Mundarija
- 1 Mac va Apple ekotizimidan o‘qishda foydalanish
- 2 MacBook orqali iPhone’ni qanday boshqarish mumkin?
- 3 Bir vaqtning o‘zida bir nechta hujjat bilan qanday ishlash mumkin?
- 4 iPhone va iPad’dagi skrinshotlarni qanday tartibga solish mumkin?
- 5 AirPods yordamida auditoriyaning oxirgi qatoridan o‘qituvchini qanday yaxshiroq eshitish mumkin?
- 6 Apple Watch stress bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni kuzatish va ortiqcha zo‘riqishning oldini olishga qanday yordam beradi?
- 7 iPhone’da tug‘ilgan kunlar haqida eslatmalarni qanday sozlash mumkin?
- 8 Onlayn darsda rasm, maket yoki laboratoriya ishini qanday ko‘rsatish mumkin?
- 9 iPad’dan Mac uchun qo‘shimcha ekran sifatida qanday foydalanish mumkin?
- 10 Konspekt yoki formulani iPhone’dan Mac’ga qanday tez ko‘chirish mumkin?
- 11 iPhone’da «Buyruqlar» orqali VPN ulanishini qanday avtomatlashtirish mumkin?
- 12 iPhone’dagi «Qaydlar» ilovasida ma’ruzani qanday yozib olish va matnga aylantirish mumkin?
- 13 Apple Intelligence o‘qishda qanday yordam beradi?
- 14 FAQ
Apple ekotizimi kundalik ishlarni ancha yengillashtiradi. Ayniqsa, talabalar uchun uning imkoniyatlari juda foydali: iPhone, iPad va Mac o‘rtasida fayllarni osongina almashish, ma’lumotlarni sinxronlashtirish va qurilmalardan birgalikda qulay foydalanish mumkin. O‘qishda asqatadigan Apple funksiyalari:
- «Qaydlar» ilovasida nutqni matnga aylantirish;
- AirPods orqali Live Listen funksiyasidan foydalanish;
- stol ustini ko‘rsatish uchun Desk View;
- Apple Watch yordamida stress bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni kuzatish va boshqa imkoniyatlar.
Barcha qurilmalar o‘zaro uyg‘un ishlaydi: bir qurilmada boshlangan ishni boshqasida bemalol davom ettirish mumkin. Apple qurilmalari bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, iSpace mutaxassislariga murojaat qiling. Ular sizga telefon orqali, saytdagi bot yordamida yoki do‘konda yordam beradi.
Mac va Apple ekotizimidan o‘qishda foydalanish
Apple qurilmalari o‘zaro uzviy ishlashi bilan mashhur. Buni brendning yagona ekotizimi ta’minlaydi. Bitta hisob qaydnomasi kifoya: qurilmalaringizdagi ma’lumotlar o‘zaro sinxronlanadi va ularni tez almashish mumkin. Talaba uchun ekotizimdagi asosiy qurilma MacBook bo‘lishi mumkin. Uni darslarga olib yurish oson: u yengil, yupqa va aksariyat vazifalarni bajarishga mos. Quloqchin, planshet va smartfon unga bir necha soniyada ulanadi. MacBook’dan o‘qishda samarali foydalanish uchun bir nechta g‘oya:
- iPhone’ni onlayn darslar uchun kameraga aylantiring. FaceTime, Google Meet yoki Zoom’da kameralar ro‘yxatini oching, telefoningizni tanlang va uni kerakli burchak ostida taglikka joylashtiring. Tasvir sifati yuqori bo‘ladi;
- vazifani istalgan qurilmada bajaring. Masalan, uyga ketayotganda esseni smartfonda yozishni boshlashingiz, keyin esa kompyuterda davom ettirishingiz mumkin;
- suratlar va skanerlangan hujjatlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri Mac’dagi hujjatga qo‘shing. Smartfon yordamida konspektni suratga oling, ish stolidagi bo‘sh joyni bosing va «iPhone yoki iPad’dan import qilish» bandini tanlang.
Kuchli chiplar brauzerda bir vaqtning o‘zida o‘nlab sahifalarni ochib ishlash va murakkab loyihalarni ishga tushirish imkonini beradi. Batareya quvvati 18 soatgacha yetadi, shu sababli darsga quvvatlagich olib borish yoki auditoriyada rozetka yonidan joy izlashga hojat qolmaydi.
O‘zingizga mos Mac modelini tanlang:
MacBook orqali iPhone’ni qanday boshqarish mumkin?
iPhone Mirroring funksiyasi iPhone qulflangan holatda bo‘lsa ham uning ekranini noutbukda aks ettirish imkonini beradi. Uni faollashtirish uchun:
- Noutbukda Command + Space tugmalarini bosing, «iPhone Mirroring» deb yozing va ilovani ishga tushiring.
- Smartfonni tanlang, uni ulang va kirish kodini kiriting.
- iPhone’ni MacBook’dagi sensorli boshqaruv paneli yordamida boshqaring.
Shu tariqa Threads’dagi yozuvlarni varaqlashingiz, bildirishnomalarni ko‘rishingiz va chatlarda javob yozishingiz mumkin. Surat va fayllarni almashish ham oson: ularni bir oynadan boshqasiga sudrab o‘tkazish kifoya.

Bir vaqtning o‘zida bir nechta hujjat bilan qanday ishlash mumkin?
Split View funksiyasi bitta ekranda ikkita oynani yonma-yon joylashtirish imkonini beradi. Masalan, chap tomonda referat yozib, o‘ng tomonda kerakli manbalardan foydalanishingiz mumkin. Ekranni ikkiga bo‘lish va bu funksiyadan foydalanish haqida alohida maqolamizda batafsil tushuntirganmiz.
Agar ikkitadan ortiq oynani ochish kerak bo‘lsa, Stage Manager’dan foydalaning. Bu vosita ilovalarni guruhlarga ajratish imkonini beradi. Masalan, turli fanlar uchun kerak bo‘ladigan dasturlarni alohida guruhlarga birlashtirish mumkin.
iPhone va iPad’dagi skrinshotlarni qanday tartibga solish mumkin?
Agar foydali skrinshotlar suratlar orasida yo‘qolib qolsa, ularni osongina tartibga solish mumkin. Buning uchun Freeform’dagi interaktiv doskalardan foydalaning:
- Freeform ilovasida mavzularga qarab doskalar yarating. Masalan, «O‘qish uchun», «Taqdimot uchun g‘oyalar» yoki «Kechqurun ko‘rish uchun seriallar».
- Kerakli materialning skrinshotini oling, «Ulashish» tugmasini bosing va uni Freeform’ga yuboring.
- «Foto» ilovasi ortiqcha fayllar bilan to‘lib ketmasligi uchun skrinshotni o‘chirib tashlang.
Doskaga izoh va qaydlar qo‘shish mumkin. Planshetda esa Apple Pencil yordamida tahrir qilish yanada qulay.
O‘zingizga mos iPad modelini tanlang:
AirPods yordamida auditoriyaning oxirgi qatoridan o‘qituvchini qanday yaxshiroq eshitish mumkin?
Agar auditoriyada shovqin bo‘lsa yoki o‘qituvchi past ovozda gapirsa, Live Listen funksiyasi ma’ruzani yaxshiroq eshitishga yordam beradi. U iPhone mikrofoni orqali qabul qilingan ovozni AirPods’ga uzatadi. Funksiyadan foydalanish uchun:
- «Sozlamalar» ichidagi «Boshqaruv markazi» bo‘limiga o‘ting, quloq belgili «Eshitish» elementini toping va uni Boshqaruv markaziga qo‘shing.
- Quloqchinlarni ulang va taqing. Agar modelingiz shovqinni bostirish funksiyasini qo‘llab-quvvatlasa, uni yoqing.
- Boshqaruv markazini oching, «Eshitish» tugmasini bosing va «Live Listen» funksiyasini tanlang.
- Telefonni o‘qituvchiga yaqinroq qo‘ying.
- Ovoz balandligini o‘zingizga qulay darajada sozlang.
Ushbu funksiya o‘qituvchining ovozini aniqroq eshitishga yordam beradi. Auditoriyaning eng orqa qatorida o‘tirsangiz ham ma’ruzani yaxshiroq eshita olasiz.
O‘zingizga mos AirPods modelini tanlang:
Apple Watch stress bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni kuzatish va ortiqcha zo‘riqishning oldini olishga qanday yordam beradi?
Apple Watch yordamida stress bilan bog‘liq ayrim ko‘rsatkichlarni kuzatishingiz mumkin. Soat uyqu, jismoniy faollik va yurak urish tezligi haqidagi ma’lumotlarni qayd etadi. Biroq uning o‘zi stress darajasini bevosita o‘lchamaydi. Buning uchun uchinchi tomon ilovalaridan foydalanish mumkin.

Masalan, App Store’da Harvee ilovasi mavjud. U soatdan olingan ma’lumotlar asosida yoqimli momiq qahramonni Apple Watch ekranida aks ettiradi. Uning ko‘rinishi holatingizga qarab o‘zgaradi. Ilovadan foydalanish uchun uni smartfonga yuklab oling va «Salomatlik» ilovasidagi ma’lumotlarga kirishga ruxsat bering. Apple Watch’dan olingan kerakli ma’lumotlar shu ilovada jamlanadi. Keyin iPhone’da Watch ilovasini oching, «Mening soatim» bo‘limiga o‘ting, Harvee’ni tanlang va «O‘rnatish» tugmasini bosing. Shundan so‘ng qahramonning ko‘rinishini bevosita soatning o‘zida sozlashingiz mumkin.
O‘zingizga mos Apple Watch modelini tanlang:
iPhone’da tug‘ilgan kunlar haqida eslatmalarni qanday sozlash mumkin?
Kundalik ishlar orasida muhim sanalarni unutib qo‘yish oson. Buning oldini olish uchun eslatmalarni oldindan sozlab qo‘ying. iPhone taqvimiga tug‘ilgan kunni qo‘shish uchun:
- «Kontaktlar» ilovasini oching, kerakli odamni toping va yuqori o‘ng burchakdagi «Tahrirlash» tugmasini bosing.
- Pastga tushing, «Tug‘ilgan kunni qo‘shish» bandini tanlang va sanani kiriting.
- «Tayyor» tugmasini bosing. Ma’lumotlar avtomatik ravishda taqvim bilan sinxronlanadi.
- «Sozlamalar» ichida «Taqvim», «Standart ogohlantirishlar» va «Tug‘ilgan kunlar» bo‘limlariga ketma-ket o‘ting hamda bildirishnoma qachon kelishini belgilang.
Bu ko‘p vaqt olmaydi. Shunda yaqinlaringizni tug‘ilgan kuni bilan tabriklashni unutib qo‘ymaysiz.
Onlayn darsda rasm, maket yoki laboratoriya ishini qanday ko‘rsatish mumkin?
Ba’zan onlayn mashg‘ulot vaqtida noutbuk ekranini emas, balki stol ustidagi ish jarayonini ham ko‘rsatish kerak bo‘ladi. Bunday vaziyatda odatiy kamera rejimi yetarli bo‘lmasligi mumkin. Desk View’dan foydalanish qulayroq. Bu talabalar uchun foydali Apple funksiyalaridan biri: telefonni qo‘shimcha kamera sifatida ulaysiz, Desk View esa o‘ta keng burchakli obyektivdan foydalanib, stol ustidagi tasvirni ekranga chiqaradi.
Mac’ning ayrim yangi modellarida ichki kameradan ham foydalanish mumkin. Mos qurilmalar ro‘yxati shu yerda keltirilgan. Videomuloqot paytida bu funksiyadan foydalanish uchun noutbukda Desk View oching. Uni qidiruv orqali topishingiz mumkin.

iPad’dan Mac uchun qo‘shimcha ekran sifatida qanday foydalanish mumkin?
Agar bitta ekran yetarli bo‘lmasa, iPad’dan qo‘shimcha ekran sifatida foydalaning. Buning uchun Sidecar’ni ishga tushiring. Uni Mac’ning tizim sozlamalaridagi «Displey» bo‘limidan topishingiz mumkin. Bu juda qulay: asosiy ekranda esse yozasiz, planshetda esa kerakli manba va namunalarni ko‘rib turasiz. Kursor va klaviaturadan ikkala ekranda ham foydalanish mumkin.
Konspekt yoki formulani iPhone’dan Mac’ga qanday tez ko‘chirish mumkin?
Grafikni qayta chizish yoki formulani qo‘lda qayta yozish har doim ham qulay emas. Bunday holatda Mac’dagi Continuity Camera («Uzluksizlik kamerasi») funksiyasidan foydalanishingiz mumkin.
Noutbukda kursorni hujjatning kerakli joyiga qo‘ying, sichqonchaning o‘ng tugmasini bosing va avval «iPhone’dan qo‘shish», keyin esa «Suratga olish» bandini tanlang. Smartfon yordamida kerakli ma’lumotni suratga oling va «Suratdan foydalanish» tugmasini bosing. Rasm avtomatik ravishda hujjatga qo‘shiladi. Funksiya ishlashi uchun ikkala qurilmada ham bir xil hisob qaydnomasiga kirilgan bo‘lishi, Wi-Fi, Bluetooth va Handoff yoqilgan bo‘lishi kerak.
iPhone’da «Buyruqlar» orqali VPN ulanishini qanday avtomatlashtirish mumkin?
iPhone’dagi avtomatlashtirish imkoniyatlari kundalik ishlarni soddalashtirishga yordam beradi. Agar kerakli o‘quv sayti faqat VPN orqali ochilsa, ulanish jarayonini avtomatlashtirishingiz mumkin. Buning uchun:
- «Buyruqlar» ilovasini oching, «Avtomatlashtirish» bo‘limiga o‘ting va «+» tugmasini bosing.
- «Ilova» bandini tanlang va VPN avtomatik yoqilishi kerak bo‘lgan ilovani, masalan, Safari’ni belgilang.
- «Amal qo‘shish» bandini tanlang, VPN ilovasini ko‘rsating va «VPN ulanishini sozlash» amalini qo‘shing. Holat sifatida «Yoqish»ni tanlang.
- Jarayon avtomatik bajarilishi uchun «Ishga tushirishdan oldin so‘rash» parametrini o‘chirib, «Tayyor» tugmasini bosing.
Bunday avtomatlashtirishni Action Button’ga ham biriktirish mumkin.
iPhone’dagi «Qaydlar» ilovasida ma’ruzani qanday yozib olish va matnga aylantirish mumkin?
Agar konspektni qo‘lda yozishga vaqtingiz yoki xohishingiz bo‘lmasa, «Qaydlar» ilovasidagi ovoz yozish funksiyasidan foydalaning. Yangi qayd yarating, biriktirma qo‘shish menyusidan «Audio yozib olish» bandini tanlang va ekrandagi tugma yordamida yozuvni boshqaring. Yozib olish tugagach, audioyozuv yonida matn belgisi paydo bo‘ladi. Uni bossangiz, yozuvning matn ko‘rinishi ochiladi.
Matndan kerakli so‘zlarni qidirish, parchalarni nusxalash, ularni qaydga qo‘shish va audioyozuvning kerakli qismiga tez o‘tish mumkin. Funksiyaning mavjudligi iPhone modeli va tizim tiliga bog‘liq.
Apple Intelligence o‘qishda qanday yordam beradi?
Apple Intelligence kundalik vazifalarning bir qismini bajarishga yordam beradi. Sun’iy intellekt uzun hujjatni tahlil qilib, asosiy fikrlarni qisqacha jamlaydi, matnni tahrirlaydi va yangi matn yaratishga ko‘maklashadi. Yana bir foydali imkoniyat suratlar ichidan keraklisini qidirishdir. Mavjud funksiyalar to‘plami mamlakat, til va qurilmaga bog‘liq. Apple Intelligence funksiyalaridan foydalanishdan oldin Apple saytida amaldagi cheklovlarni tekshirib ko‘ring.

Apple qurilmalari konspekt tayyorlashdan tortib murakkab loyihalar ustida ishlashgacha bo‘lgan ko‘plab vazifalarni yengillashtirishi mumkin. O‘zbekistondagi Apple Premium Reseller iSpace’da ishlab chiqaruvchining bir yillik kafolati bilan asl qurilmalarni xarid qilishingiz mumkin. Mutaxassislarimiz ehtiyojlaringizga mos MacBook modelini tanlash va uni sozlashda yordam beradi.
Bizda bo‘lib-bo‘lib to‘lashning qulay shartlari va eski qurilmalarni yangisiga almashtirish imkonini beruvchi Trade In dasturi mavjud. Toshkent markazidagi Tashkent City Mall’da joylashgan do‘konimizga kelib, qurilmalarni shaxsan sinab ko‘rishingiz va xarid qilishingiz mumkin. Shuningdek, onlayn buyurtma berishingiz ham mumkin: buyurtmangizni tez va ehtiyotkorlik bilan yetkazib beramiz. Bundan ham ko‘proq foydali ma’lumotlarni blogimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizdan topasiz.
FAQ
O‘qish uchun iPhone’da qanday foydali funksiyalar bor?
Suratlarni ko‘chirish, nutqni yozib olib matnga aylantirish, skrinshotlarni toifalarga ajratish, hujjatlarni skanerlash va takrorlanadigan ishlarni avtomatlashtirish mumkin. Bundan ham ko‘proq foydali maslahatlarni iSpace blogidan topasiz.
iPhone’da avtomatlashtirish uchun qaysi ilovadan foydalaniladi?
«Buyruqlar» (Shortcuts) ilovasi amallar ketma-ketligini yaratish va takrorlanadigan vazifalarni avtomatlashtirish imkonini beradi.
AirPods’dagi Live Listen funksiyasi nima uchun kerak?
Bu funksiya iPhone mikrofoni orqali qabul qilingan ovozni to‘g‘ridan-to‘g‘ri AirPods’ga uzatadi. Bu funksiya ayniqsa atrof shovqinli bo‘lganda yoki ma’ruzani yaxshiroq eshitish kerak bo‘lganda qulay.
Apple Watch yordamida stress darajasini o‘lchash mumkinmi?
Apple Watch yurak urish tezligi, uyqu va jismoniy faollik haqidagi ko‘rsatkichlarni qayd etadi. Soatning o‘zi stress darajasini bevosita o‘lchamaydi, biroq Harvee kabi uchinchi tomon ilovalari shu ma’lumotlar asosida stress bilan bog‘liq ko‘rsatkichlarni hisoblab, natijalarni tushunarli ko‘rinishda aks ettirishi mumkin.
Shuningdek o‘qing
«Kulrang» iPhone: uni sotib olish kerakmi va qanday xavflari bor?
Tarqatma xabarlarga obuna bo‘ling va do‘konning yangi aksiyalari va maxsus takliflari haqida birinchilardan bo‘lib bilib oling!