25-avgust kuni Apple yangi Mac mini 2026 modelini taqdim etdi. Kompyuter ikki xil versiyada taklif etiladi: 12 yadroli CPU va 12 yadroli GPU’ga ega yangi M6 chipi o‘rnatilgan bazaviy model hamda unumdorligi yuqoriroq M5 Pro modeli. M5 Pro versiyasida CPU yadrolari soni 18 tagacha, GPU yadrolari soni esa 20 tagacha yetadi. M4 avlodi bilan taqqoslaganda, M6 chipli modelning CPU unumdorligi 40% gacha oshgan, sun’iy intellekt bilan bog‘liq vazifalarni bajarish tezligi ham sezilarli darajada yaxshilangan. 8 TB gacha SSD bilan jihozlanadigan M5 Pro modeli 64 GB gacha birlashtirilgan xotirani qo‘llab-quvvatlaydi va yanada yuqori unumdorlikni ta’minlaydi.

Quyida yangi Mac mini haqida batafsil ma’lumot beramiz: uning texnik xususiyatlari hamda M6 va M5 Pro chipli modellar o‘rtasidagi asosiy farqlarni ko‘rib chiqamiz. Shuningdek, sizga mos variantni tanlashda qaysi jihatlarga e’tibor berish kerakligini tushuntiramiz.

Yangi Mac mini 2026 qachon sotuvga chiqadi

Apple sentabrdagi an’anaviy taqdimotni kutib o‘tirmasdan, yangi Mac mini’ni avvalroq Apple Newsroom saytida e’lon qilingan rasmiy xabar orqali tanishtirdi. Qurilma 2026-yil 25-avgust kuni taqdim etildi.

Yaqin orada O‘zbekistonda yangi modelga oldindan buyurtma berish imkoniyati va sotuv boshlanish sanasi ham ma’lum bo‘ladi. Qurilmaning sotuvga chiqishi, amaldagi narxlar va oldindan buyurtma berish imkoniyati haqidagi ma’lumotlarni iSpace sayti hamda Instagram sahifamiz orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Mac mini 2026 xususiyatlari: yangi chip, xotira va imkoniyatlar

Mac mini 2026 sharhida kompyuterning asosiy yangiliklarini ko‘rib chiqamiz: yangi chiplar, yuqori unumdorlik va kengaytirilgan xotira imkoniyatlari. Bazaviy modelda M4 o‘rnini 12 yadroli CPU va 12 yadroli GPU’ga ega yangi M6 chipi egalladi. Natijada CPU unumdorligi 40% gacha oshdi. Yuqori toifadagi model esa 18 tagacha CPU yadrosi va 20 tagacha GPU yadrosiga ega M5 Pro chipi hamda 8 TB gacha sig‘imli SSD bilan jihozlandi. Avvalgi avlod bilan taqqoslaganda, yangi qurilmalarda quyidagi yaxshilanishlar mavjud:

  • M6 chipining GPU qismida ilk bor qo‘llangan Neural Accelerators – M4 bilan taqqoslaganda sun’iy intellekt vazifalarida to‘rt baravargacha yuqori unumdorlik;
  • 16 yadroli Neural Engine – avvalgi avlod bilan taqqoslaganda ikki baravargacha yuqori unumdorlik;
  • tezroq SSD – ma’lumot uzatish tezligi ikki baravargacha oshgan;
  • M6 chipli modelda 32 GB gacha, M5 Pro versiyasida esa 64 GB gacha birlashtirilgan xotira;
  • Thunderbolt 5 (M5 Pro modeli uchun) – ma’lumotlarni yanada tez uzatish va yuqori unumdorlikka ega tashqi qurilmalarni ulash imkoniyati.

M6 chipli kompyuter kundalik ishlar va o‘qish uchun yaxshi tanlov bo‘ladi. U kontent yaratish, dasturiy ta’minot ishlab chiqish va o‘yinlar uchun ham mos keladi. M5 Pro versiyasi esa videomontaj, 3D grafika va yirik sun’iy intellekt modellari bilan ishlash kabi ko‘proq hisoblash quvvatini talab qiladigan vazifalarga mo‘ljallangan.

Yangi model dizayni

Avvalgi avlod bilan taqqoslaganda, dizaynda sezilarli o‘zgarishlar yo‘q. Korpus 100% qayta ishlangan alyuminiydan tayyorlangan. Qurilma yumaloqlangan burchakli kvadrat shaklini saqlab qolgan. Kumushrang korpusning ko‘rinishi ham, o‘lchamlari ham o‘zgarmagan. Qurilmaning eni va chuqurligi 12,7 sm, balandligi esa 5 sm. Ixcham o‘lchamlari tufayli u stolda ko‘p joy egallamaydi, zarur bo‘lsa, uni o‘zingiz bilan olib yurish yoki boshqa joyga ko‘chirish ham oson. Qurilma ancha yengil: M6 chipli versiyaning vazni 0,67 kg, M5 Pro konfiguratsiyasiniki esa 0,73 kg.

Portlarning joylashuvi ham o‘zgarmagan. Old panelda ikkita USB-C porti va quloqchinlar uchun 3,5 mm ulagich joylashgan. Orqa panelda Ethernet, HDMI va uchta Thunderbolt porti mavjud. Modellar o‘rtasidagi asosiy farq Thunderbolt standartida: M6 chipli model Thunderbolt 4, M5 Pro chipli Mac mini esa Thunderbolt 5 bilan jihozlangan.

Kompyuterning tashqi ko‘rinishi deyarli o‘zgarmagan. Asosiy yangiliklar uning texnik imkoniyatlari – yangi chiplar, yuqori unumdorlik va kengaytirilgan ulanish imkoniyatlari bilan bog‘liq.

Mos konfiguratsiyalarni katalogdan tanlashingiz mumkin:

Mac mini 2026 qancha turadi va uni qayerdan sotib olish mumkin

Kompyuter faqat kumushrang korpusda taqdim etiladi. U birlashtirilgan xotira va SSD sig‘imi turlicha bo‘lgan konfiguratsiyalarda sotuvga chiqariladi. O‘zbekistonda Mac mini narxi iSpace sayti va Instagram sahifamizda e’lon qilinadi. Shu manbalarda qurilmaning sotuvga chiqishi va oldindan buyurtma berish imkoniyati haqidagi yangiliklarni ham kuzatib borishingiz mumkin. M6 va M5 Pro chipli versiyalar orasidan tanlashda savollaringiz bo‘lsa, mutaxassislarimiz vazifalaringizga mos eng maqbul variantni tanlashda sizga yordam beradi.

 

Посмотреть эту публикацию в Instagram

 

Публикация от iSpace – Apple Premium Partner (@ispace.uzbekistan)

iSpace – O‘zbekistondagi Apple Premium Reseller. Bizda Apple’ning asl qurilmalari ishlab chiqaruvchining kafolati bilan taqdim etiladi, texnik xizmat esa vakolatli servis markazimizda ko‘rsatiladi.

Xaridni onlayn rasmiylashtirishingiz yoki Tashkent City Mall’da joylashgan iSpace rasmiy do‘koniga tashrif buyurishingiz mumkin. Kompyuteringizni yanada qulay shartlarda yangilash uchun Trade In dasturi va muddatli to‘lov imkoniyatidan foydalanishingiz mumkin.

Sotuv boshlanishi va mavjud konfiguratsiyalar yetib kelishi haqidagi ma’lumotlarni iSpace sayti, ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz va elektron pochta xabarnomalari orqali kuzatib borishingiz mumkin. Muhim yangiliklarni o‘tkazib yubormaslik uchun obuna bo‘ling.

FAQ

Yangi Mac mini 2026’da nimalar o‘zgardi?

Eng sezilarli yangilanishlar qurilmaning texnik imkoniyatlari bilan bog‘liq. Bazaviy versiya 12 yadroli CPU va 12 yadroli GPU’ga ega yangi M6 chipi, 32 GB gacha birlashtirilgan xotira hamda avvalgisiga qaraganda ikki baravargacha tezroq SSD bilan jihozlangan. Yuqori toifadagi konfiguratsiyada esa M5 Pro chipi va Thunderbolt 5 portlari mavjud. Har ikkala modelda 2,5 Gbit/s tezlikdagi Ethernet, Bluetooth 6 va Wi-Fi 7 qo‘llab-quvvatlanadi.

Yangi Mac mini’ni sotib olishga arziydimi?

Agar dasturiy ta’minot ishlab chiqish, videomontaj yoki sun’iy intellekt bilan bog‘liq vazifalarni kompyuterning o‘zida bajarish uchun jim ishlaydigan qurilma kerak bo‘lsa, yangi Mac mini yaxshi tanlov bo‘ladi. Narxi va texnik imkoniyatlari nisbatiga ko‘ra, u Mac kompyuterlari orasidagi eng maqbul modellardan biridir. M6 chipli versiya uy va ofisdagi kundalik vazifalar uchun mos. M5 Pro esa VFX, 3D grafika va katta hisoblash quvvatini talab qiladigan boshqa loyihalarni ham bemalol bajara oladi.

Mac mini qanday protsessor bilan jihozlangan?

Bazaviy versiya 12 yadroli CPU va 12 yadroli GPU’ga ega M6 chipi bilan jihozlangan. Har bir grafik yadroda sun’iy intellekt vazifalari uchun neyron tezlatgich mavjud. Unumdorligi yuqoriroq versiyaga esa M5 Pro chipi o‘rnatilgan. Standart konfiguratsiyada u 15 yadroli CPU va 16 yadroli GPU’ga ega, maksimal konfiguratsiyada esa CPU yadrolari soni 18 tagacha, GPU yadrolari soni 20 tagacha yetadi.

Apple taqdimotida Mac mini 2026 haqida nimalar aytildi?

Mac mini taqdimotida kompaniya sun’iy intellekt bilan bog‘liq imkoniyatlarga alohida e’tibor qaratdi. M4 chipli avvalgi model bilan taqqoslaganda, sun’iy intellekt vazifalarini bajarish tezligi deyarli to‘rt baravar, grafik tizim va SSD unumdorligi qariyb ikki baravar, CPU unumdorligi esa 40% gacha oshgan. Apple, shuningdek, yirik sun’iy intellekt modellari bilan ishlashni tezlashtirish uchun bir nechta Mac mini kompyuterini Thunderbolt 5 orqali o‘zaro ulash imkoniyatini ham namoyish etdi.

Mac mini va MacBook o‘rtasidagi farq nimada?

Mac mini 2026 – ichki batareyasi va ekrani bo‘lmagan ixcham kompyuter. Undan foydalanish uchun uni elektr tarmog‘iga ulash, shuningdek, tashqi monitor, sichqoncha va klaviatura kerak bo‘ladi. MacBook esa 13, 14 yoki 16 dyuymli ekranga ega ixcham noutbuk. Mac mini asosan doimiy ish joyida foydalanish uchun mo‘ljallangan, MacBook esa uy yoki ofisdan tashqarida ishlash uchun qulayroq.

Shuningdek o‘qing

2026-yilda Mac’ga Windows o‘rnatish mumkinmi: usullar, cheklovlar va foydali maslahatlar

Yangi iPhone qachon chiqadi: Apple’ning 2026-yilgi taqdimoti, kutilayotgan yangiliklar va sotuvlar boshlanishi

Windows yoki MacBook: Apple kompyuterini tanlash uchun 7 sabab

Doimo xabardor bo‘ling!

Tarqatma xabarlarga obuna bo‘ling va do‘konning yangi aksiyalari va maxsus takliflari haqida birinchilardan bo‘lib bilib oling!

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan