- QOʻL OSTINGIZDAGI YORQINLIK – 14,2″ PROLED XDR displey¹ yangi avlod tandem OLED paneli bilan jihozlangan boʻlib, u maksimal 2000 nit HDR va SDR yorqinlik,² 10 000 000:1 kontrast nisbati hamda P3 va Adobe RGB bilan kengroq ranglar gammasini taqdim etadi. Chegaralarni kengaytiruvchi ixcham etalon displey sifatida esa u kino olish, dizayn va hatto ilmiy tadqiqotlarga yuksak aniqlik olib kiradi.
- BIR BOSISHDA MOʻJIZA – Teginish imkoniyati ekranda varaqlash, chimdish, chizish va boshqa amallarni bajarish imkonini beruvchi Multi-Touch ishoralari bilan professional ish jarayonlari uchun yangi imkoniyatlar ufqini ochadi. 3D obyektlarni boshqarishingiz, hujjatni varaqlashingiz yoki suratni yaqinlashtirish uchun chimdishingizdan qatʼi nazar, har bir amal tabiiy va sezgir tuyuladi.
- KUCH-QUDRAT USTALARI – M5 Pro va M5 Max bilan professional ish jarayonlarini yashin tezligida bajaring. Har bir GPU yadrosiga oʻrnatilgan kuchli Neural Accelerator va takomillashgan sheyder yadrolariga ega GPU yordamida AI vazifalari hamda murakkab grafik ish yuklamalarini tezlatish mumkin.
- MAKSIMAL 22 SOATGA YETADIGAN BATAREYA QUVVATI3 – Butun kun davomida ishlang, ijod qiling va oʻynang. Shuningdek, quvvat manbasiga ulangan-ulanmaganidan qatʼi nazar, bir xil unumdorlikka ega boʻlasiz.
- AI UCHUN KUCHLI PLATFORMA – Apple chipi katta til modellari va moslangan agentlardan foydalanish kabi qurilmadagi murakkab AI yuklamalari uchun moʻljallangan boʻlib, ajoyib quvvat samaradorligini taqdim etadi.
- RAVON, UZLUKSIZ MACOS – Doimiy ishlatadigan barcha samaradorlik va professional ilovalaringiz macOS tizimida yashin tezligida ishlaydi. Dynamic Island yordamida esa ekraningiz yuqori qismida Live Activities funksiyasini kuzatishingiz mumkin.4
- AUDIO VA KAMERA – Ilgʻor audio tizimi va mikrofonlar hamda yuqori sifatli kamera bilan professional darajada eshitiling va koʻrining. Olti karnayli tovush tizimining past chastotali karnaylari chuqurroq bas va yanada boy tovushni taqdim etadi. Yuqori chastotali karnaylar turli muhitlarda ajoyib tiniqlik uchun tovush tarqalishini shakllantiradi. 12 MP Center Stage kamera esa video chaqiruvlarda sizni doim kadr markazida ushlab turadi.
- HAMMASINI ULANG – Uchta Thunderbolt 5 porti, MagSafe 3 quvvatlash porti, SDXC karta uyasi, HDMI porti, quloqlik uchun teshik hamda Wi-Fi 7 va Bluetooth 6 uchun Apple ishlab chiqqan N1 simsiz chipiga ega.5 M5 Pro bilan uchtagacha yoki M5 Max bilan toʻrttagacha tashqi displeyni dastaklaydi.
- MAXFIYLIK VA XAVFSIZLIK – Ichki xavfsizlik himoyasi maʼlumotlaringizni xavfsiz va himoyalangan holda saqlashga yordam beradi. FileVault boshqalar ularga kira olmasligi uchun fayllarni avtomatik shifrlaydi. Touch ID Mac qulfini ochish, toʻlovlarni tasdiqlash hamda ilova va saytlarga hisobingiz bilan kirish uchun barmoq izingizdan foydalanadi. Shuningdek, ishonchli antivirus himoyasi hamda bepul, avtomatik dastur yangilanishlari Mac qurilmangiz ravon ishlashiga yordam beradi.
Huquqiy matn
Parametrlarni tanlash imkoniyati mavjud.
1Ekran oʻlchami –14,2 duym (PROLED XDR displeyli 14″ MacBook Pro) chiqadi. Standart toʻrtburchak shaklda diagonaliga oʻlchanadi. Yoysimon burchaklar sababli haqiqiy koʻrish maydoni kichikroq.
²25°C darajadan past haroratda.
3 Sinovlar Apple tomonidan 2026-yil sentabr oyida Apple M5 Max, 18 yadroli CPU, 32 yadroli GPU, 36 GB birlashgan xotira va 4 TB SSD xotirali ishlab chiqarishdan oldingi PROLED XDR displeyli 14″ MacBook Pro tizimlari hamda Apple M5 Pro, 18 yadroli CPU, 20 yadroli GPU, 24 GB birlashgan xotira va 4 TB SSD xotirali PROLED XDR displeyli 14″ MacBook Pro tizimlari yordamida oʻtkazilgan. Wi-Fi tarmoqqa ulangan holda 25 ta mashhur veb-saytni kezish orqali simsiz internet uchun batareya quvvati davomiyligi sinovdan oʻtkazildi. Wi-Fi tarmoqqa ulangan holda Safari brauzerida 1080p sifatli kontent bilan video strimingda batareya quvvati davomiyligi sinovdan oʻtkazildi. Displey yorqinligi pastdan 8-bosqichga sozlangan va klaviatura orqa yoritkichi o‘chirilgan. Batareya quvvati ishlatish, konfiguratsiya va atrof-muhit omillariga qarab farq qiladi. Batafsil: apple.com/batteries.
4Ayrim funksiyalar baʼzi hududlarda yoki tillarda mavjud boʻlmasligi mumkin.
5Wi‑Fi 7 mavjudligi mamlakatga qarab farq qiladi. Batafsil axborot uchun support.apple.com/148165 sahifasiga kiring.