Apple qurilmalari o‘quvchiga doimo aloqada bo‘lib turishga, ota-onalarga esa farzandining xavfsizligi borasida xotirjamroq bo‘lishga yordam beradi. Buning uchun Apple bolalar xavfsizligiga qaratilgan bir qator funksiyalarni taklif etadi. «Oilaviy ulashish» (Family Sharing) orqali iPhone’da ota-ona nazoratini sozlash, ilovalardan foydalanish vaqtini cheklash, kattalar uchun mo‘ljallangan kontentni bloklash, App Store’dagi xaridlarni nazorat qilish va bolaning joylashuvi haqidagi bildirishnomalarni yoqish mumkin.

O‘quv yili boshlanishidan oldin Apple qurilmalaringizni O‘zbekistondagi Apple Premium Reseller – iSpace’da yangilashingiz mumkin.

Nima uchun iPhone ota-onalar va bolalar uchun qulay smartfon?

iPhone bola uchun aloqa qilish, internetdan foydalanish, xabar almashish va o‘yin o‘ynash imkonini beradigan qulay qurilma. Bolalarga uning tezkor ishlashi va ommabopligi yoqadi, ota-onalar uchun esa xavfsizlik va ota-ona nazoratiga oid keng imkoniyatlar ayniqsa muhim. Quyidagi funksiyalardan foydalanish mumkin:

  1. Ekran vaqtini cheklash. Alohida ilovalar va toifalar, masalan, o‘yinlar yoki ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish vaqtini cheklash mumkin.
  2. Nomaqbul kontentdan himoyalash. Ota-ona nazorati yoshga mos kelmaydigan kontent, ilovalar va saytlarga kirishni cheklash imkonini beradi.
  3. App Store’dagi xaridlarni nazorat qilish. «Xarid qilishni so‘rash» (Ask to Buy) funksiyasi orqali bola ota-onasining qurilmasiga xaridni tasdiqlash uchun so‘rov yuboradi, ota-ona esa uni tasdiqlashi yoki rad etishi mumkin.
  4. Joylashuvni kuzatish. «Find My» ilovasi orqali bolaning qurilmasi qayerdaligini ko‘rish, shuningdek, uning maktabga yetib kelgani yoki uyga qaytgani haqida bildirishnomalarni sozlash mumkin.
  5. Ko‘rish va eshitish qobiliyatini asrash. «Ekrangacha masofa» (Screen Distance) funksiyasi bola smartfonni ko‘ziga haddan tashqari yaqin tutib uzoq vaqt foydalansa, uni ogohlantiradi. Shuningdek, quloqchinlarning maksimal ovoz balandligini cheklash mumkin.

Bu funksiyalarni «Oilaviy ulashish» orqali boshqarish qulay. Oilaviy guruhga olti nafargacha oila a’zosini qo‘shish mumkin. Odatda bola uchun Apple hisob qaydnomasi ota-onaning qurilmasi orqali sozlanadi.

Maktab o‘quvchisi uchun mos iPhone modelini iSpace’dan tanlang:

Ota-ona nazorati: bolaning iPhone’ida ekran vaqtini va cheklovlarni qanday sozlash mumkin?

Ota-onalar iPhone’da kontentga oid cheklovlarni oldindan belgilashi, ekran vaqtini cheklashi va qurilmadan foydalanish bo‘yicha boshqa qoidalarni belgilashi mumkin. Ota-ona nazoratini yoqish uchun:

  1. «Sozlamalar» ilovasini oching, Apple hisob qaydnomangizga kiring, so‘ng «Oila» bo‘limini tanlab, bolani oilaviy guruhga qo‘shing. Zarur bo‘lsa, shu yerning o‘zida bola uchun Apple hisob qaydnomasini yarating.
  2. «Sozlamalar»da «Ekran vaqti» bo‘limini oching va bolaning profilini tanlang. Bu yerda o‘yinlar, ijtimoiy tarmoqlar va boshqa ilovalardan foydalanish vaqtini cheklashingiz mumkin.
  3. «Tinch vaqt» bo‘limida aksariyat ilovalardan foydalanish cheklanadigan vaqt oralig‘ini belgilang, masalan, uyqu vaqtini yoki dars paytini.
  4. «Kontent va maxfiylik» bo‘limida nomaqbul saytlar, ilovalar va yoshga mos kelmaydigan kontentga kirishni cheklang.
  5. «Har doim ruxsat berilgan» bo‘limida cheklovlar amal qilayotgan paytda ham foydalanish mumkin bo‘lgan ilovalar va kontaktlarni tanlang.

Vaqti-vaqti bilan «Ekran vaqti» statistikasini tekshirib turing. Unda bola turli ilovalarda qancha vaqt o‘tkazayotgani ko‘rsatiladi. Bola bilan birga vaqt cheklovlari va kun tartibini zaruratga qarab o‘zgartirishingiz mumkin.

Nomaqbul kontent va App Store’dagi xaridlarni qanday cheklash mumkin?

iPhone’da kontentga oid cheklovlarni o‘rnatish uchun ota-onaning iPhone’ida «Sozlamalar»ni oching, «Ekran vaqti» bo‘limiga kiring, «Oila» bo‘limidan bolaning profilini tanlang, so‘ng «Kontent va maxfiylik» bo‘limini oching. «Kontent va maxfiylik cheklovlari» bo‘limida quyidagilarni sozlash mumkin:

  • kattalar uchun mo‘ljallangan saytlarga kirishni cheklash;
  • yoshga mos kelmaydigan kontentni yashirish;
  • haqoratli va nomaqbul so‘zlardan foydalanishni cheklash.

«iTunes va App Store xaridlari» bo‘limida ilova ichidagi xaridlar va obunalarni cheklash yoki taqiqlash mumkin. Xarid so‘rovlarini tasdiqlash yoki rad etish uchun bola uchun yaratilgan Apple hisob qaydnomasini «Oilaviy ulashish» guruhiga qo‘shing. Shunda bola «Xarid qilishni so‘rash» funksiyasi orqali sizga so‘rov yubora oladi.

Bolaning joylashuvi haqida qanday bildirishnomalar olish mumkin?

iPhone bola ma’lum bir joyga kelganda yoki u yerdan ketganda bildirishnoma yuborishi mumkin. Masalan, uning maktabga yetib kelgani yoki uyga qaytgani haqida xabar olishingiz mumkin. Buning uchun «Find My» ilovasi, bolaning telefonida yoqilgan joylashuv xizmatlari va oilaviy guruhga qo‘shilgan bolaning Apple hisob qaydnomasi kerak bo‘ladi. Bildirishnomalarni sozlash uchun:

  1. Qurilmangizdagi «Find My» ilovasini oching va bolaning profilini tanlang.
  2. «Bildirishnomalar» bo‘limini oching, «Qo‘shish»ni, so‘ng «Menga xabar berish»ni tanlang.
  3. Qaysi holatda bildirishnoma kelishini belgilang, masalan, bola ma’lum bir joyga kelganida yoki u yerdan ketganida.
  4. Kerakli joyni belgilang va xaritada hudud radiusini sozlang.

iPhone’ingizda «Find My» ilovasi uchun bildirishnomalar yoqilganini tekshiring. Buning uchun «Sozlamalar»da «Bildirishnomalar» bo‘limini oching. Shunda xabarlar ekranda ko‘rinadi.

Apple Watch ota-onalarga qanday qilib xotirjamroq bo‘lishga yordam beradi?

Bola bilan doimo aloqada bo‘lish va uning qayerdaligidan xabardor bo‘lib turish uchun iPhone’ga qo‘shimcha ravishda Apple Watch’dan ham foydalanish mumkin. U bolaning joylashuvini kuzatish, eslatmalarni ko‘rish va iPhone’dan keladigan bildirishnomalarni bevosita soatda tekshirish imkonini beradi. Apple Watch’da «Favqulodda SOS» (Emergency SOS) funksiyasi mavjud: favqulodda vaziyatda yordam xizmatlariga qo‘ng‘iroq qilish uchun yon tugmani bosib ushlab turish mumkin.

iSpace’da mos Apple Watch modeli va o‘lchamini tanlang:

AirPods’dan foydalanganda bolaning eshitish qobiliyatini qanday himoya qilish mumkin?

iPhone va AirPods bolaning eshitish qobiliyatini asrashga yordam beradigan funksiyalarga ega. Agar bola quloqchinlarda tez-tez musiqa yoki podkast tinglasa, maksimal ovoz balandligini ota-onaning qurilmasi orqali cheklash mumkin. Buning uchun «Sozlamalar»ni oching, «Ovozlar va tebranishlar» bo‘limiga kiring, so‘ng «Quloqchinlar xavfsizligi» va «Baland ovozni pasaytirish» bandlarini tanlab, kerakli darajani belgilang.

Ovoz balandligi eshitish uchun xavfsiz darajadan oshsa, iPhone bildirishnoma yuboradi. Qurilma so‘nggi yetti kun davomida quloqchinlardagi ovoz darajasini kuzatadi va zarur bo‘lsa, ovoz balandligini avtomatik ravishda pasaytiradi.

Mos AirPods modelini iSpace’dan tanlashingiz mumkin:

Bolaning o‘qishi uchun qaysi Apple qurilmasi mos kelishini qanday aniqlash mumkin?

Apple qurilmasini tanlash bolaning o‘quv ehtiyojlari va yuklamasiga bog‘liq. Asosiy qurilma sifatida iPhone’ni tanlash mumkin. iPhone yordamida bola:

  • ota-onasi va do‘stlari bilan aloqada bo‘lishi, ularga qo‘ng‘iroq qilishi va xabar yuborishi;
  • suratga olish va blog yuritish ko‘nikmalarini rivojlantirishi;
  • ta’lim platformalari va ilovalaridan foydalanishi;
  • o‘quv fayllarini iCloud’da saqlashi va ularni boshqa qurilmalarda ochishi mumkin.

iPhone’da ota-ona nazoratini sozlash uchun keng imkoniyatlar mavjud – bu uning muhim afzalliklaridan biri. Ko‘p o‘qish va elektron darsliklar bilan ishlash kerak bo‘lsa, iPad yanada qulayroq. Planshetda konspekt yozish, qaydlar yaratish va rasm chizish osonroq.

Yuqori sinflarda topshiriqlarning murakkabligi va hajmi ortadi. O‘quvchi tobora ko‘proq taqdimotlar tayyorlaydi, referatlar yozadi, grafik dizayn yoki dasturlashni o‘rganishni boshlaydi. MacBook bunday vazifalarni bajarish uchun qulay.

Apple Watch iPhone imkoniyatlarini kengaytiradi. Soat orqali aloqada bo‘lish, joylashuv ma’lumotlarini ulashish va bildirishnomalarni bevosita soatda ko‘rish osonroq. «Maktab vaqti» (Schooltime) rejimi esa dars paytida chalg‘ituvchi omillarni kamaytirishga yordam beradi.

AirPods quloqchinlari onlayn darslarda ham juda qulay. Shovqinni kamaytirish funksiyasiga ega modellar atrofdagi shovqinni pasaytirib, diqqatni darsga qaratishga yordam beradi. O‘rnatilgan mikrofon esa ulardan onlayn suhbatlar va qo‘ng‘iroqlar uchun foydalanish imkonini beradi.

Birinchi qurilma sifatida iPhone’ni tanlab, keyinchalik muayyan vazifalarga mos boshqa qurilmalarni qo‘shishingiz mumkin. Sozlamalar barcha qurilmalarda sinxron ishlashi uchun bola uchun yaratilgan bitta Apple hisob qaydnomasidan foydalaning.

Apple qurilmalarini iSpace’da o‘quv yili uchun qanday yangilash mumkin?

O‘qish uchun qulay va xavfsiz Apple qurilmalarini iSpace’dan xarid qilishingiz mumkin. Biz quyidagilarni taklif qilamiz:

  • faqat rasmiy Apple qurilmalari – barcha qurilmalarga ishlab chiqaruvchining kafolati amal qiladi;
  • qulay to‘lov – bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud;
  • Trade In dasturi – eski qurilmangizni topshirib, uning qiymati hisobiga yangi qurilma narxining bir qismini qoplashingiz mumkin;
  • ishonchli yetkazib berish – qurilmalarni mamlakatning istalgan hududiga yetkazib beramiz.

Xarid qilishdan oldin Toshkent markazidagi do‘konimizga kelib, qurilmani o‘zingiz sinab ko‘rishingiz mumkin. iSpace mutaxassislari barcha savollaringizga javob beradi va qurilmani sozlashda yordam beradi. Yana ko‘plab foydali ma’lumotlarni blogimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizdan topishingiz mumkin.

FAQ

iPhone’da ota-ona nazoratini qanday o‘rnatish mumkin?

iPhone’da ota-ona nazoratini sozlash uchun «Sozlamalar»ni oching, Apple hisob qaydnomangizga kiring va «Oila» bo‘limini tanlang. Keyin bolaning hisob qaydnomasini ochib, «Ekran vaqti» bo‘limida kerakli cheklovlarni belgilang.

Bolaga ekran vaqtini qanday cheklash mumkin?

Bolaning qurilmasidagi vaqt cheklovlarini ota-onaning iPhone’i orqali sozlash mumkin. Buning uchun «Sozlamalar»da «Ekran vaqti» bo‘limini oching va «Ilova cheklovlari»ni tanlang. Bu yerda har bir ilovadan qancha vaqt foydalanish mumkinligini belgilashingiz mumkin.

Bola uchun qaysi iPhone mos keladi?

Modelni o‘quvchining yoshi va ehtiyojlariga qarab tanlang. Qurilma iOS’ning eng yangi versiyasini qo‘llab-quvvatlagani ma’qul. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun odatda standart model yetarli bo‘ladi. Yuqori sinflarda esa yaxshiroq kamera va yuqori unumdorlikka ega Pro turkumidagi modellar mosroq bo‘lishi mumkin.

Maktab o‘quvchisi uchun telefonni qanday sozlash kerak?

Bolani oilaviy guruhga qo‘shing. Telefonni ko‘zga juda yaqin tutmaslikka yordam beradigan «Ekrangacha masofa» funksiyasini yoqing. Ilova ichidagi xaridlarni nazorat qilish uchun «Xarid qilishni so‘rash» funksiyasini faollashtiring. O‘qish va uyqu vaqtiga mos «Fokus» rejimlarini sozlang. «Find My» ilovasida joylashuv ma’lumotlarini ulashishni yoqing. Sozlash bo‘yicha batafsil tavsiyalarni iSpace blogidan topishingiz mumkin.

Shuningdek o‘qing

Apple ekotizimining o‘qishdagi imkoniyatlari: talabalar va o‘quvchilar uchun ko‘pchilik bilavermaydigan 12 ta foydali funksiya

«Kulrang» iPhone: uni sotib olish kerakmi va qanday xavflari bor?

iCloud’dagi fotosuratlar: rasmlarni iCloud’ga qanday yuklash va iPhone xotirasida joy bo‘shatish mumkin?

Doimo xabardor bo‘ling!

Tarqatma xabarlarga obuna bo‘ling va do‘konning yangi aksiyalari va maxsus takliflari haqida birinchilardan bo‘lib bilib oling!

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan