15 dyuymli MacBook Air
Eng qimmat narx 31 299 000 so'm
28 199 000 so'm
2 056 177 so'm'dan/oy. 24 oy bo'lib to'lash
28 199 000 so'm
2 056 177 so'm'dan/oy. 24 oy bo'lib to'lash
23 299 000 so'm
1 698 885 so'm'dan/oy. 24 oy bo'lib to'lash
23 299 000 so'm
1 698 885 so'm'dan/oy. 24 oy bo'lib to'lash
21 499 000 so'm
Menga xabar berish31 299 000 so'm
Menga xabar berish31 299 000 so'm
Menga xabar berish31 299 000 so'm
Menga xabar berish31 299 000 so'm
Menga xabar berish28 199 000 so'm
Menga xabar berish28 199 000 so'm
Menga xabar berish24 770 000 so'm
Menga xabar berish24 770 000 so'm
Menga xabar berish23 299 000 so'm
Menga xabar berish23 299 000 so'm
Menga xabar berish21 680 000 so'm
Menga xabar berish21 499 000 so'm
Menga xabar berish21 499 000 so'm
Menga xabar berish21 499 000 so'm
Menga xabar berish18 599 000 so'm
Menga xabar berish15 dyuymli MacBook Air - Apple tomonidan ishlab chiqarilgan, yuqori unumdor, yengil korpusli va keng ekranli noutbuk. Uning vazni atigi 1,51 kg. Ushbu turkumdagi qurilmalar kontent yaratuvchilar, dizaynerlar, tadbirkorlar hamda Apple ekotizimining afzalliklarini qadrlaydigan foydalanuvchilar orasida ommalashgan.
MacBook Air 15 modellari va ularning xususiyatlari
Noutbuk kundalik vazifalarni bajarish, dasturlash bilan shug‘ullanish va suratlarni qayta ishlash uchun yetarli darajada unumdor. O‘zbekistonda 15 dyuymli MacBook Air’ning turli avlodlarini xarid qilish mumkin.
| Parametr | Qiymat |
|---|---|
| Displey | Liquid Retina, 15,3 dyuym |
| Chip | M4 yoki M5 |
| Markaziy protsessor yadrolari soni | 10 |
| Grafik protsessor yadrolari soni | 10 |
| Birlashtirilgan xotira hajmi | 16, 24 yoki 32 GB |
| SSD sig‘imi | MacBook Air M4 uchun 256 yoki 512 GB, 1 yoki 2 TB; MacBook Air M5 uchun 512 GB, 1, 2 yoki 4 TB |
M turkumidagi chiplar bilan jihozlangan qurilmalar Apple’ning sun’iy intellekt funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu 15 dyuymli MacBook Air M5 modeliga ham tegishli. Matnlarni tahrirlashdan tortib kerakli ma’lumotlarni izlashgacha bo‘lgan ayrim kundalik vazifalarni sun’iy intellekt yordamida bajarishingiz mumkin.
Displey
Noutbuklar 15,3 dyuymli Liquid Retina displeyi bilan jihozlangan. Ekran qariyb bir milliard rang tusini aks ettiradi va 500 nitgacha yorqinlikni ta’minlaydi. Shu tufayli tasvirlar tabiiy ko‘rinadi, noutbukdan esa yorug‘ joyda ham bemalol foydalanish mumkin.
Ushbu modelning asosiy afzalliklaridan biri - katta ekran. Unda bir vaqtning o‘zida bir nechta oynani yonma-yon joylashtirib ishlash qulay. Masalan, taqdimot va unga oid materiallar, jadval va messenjer yoki hujjat va videoni bir vaqtda ochishingiz mumkin.
Xaridorlar fikrlari
15 dyuymli MacBook Air foydalanuvchilar tomonidan yuqori baholanadi. Ular ko‘pincha quyidagi jihatlarni alohida ta’kidlashadi:
- •bir marta quvvatlanganda 18 soatgacha ishlashi;
- •dinamiklarining tiniq va kuchli ovozi;
- •Touch ID sensori o‘rnatilgan qulay klaviaturasi;
- •macOS operatsion tizimining barqaror ishlashi.
Qurilmani tanlashda unda faqat ikkita USB-C/Thunderbolt porti borligini hisobga oling. Noutbuk yuqori unumdorlikka ega bo‘lsa-da, ko‘p resurs talab qiladigan murakkab renderlash ishlari uchun MacBook Pro turkumidagi modellardan foydalanish ma’qul.
Sizni O‘zbekistondagi Apple Premium Reseller - iSpace’da kutamiz. Toshkentdagi do‘konimizga tashrif buyurib, zamonaviy qurilmalarni shaxsan sinab ko‘rishingiz yoki yetkazib berish xizmati orqali onlayn buyurtma qilishingiz mumkin. Muddatli to‘lov imkoniyati xaridni yanada qulaylashtiradi. Savollaringiz bo‘lsa, mutaxassislarimiz sizga doimo yordam berishga tayyor.
FAQ
15 dyuymli MacBook Air M5 qancha turadi?
M5 chipi bilan jihozlangan yangi model bir nechta konfiguratsiyada taqdim etiladi. Uning narxi 19 999 000 so‘mdan boshlanadi.
15 dyuymli MacBook Air qachon chiqarilgan?
15 dyuymli MacBook Air ilk bor 2023-yilda taqdim etilgan. O‘sha paytda model M2 chipi bilan jihozlangan edi.
15 dyuymli MacBook Air o‘lchamlari qanday?
Noutbuk korpusining qalinligi 1,15 sm. Ekran diagonali 15,3 dyuym bo‘lishiga qaramay, qurilmaning vazni atigi 1,51 kg.
Qaysi ekran o‘lchamidagi MacBook’ni tanlagan ma’qul?
Siz uchun yengillik va ixchamlik muhim bo‘lsa, 13 dyuymli modelni tanlashingiz mumkin. 15 dyuymli katta ekran esa bir vaqtning o‘zida bir nechta oynada, ayniqsa, jadvallar va matnlar bilan ishlash uchun qulay.
15 dyuymli MacBook Air qancha turadi?
15 dyuymli MacBook Air narxi uning avlodi, SSD sig‘imi va birlashtirilgan xotira hajmiga bog‘liq. Boshlang‘ich narxi 16 229 000 so‘mni tashkil etadi.
15 dyuymli va 13 dyuymli MacBook Air modellari o‘rtasida qanday farq bor?
Modellar o‘rtasidagi asosiy farq ekran o‘lchamida. Bundan tashqari, ularning vazni, texnik konfiguratsiyasi va batareya sig‘imi ham biroz farq qiladi.























