Mundarija
- 1 «Kulrang» iPhone nima va u qanday muammolar tug‘dirishi mumkin?
- 2 Rasmiy iPhone va «kulrang» iPhone: farqi nimada va narxdagi tafovut qanday?
- 3 Norasmiy sotuvchidan olingan iPhone’ning kamchiliklari
- 4 Kafolat va ta’mir masalasi qanday?
- 5 «Kulrang» iPhone xarid qilib qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak?
- 6 iPhone’ni xorijdan sotib olishga arziydimi?
- 7 Rasmiy iPhone – eng ishonchli tanlov
- 8 FAQ
«Kulrang» iPhone – bu Apple kompaniyasining original smartfoni bo‘lib, u O‘zbekistonga rasmiy yetkazib beruvchilar orqali olib kirilmagan. Bunday qurilmalarda ayrim funksional cheklovlar bo‘lishi, shuningdek, kafolat xizmatidan foydalanish imkoniyati ham cheklanishi mumkin.
Bundan tashqari, soxta yoki qayta tiklangan smartfonni yangi qurilma deb bilib, sotib olish xavfi ham mavjud. O‘zingizni bunday holatlardan himoya qilishning eng ishonchli yo‘li – iPhone’ni Apple’ning rasmiy hamkoridan xarid qilishdir. O‘zbekistonda iSpace Apple Premium Reseller maqomiga ega. «Kulrang» qurilmani sotib olishga arziydimi? Bu haqda quyida o‘qing.

«Kulrang» iPhone nima va u qanday muammolar tug‘dirishi mumkin?
«Kulrang» deb mamlakatga rasmiy yetkazib berish kanallaridan tashqari olib kirilgan smartfonlarga aytiladi. Bunday qurilmalar uchun mahalliy bozorda ayrim cheklovlar qo‘llanishi mumkin. Masalan, O‘zbekistonda kafolat va servis xizmatidan foydalanish imkoniyati cheklangan bo‘lishi ehtimoli bor. Telefonga servis xizmati ko‘rsatish yoki uni ta’mirlash mumkinligini aniq bilish uchun vakolatli servis markazi qurilmaning seriya raqamini tekshiradi.
Rasmiy iPhone va «kulrang» iPhone: farqi nimada va narxdagi tafovut qanday?
Shartli aytganda, «oq» va «kulrang» qurilmalar bir xil zavodda yig‘iladi. Bir qarashda farq sezilmasligi mumkin: akkumulyator quvvatni yaxshi ushlab turadi, kamera suratga oladi, Siri ishlaydi. Ammo shunga qaramay, ular orasida farq bor.

Qurilma rasmiy resellerga O‘zbekistonda sotish uchun barcha hujjatlar rasmiylashtirilgandan keyin yetib keladi. «Oq» smartfon narxiga 12% QQS, bojxona to‘lovlari va sertifikatlash xarajatlari kiritiladi. Bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tmagan iPhone esa arzonroq bo‘lishi mumkin, chunki sotuvchilar ko‘pincha qo‘shimcha xarajatlarni to‘lamaydi, ehtimoliy muammolar esa xaridor zimmasida qoladi. Faqat birinchi holatda siz O‘zbekistonda servis xizmatidan foydalanish mumkin bo‘lgan telefonni xarid qilayotganingizga hamda Apple standartlariga mos rasmiy xizmat olishingizga ishonch hosil qilishingiz mumkin.
Norasmiy sotuvchidan olingan iPhone’ning kamchiliklari
«Kulrang» telefonlar turli mamlakatlardan import qilinadi. Shu sababli ayrim cheklovlar yuzaga kelishi mumkin. Masalan, materik Xitoy bozori uchun chiqarilgan ayrim modellarda eSIM bo‘lmaydi.
Norasmiy do‘kondan iPhone xarid qilganda soxta, suvga tushgan yoki shikastlangan qurilmaga duch kelish xavfi ham bor. Bunday qurilma original bo‘lmagan ehtiyot qismlar yordamida sifatsiz tarzda qayta tiklangan bo‘lishi mumkin. Uni tashqi ko‘rinishiga qarab original qurilmadan ajratish qiyin. Ammo muammo yuzaga kelsa, uni mustaqil hal qilishingizga to‘g‘ri keladi: sizni avval ham aldagan norasmiy sotuvchi keyinchalik ham shikoyatlaringizni e’tiborsiz qoldirishi mumkin.
O‘zbekistonda barcha import qiluvchilar smartfonlarning IMEI raqamlarini yagona reyestrga kiritishi shart. Agar xarid qilingan gadjetning IMEI raqami reyestrda bo‘lmasa, operator tarmog‘ida qurilmaga xizmat ko‘rsatish to‘xtatiladi – qo‘ng‘iroq qilish va internetga ulanish imkonsiz bo‘ladi.
Kafolat va ta’mir masalasi qanday?

Original qurilma uchun kafolat muddati 12 oy. Agar zavod nuqsoni aniqlansa, smartfoningiz Apple standartlariga muvofiq vakolatli servis markazida ta’mirlanadi. Nazariy jihatdan «kulrang» smartfonga O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish mumkin, ammo amalda barchasi hududiy cheklovlarga bog‘liq. Ayrim modellarga mamlakatimizda servis xizmati ko‘rsatilmasligi ehtimoli bor. Bunday holatda qurilma sotib olingan mamlakatdagi servis markaziga murojaat etishga to‘g‘ri keladi.
«Kulrang» iPhone xarid qilib qo‘ymaslik uchun nima qilish kerak?
«Kulrang» qurilma xarid qilmaslikning eng ishonchli yo‘li – uni rasmiy sotuvchidan buyurtma qilish. Masalan, iSpace faqat yangi va original qurilmalarni hamda Apple’ning rasmiy servis xizmatini taklif etadi.
Yana bir muammo – soxta qurilmalar. Telefonni qo‘ldan sotib olayotganda bunday xavf ayniqsa ortadi. Soxta gadjet bilan bog‘liq xatarlarni kamaytirish uchun qurilmani batafsil tekshirish kerak. Buning uchun quyidagi yetti bosqichni bajaring:
- Qutida import qiluvchi haqida to‘liq ma’lumot berilgan stiker borligini tekshiring. Ma’lumot o‘zbek tilida bo‘lishi kerak.
- Sozlamalarda model raqamini tekshiring: «Asosiy», «Ushbu qurilma haqida» va «Model raqami». Kod hududga qarab farq qiladi. Masalan, iPhone 17 Pro Max’ning Osiyo va Yevropadagi ko‘plab mamlakatlar uchun mo‘ljallangan versiyasi A3526 raqamiga ega.
- Seriya raqamini Apple saytiga maxsus maydonga kiriting va tekshiring. Agar telefon allaqachon faollashtirilgan bo‘lsa, xarid sanasi va kafolat holatini bilib olasiz.
- iCloud va faollashtirish blokirovkasi holatini tekshiring. Dastlabki sozlashdan keyin sozlamalarga kiring – ekranning yuqori qismidagi Apple ID maydoni bo‘sh bo‘lishi kerak.
- SIM-karta, eSIM va FaceTime ishlashini sinab ko‘ring. SIM-kartani joylashtiring, tarmoq ishlayotganini tekshiring va qo‘ng‘iroq qilib ko‘ring. eSIM mavjudligini sozlamalardagi «Uyali aloqa» menyusi orqali tekshirish mumkin.
- Ta’mir yoki qayta tiklash belgilarini tekshiring. Bunday ma’lumotlar «Detallar va servis tarixi» menyusida qayd etiladi. Bu bo‘limni sozlamalardan topish mumkin: «Asosiy» → «Ushbu qurilma haqida».
- Hujjatlar va kafolat shartlarini tekshiring. Chekda yuridik shaxsning barcha rekvizitlari, gadjetning aniq modeli va IMEI raqami ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.
Tekshiruv ko‘p vaqt olmaydi, ammo keyinchalik yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan muammolarning oldini olishga yordam beradi.
iPhone’ni xorijdan sotib olishga arziydimi?
Boshqa hududda foydalanish uchun mo‘ljallangan gadjetni buyurtma qilish har doim ham oqilona tanlov emas. Ayrim funksiyalar bo‘yicha cheklovlarga duch kelishingiz mumkin, kafolat bo‘yicha muammo yuzaga kelsa, uni O‘zbekistonda hal qilish har doim ham oson bo‘lmaydi.
Rasmiy iPhone – eng ishonchli tanlov
iPhone’ni rasmiy resellerdan xarid qilish sizni soxta qurilma va boshqa ehtimoliy xavflardan himoya qilishning eng ishonchli yo‘lidir. Bunday qurilmaga Apple kafolati amal qiladi: nuqson aniqlansa, uni vakolatli servis markazida ta’mirlash mumkin bo‘ladi.
iSpace O‘zbekistonda Apple Premium Reseller maqomiga ega yagona hamkor hisoblanadi. Bizda faqat original va sertifikatlangan gadjetlarni topasiz: ular O‘zbekiston aloqa operatorlari chastotalariga moslashtirilgan, IMEI raqami yagona reyestrga kiritilgan, barcha modullari esa to‘g‘ri ishlaydi. Shuningdek, biz mutaxassislar yordami, servis ko‘magi, mamlakat bo‘ylab tezkor yetkazib berish va qulay sodiqlik dasturini taklif qilamiz. Xohlasangiz, iSpace’da bo‘lib to‘lash xizmatidan ham foydalanishingiz mumkin.
FAQ
Oddiy so‘z bilan aytganda, «kulrang» iPhone nima?
«Kulrang» iPhone – bu O‘zbekistonga rasmiy yetkazib berish kanallaridan tashqari olib kirilgan original smartfon.
Hududlarga qarab qanday cheklovlar bo‘lishi mumkin?
Gonkong uchun chiqarilgan ayrim modellarda eSIM qo‘llab-quvvatlanmasligi mumkin. Yaponiya uchun mo‘ljallangan modellarda esa hatto ovozsiz rejimda ham kamera suratga olayotganda chiqadigan ovozni o‘chirib bo‘lmaydi. Agar bunday telefon bilan Yaponiyaga borsangiz, u yerda bu ovoz doim eshitiladi. Bu ruxsatsiz suratga olishning oldini olish uchun joriy etilgan.
iPhone muayyan operatorga bog‘langan bo‘lishi mumkinmi?
Ha, bunday qurilma faqat muayyan operatorning SIM-kartasi bilan ishlashi mumkin.
O‘zbekistonda «kulrang» iPhone uchun kafolat bormi?
Kafolat va servis xizmatidan foydalanish imkoniyati aniq qurilmaga bog‘liq. Vakolatli servis markazi seriya raqamini tekshirib, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatish imkoniyati bor-yo‘qligini aytadi. Ayrim modellar bo‘yicha qurilma sotib olingan mamlakatdagi servisga murojaat qilish talab etilishi mumkin. Ammo sizga «kulrang» smartfonni sotgan do‘kon uni o‘zi, norasmiy ehtiyot qismlar yoki uskunalardan foydalangan holda ta’mirlashi ham mumkin.
Soxta yoki qayta tiklangan iPhone bilan bog‘liq qanday xavflar bor?
Soxta qurilmalarda Apple xizmatlaridan foydalanib bo‘lmaydi, shaxsiy ma’lumotlar xavfsizligi esa shubha ostida qoladi. Aslida, bunday qurilma iPhone emas, balki faqat tashqi ko‘rinishi unga o‘xshatilgan nusxa bo‘lishi mumkin. Qayta tiklangan modellarda tez ishdan chiqadigan original bo‘lmagan ehtiyot qismlar bo‘lishi ehtimoli bor. Shuningdek, suvga tushgan qurilmani bilmasdan sotib olish xavfi ham mavjud.
Seriya raqami va kafolat qamrovini qanday tekshirish mumkin?
Seriya raqamini tekshirish uchun sozlamalardagi «Asosiy» bo‘limiga kiring, so‘ng «Ushbu qurilma haqida» bandini tanlang va seriya raqamini toping. Kafolat qamrovini tekshirish uchun checkcoverage.apple.com saytiga kirish mumkin – ma’lumot «Servis va ta’mir huquqi» bo‘limida ko‘rsatiladi.
Shuningdek o‘qing
iPhone’da ilovalarni yopish kerakmi: qo‘lda optimallashtirishning foydasi va zarari
Tarqatma xabarlarga obuna bo‘ling va do‘konning yangi aksiyalari va maxsus takliflari haqida birinchilardan bo‘lib bilib oling!