Odatiy MacBook Pro’dan farqli o‘laroq, yangi model sensorli boshqaruvni qo‘llab-quvvatlaydigan PROLED XDR OLED ekrani bilan jihozlangan. M5 Pro va M5 Max chiplariga ega versiyalar mavjud.

Endi tasvirlar va boshqa materiallar bilan ishlash uchun yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi: bevosita ekranda rasm chizish, obyektlarni ko‘chirish, fotosuratlarni kattalashtirish yoki kichraytirish hamda planshet va smartfonlarda qo‘llaniladigan odatiy barmoq harakatlaridan foydalanish mumkin. macOS 27 interfeysi sensorli boshqaruvga moslashtirilgan. Yangi noutbuk dizaynerlar, fotosuratchilar, videomontaj mutaxassislari va katta hisoblash quvvatini talab qiladigan loyihalar ustida muntazam ishlaydigan foydalanuvchilarga ma’qul keladi.

Sensorli ekranli MacBook Pro nima?

Sensorli ekranli MacBook Pro – Apple’ning yangilangan professional noutbuklar qatori bo‘lib, unda odatiy trekpad, sichqoncha va klaviaturadan tashqari, ilk bor ekranga teginish orqali boshqarish imkoniyati ham yaratilgan. Qurilmalar diagonali 14,2 yoki 16,3 dyuym bo‘lgan sensorli OLED ekranlar hamda Apple M5 Pro va M5 Max chiplari bilan jihozlangan.

OLED ekran: nimalar o‘zgardi?

Eng katta o‘zgarish ekranda kuzatiladi. Yangi model mini-LED o‘rniga tandem OLED texnologiyasiga asoslangan PROLED XDR ekrani bilan jihozlangan. Uning asosiy xususiyati shundaki, har bir piksel boshqalaridan mustaqil ravishda yorug‘lik chiqaradi. Bu esa qora rangning yanada chuqur aks etishini va 10 000 000:1 kontrast nisbatini ta’minlaydi. Taqqoslash uchun, Liquid Retina XDR ekranida bu ko‘rsatkich 1 000 000:1 ni tashkil etadi. Farq, ayniqsa, grafik tasvirlar bilan ishlaganda yaqqol seziladi.

SDR va HDR formatidagi tasvirlarni namoyish etishda maksimal yorqinlik 2000 nitga yetadi. Ekran hatto quyosh nuri ostida ham yorqinligini saqlab qoladi, film va o‘yinlardagi eng mayda detallar ham tabiiy ko‘rinadi. Ish jarayonida yorug‘lik va atrofdagi buyumlarning ekranda aks etishini imkon qadar kamaytirish muhim bo‘lsa, nanotexturali oynaga ega variantlar ham mavjud.

MacBook Pro’ning OLED ekrani yangilanish chastotasini 120 Hz gacha avtomatik ravishda moslashtiradigan ProMotion texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu tufayli interfeys buyruqlarga tezroq javob beradi, sahifalar ravon varaqlanadi va batareya quvvati tejaladi.

PROLED XDR OLED ekranli MacBook Pro

Sensorli boshqaruv qanday ishlaydi?

Sensorli ekranli MacBook Pro’ni boshqarishda o‘zingizga tanish barmoq harakatlaridan foydalanishingiz mumkin. Apple ekran sharnirlarini mustahkamlagani sababli ekranga teginganingizda u orqaga og‘ib ketmaydi. Klaviatura va trekpaddan ham foydalanishingiz mumkin – odatiy boshqaruv usullarini sensorli boshqaruv bilan uyg‘unlashtirish mumkin.

macOS 27 interfeysini bir nechta oddiy barmoq harakati yordamida boshqarish mumkin:

  • sahifa va hujjatlarni bir barmoq bilan varaqlash;
  • slaydlar va boshqa obyektlarni surib ko‘chirish;
  • ikki marta teginish orqali oynalarni kattalashtirish;
  • ikki barmoqni bir-biridan uzoqlashtirish yoki yaqinlashtirish orqali tasvirni kattalashtirish va kichraytirish;
  • barmoqni tez surish orqali oynalarni ekranning kerakli qismiga joylashtirish.

Dizaynerlar bevosita sensorli ekranda rasm chizishi, videomontaj mutaxassislari kerakli qismlarni belgilashi, dasturchilar esa iOS va iPadOS uchun mo‘ljallangan barmoq harakatlarini Mac’ning o‘zida sinab ko‘rishi mumkin.

Apple noutbuklarida ilk bor Dynamic Island funksiyasi paydo bo‘ldi. Ushbu interaktiv maydon orqali Siri AI bilan muloqot qilish, Spotlight’dan foydalanish va Live Activities ma’lumotlarini ko‘rish mumkin. Siz ovozli yordamchiga murojaat qilishingiz, kerakli ma’lumotlarni tezda topishingiz va yangilanishlarni real vaqt rejimida kuzatib borishingiz mumkin.

MacBook Pro’da sensorli boshqaruv

M5 Pro yoki M5 Max: qaysi chipni tanlash kerak?

Sensorli ekranli MacBook Pro modellari unumdorligi jihatidan farqlanadigan ikkita chip bilan taklif etiladi. MacBook Pro M5 Pro bir vaqtning o‘zida bir nechta ilovada ishlash, fotosuratlarga ishlov berish, videomontaj qilish va dasturiy ta’minot yaratish uchun mos keladi. 15 yoki 18 ta CPU yadrosi hamda 16 yoki 20 ta GPU yadrosiga ega chipning quvvati professional dasturlar va yirik loyihalar bilan ishlash uchun yetarli.

MacBook Pro M5 Max yanada murakkab vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan. Chip 18 ta CPU yadrosi va 32 yoki 40 ta GPU yadrosiga ega. Yuqori grafik unumdorlik 8K aniqlikdagi videolarni montaj qilish, tasvirlar yaratish, uch o‘lchamli animatsiyalar tayyorlash va katta sun’iy intellekt modellarini qurilmaning o‘zida ishga tushirishda qo‘l keladi.

Modellar birlashtirilgan xotira hajmi bilan ham farqlanadi. M5 Pro chipli versiyalarda 24 dan 64 GB gacha, M5 Max chipli variantlarda esa 36 dan 128 GB gacha xotira mavjud. Xotiraning maksimal o‘tkazish qobiliyati ham farq qiladi: mos ravishda 307 va 614 GB/s.

Space Black rangidagi MacBook Pro 16

Dizayn va korpus

MacBook Pro’ning tashqi ko‘rinishi saqlanib qolgan bo‘lsa-da, ichki tuzilishi o‘zgargan. Yangi sovitish tizimi va OLED ekran tufayli noutbuk yengilroq va yupqaroq bo‘ldi. 14 dyuymli modelning vazni 1,38 kg, 16 dyuymli modelniki esa 1,82 kg. Korpus qalinligi 0,5-1 mm ga kamaydi.

Alyuminiy korpus ikki xil rangda taklif etiladi: Silver va Space Black. Qopqoqda yana yonib turadigan Apple logotipining paydo bo‘lishi brend ixlosmandlarini quvontirdi. Ulanish imkoniyatlari o‘zgarmagan: uchta Thunderbolt 5 porti, quvvatlash uchun MagSafe 3 ulagichi, HDMI porti va SDXC xotira kartasi uchun uya mavjud.

Sensorli ekranli va odatiy MacBook Pro: farqi nimada?

Apple sensorli ekranli MacBook bilan bir vaqtda MacBook Pro M6’ni ham taqdim etdi. Agar noutbukingizni yangilashni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu ikki modelni taqqoslab ko‘ring.

Ko‘rsatkichSensorli ekranli MacBook ProMacBook Pro M6
ChipM5 Pro yoki M5 MaxM6
Ekran turiPROLED XDRLiquid Retina XDR
Ekran diagonali, dyuym14,2 yoki 16,314,2
Kontrast nisbati10 000 000:11 000 000:1
Yorqinlik, nit2000 gacha (SDR va HDR)1600 gacha (HDR)
Sensorli boshqaruvMulti-TouchYo‘q
Vazni, kg1,38 yoki 1,82 (M5 Pro); 1,4 yoki 1,84 (M5 Max)1,55
Qalinligi, sm1,5 yoki 1,61,5
Bir marta quvvatlanganda ishlash vaqti, soat22 yoki 24 gacha (M5 Pro); 20 yoki 22 gacha (M5 Max)24 gacha

Agar grafik tasvirlar bilan ishlasangiz yoki videomontaj bilan shug‘ullansangiz va noutbukni ekranga teginish orqali boshqarishni istasangiz, sensorli ekranli model yaxshi tanlov bo‘ladi. Agar qo‘shimcha boshqaruv usuliga ehtiyoj sezmasangiz va asosan dasturlash hamda hujjatlar bilan ishlasangiz, MacBook Pro M6’ga buyurtma berishingiz mumkin.

Kimlar uchun mos?

Sensorli ekranli MacBook Pro rassomlar va dizaynerlar uchun qulay yechim: tasvirni kattalashtirish yoki kichraytirish, obyektlarni ko‘chirish kabi amallarni bevosita noutbuk ekranida bajarish mumkin.

Fotosuratchilarga OLED ekranning ranglarni aniq aks ettirishi va tasvirning kerakli qismlarini ekranga teginish orqali tezda kattalashtirish imkoniyati ma’qul keladi. Dasturchilar esa sensorli interfeyslarni bevosita macOS’da sinab ko‘rishlari mumkin.

Sensorli ekranli MacBook Pro’ni qayerdan sotib olish mumkin?

O‘zbekistonda sensorli ekranli MacBook Pro’ni sotuvlar boshlanishi bilanoq Apple Premium Reseller maqomiga ega iSpace’dan xarid qilish mumkin bo‘ladi. Biz faqat ishlab chiqaruvchi kafolatiga ega original qurilmalarni taklif etamiz, mutaxassislarimiz esa sizga mos variantni tanlashda yordam beradi.

Mahsulot sahifalarida mavjud versiyalar va ularning sotuvda bor-yo‘qligi ko‘rsatilgan. Apple qurilmalari bilan Toshkentdagi do‘konimizda tanishishingiz mumkin. Shuningdek, onlayn buyurtma berib, kuryer orqali yetkazib berish xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Bo‘lib to‘lash va Trade In dasturi ham mavjud. Maxsus takliflardan xabardor bo‘lib borish uchun iSpace Community’ga qo‘shiling.

FAQ

MacBook’da sensorli ekran bormi?

Ha, 2026-yil 28-oktabrda Apple ilk sensorli ekranli MacBook’ni taqdim etdi. Shu bilan birga, trekpad va sichqoncha yordamida boshqarishning odatiy usullari ham saqlanib qolgan.

Sensorli ekranli MacBook Pro odatiy modeldan nimasi bilan farq qiladi?

Asosiy farqi – Multi-Touch texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan PROLED XDR ekrani. Endi qurilmani trekpad va klaviaturadan tashqari, ekranga teginish orqali ham boshqarish mumkin.

Qaysi chipni tanlash kerak: M5 Pro yoki M5 Max?

Chip tanlashda bajaradigan vazifalaringizni hisobga oling. Videomontaj va dasturlash uchun M5 Pro chipli model mos keladi. Agar murakkab uch o‘lchamli grafika bilan ishlasangiz, M5 Max chipli versiyani ko‘rib chiqishingiz mumkin.

Sensorli ekranli model uchun ko‘proq pul to‘lashga arziydimi?

Agar sensorli boshqaruvdan tez-tez foydalanishni rejalashtirsangiz, qo‘shimcha xarajat o‘zini oqlaydi. Bu imkoniyat rassomlar, fotosuratchilar va dizaynerlarga ma’qul keladi.

Shuningdek o‘qing

Doimo xabardor bo‘ling!

Tarqatma xabarlarga obuna bo‘ling va do‘konning yangi aksiyalari va maxsus takliflari haqida birinchilardan bo‘lib bilib oling!