iPhone 17 Pro Max atigi 21 399 000 so'mdan Sotib olish

AirPods

Filtr

Eng qimmat narx 9 490 000 so'm

19 Mahsulotlar
Mashhur

Shuningdek, sizga yoqishi mumkin

Apple AirPods quloqchinlari 2016-yildan beri taqdim etib kelinmoqda. Shu vaqt ichida AirPods modellari qatori sezilarli darajada kengaydi: kundalik foydalanish uchun mo‘ljallangan asosiy modellar, faol turmush tarzi uchun mos ilg‘or modellar hamda ish, dam olish va multimedia uchun qulay to‘liq o‘lchamli versiyalar paydo bo‘ldi.


AirPods’ning hozirgi modellari


AirPods quloqchinlari muntazam yangilanib, foydalanuvchilar uchun yangi imkoniyatlarni ochib bermoqda. Hozirgi modellarga quyidagilar kiradi:

  • · AirPods 4 — quloqda qulay turadigan yengil, ochiq turdagi quloqchinlar. ANC funksiyasiga ega versiyasi ham mavjud.
  • · AirPods 3 Pro — ANC va moslashuvchan ovoz tizimiga ega, quloq ichiga taqiladigan quloqchinlar.
  • · AirPods Max 2 — chuqur va hajmli tovushga ega to‘liq o‘lchamli model.

Quloqchinlar boshqa Apple qurilmalari bilan tez sinxronlashadi, foydalanishda qulay va ko‘plab aqlli funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.


Xususiyatlari


Har bir yangi avlod bilan AirPods quloqchinlari yanada qulayroq bo‘lib, ko‘proq funksiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Model Chip Shovqinni faol bostirish Quloqchinlarning ishlash vaqti G‘ilof bilan umumiy ishlash vaqti Namlik va changdan himoya
AirPods 3 H1 Yo‘q 6 soatgacha 30 soatgacha Ter va suvdan himoya
AirPods 4 H2 Faqat ANC versiyasida 5 soatgacha 30 soatgacha Ter, suv va changdan himoya, IP54
AirPods Pro 2 H2 Bor 6 soatgacha 30 soatgacha Ter, suv va changdan himoya, IP54
AirPods Pro 3 H2 Bor 8 soatgacha 24 soatgacha Ter, suv va changdan himoya, IP57
AirPods Max 2 H2 Bor 20 soatgacha - -

Barcha zamonaviy modellarda tezkor quvvatlash funksiyasi mavjud: g‘ilofda 5 daqiqa quvvatlangandan so‘ng taxminan bir soat musiqa tinglash mumkin.


Konstruksiya va tashqi ko‘rinish


Quloqchinlarning dizayni minimalistik uslubda ishlangan - Apple’ga xos eng yaxshi an’analar saqlangan. Yengil korpus va anatomik shakl quloqchinlarni bir necha soat davomida bemalol taqib yurishga imkon beradi. To‘liq o‘lchamli modelda to‘rli bosh tasmasi va ichki qismida akustik ko‘pik ishlatilgan alyuminiy quloq qoplamalari qo‘llanilgan. Shu bois qurilma yengil va qulay.


Ovoz


Ovoz tiniq va muvozanatli eshitiladi. Moslashuvchan ekvalayzer tovushni quloqchinlarning quloqda qanday joylashganiga qarab sozlaydi, fazoviy audio esa tovushni yanada kengroq his qilish imkonini beradi. Bu ayniqsa film tomosha qilish va o‘yin o‘ynashda yoqimli taassurot qoldiradi. Mikrofon ovozni aniq uzatadi.


Qaysi Apple quloqchinlarini tanlash kerak?


Agar tez-tez yo‘lda bo‘lsangiz yoki shovqinli joyda ishlasangiz, ANC funksiyasiga ega modellarga e’tibor qarating. Ochiq turdagi va quloq ichiga taqiladigan modellar ixchamligi bilan ajralib turadi, to‘liq o‘lchamli variantlar esa kompyuterda uzoq vaqt ishlash uchun mos keladi.

O‘zbekistondagi Apple Premium Reseller - iSpace’da siz rasmiy kafolatga ega original qurilmalarni topasiz. Ularni internet-do‘kon orqali yetkazib berish xizmati bilan yoki Toshkentdagi do‘konda qulay tarzda xarid qilish mumkin. Har qanday holatda ham mutaxassislar sizga maslahat berishga doim tayyor.


FAQ


AirPods’ning asosiy afzalligi nimada?

Quloqchinlar iPhone, iPad va MacBook bilan tez ulanadi. Ovoz boshqa qurilmadan uzatilganda esa ular avtomatik ravishda qurilmalar o‘rtasida almashadi.


O‘zbekistonda original AirPods quloqchinlarini qayerdan xarid qilish mumkin?

Quloqchinlarni brendning rasmiy hamkorlaridan xarid qilish tavsiya etiladi. Masalan, iSpace Apple Premium Reseller maqomida faoliyat yuritadi va Apple’ning original mahsulotlarini kafolat bilan taklif qiladi.


2026-yilda qaysi quloqchinlarni xarid qilish maqsadga muvofiq?

Eng ommabop variantlardan biri shovqinni faol bostirish funksiyasiga ega AirPods 4 modeli hisoblanadi.


O‘zbekistonda AirPods narxi qancha?

Narx tanlangan model va funksiyalar to‘plamiga bog‘liq. iSpace’da quloqchinlar narxi 2 099 000 so‘mdan boshlanadi.