yotoqxona uchun Lite 2 modeli, katta xona uchun esa Max modeli mos keladi.

Alisa 2 va Alisa 3 o'rtasidagi farq nimada?

Uchinchi avlod stansiyasi kuchliroq. Bundan tashqari, u yangi displey va yanada boyroq ovozga ega.

Alisa nimalarni qila oladi?

Alisa aqlli uy qurilmalarini boshqara oladi, savollaringizga javob beradi, musiqa qo'yadi va turli kundalik vazifalarni bajarishda yordam beradi.