iPhone Air atigi 15 499 000 so'mdan Sotib olish
iPhone 17 Pro Max atigi 21 399 000 so'mdan Sotib olish

iPad Air

Filtr

Eng qimmat narx 22899000 so'm

44 Mahsulotlar
Mashhur
Shuningdek, sizga yoqishi mumkin

iPad Air plansheti - brendga xos dizaynga ega, yupqa korpusli kuchli qurilma. U o‘qish va ishda, ijodiy ishlarda hamda aloqa uchun mos keladi.


Qurilma xususiyatlari

Video va foto materiallar bilan ishlash, video tahrirlash va boshqa vazifalarni bajarishda qudratli M3 chipidan (8 yadroli CPU, 10 yadroli GPU va 16 yadroli neyron protsessor) foydalanish mumkin. Qurilma ikki xil ekran o‘lchamida taqdim etiladi - batafsil ma’lumot jadvalda keltirilgan.

Parametr11 dyuym13 dyuym
EkranLiquid RetinaLiquid Retina
Ruxsati2360×1640 piksel2732×2048 piksel
Yorqinlik500 nit600 nit
O‘lchamlar247,6×178,5×6,1 mm280,6×214,9×6,1 mm
Vazn460 g617 g

Boshqa jihatlari bo‘yicha modellarning imkoniyatlari o‘xshash. Ular 8 GB tezkor xotiraga ega, ichki xotira esa 128, 256, 512 GB yoki 1 TB hajmda taklif etiladi. Kamera yordamida 4K formatda video yozib olish va sifatli suratlar tushirish mumkin.

Qurilma bilan kun bo‘yi zaryad qilmasdan ishlash imkoni mavjud: batareya Wi-Fi orqali video tomosha qilishda taxminan 10 soatga yetadi. Model to‘rtta rangda taqdim etiladi: Starlight, Purple, Blue va Space Grey.


Nima uchun iPad Air’ni tanlash kerak?

iPad Air kundalik ehtiyojlar uchun yetarli unumdorlikka ega bo‘lishi bilan birga, juda yengil va nafis dizaynga ega. Uning asosiy afzalliklari:

  • 16 yadroli Neural Engine AI vazifalarida unumdorlikni oshiradi: M1 chipli modelga nisbatan 60 foizgacha yuqori samaradorlik;
  • Apple Intelligence’ning yangi imkoniyatlari video tahriri, qaydlar tayyorlash va boshqa kontent bilan bilan ishlashni sezilarli darajada yengillashtiradi;
  • Apple Pencil Pro bilan mosligi rasm chizish jarayonini yanada qulay qiladi va yuqori darajadagi tajriba taqdim etadi.

Optimallashtirilgan iPadOS va ushbu platforma uchun maxsus yaratilgan ilovalar tufayli planshetda ishlarni samarali tashkil qilish mumkin.


O‘zbekistonda iPad Air’ni qayerdan sotib olish mumkin?

iPad Air’ni iSpace do‘konidan buyurtma berishingiz mumkin. O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmati mavjud. Mutaxassislarimiz sizga maslahat berishga va mos modelni tanlashda yordam berishga tayyor. Shuningdek, Tashkent City Mall’dagi offlayn do‘konimizga tashrif buyurib, qurilmalarni joyida sinab ko‘rishingiz mumkin.


Ko‘p beriladigan savollar


Xarid to‘plamiga nimalar kiradi?

Paketga planshetning o‘zi, USB-C kabeli va hujjatlar kiradi. Qo‘shimcha aksessuarlarni iSpace’da buyurtma berish mumkin.


Qurilma o‘qish va ish uchun mosmi?

Model ofis ilovalari, taqdimotlar va konspekt tayyorlash kabi vazifalarni bemalol bajara oladi. Uning funksional imkoniyatlari bu yo‘nalishlar uchun yetarlicha keng.


Qaysi ekran diagonali ma’qul?

Ikkala model ham qulay. O‘yinlar, aloqa va ish uchun 11 dyuymli variant qulayroq - uni har doim o‘zingiz bilan olib yurish oson. Kattaroq 13 dyuymli model esa matnlar, grafikalar va jadvallar bilan stol ustida ishlashda afzal bo‘lishi mumkin.


iPad Air uchun kafolat bormi?

Ishlab chiqaruvchi 12 oylik kafolat taqdim etadi. Xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash bo‘yicha iSpace servis markaziga murojaat qilishingiz mumkin.