Apple an’anaga ko‘ra kuzda yangi mahsulotlari taqdimotini o‘tkazadi. Bu tadbirni butun dunyo bo‘ylab millionlab brend muxlislari katta qiziqish bilan kutadi. Odatda sentabr oyida yangi avlod qurilmalari, jumladan iPhone va AirPods, shuningdek, ularning yangi imkoniyatlari namoyish etiladi. Yangi iPhone taqdimoti qachon bo‘lib o‘tishi, unda qanday yangiliklar ko‘rsatilishi va oldindan buyurtma qachon boshlanishi rasmiy e’londan keyin ma’lum bo‘ladi.

Ushbu maqolada biz asosiy ma’lumotlarni jamladik: bu yilgi tadbirda nimalar taqdim etilishi mumkin, yangi iPhone qachon chiqishi kutilmoqda va eng so‘nggi ma’lumotlarni qayerdan kuzatish mumkin. Yangi qurilmalar sotuvga chiqqach, ularni O‘zbekistondagi Apple Premium Reseller – iSpace’da xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi. Oldindan buyurtma bering va Apple qurilmalaridan mamnuniyat bilan foydalaning.

Apple’ning 2026-yilgi taqdimoti qachon bo‘lib o‘tadi?

Apple’ning asosiy kuzgi tadbiri odatda sentabr oyida o‘tkaziladi – bu an’ana Tim Kuk rahbarligi davrida shakllangan. Taqdimotda, odatdagidek, yangi iPhone modellari namoyish etiladi. Biroq Apple’ning 2026-yilgi taqdimoti aniq qachon o‘tkazilishi faqat kompaniyaning rasmiy e’lonidan keyin ma’lum bo‘ladi.

Yangi iPhone’ning bozorga chiqishi bitta aniq sana bilan cheklanmaydi. Bu jarayon bir necha bosqichdan iborat:

  • yangi iPhone taqdimoti – Apple yangi avlod modellarini rasman namoyish etadi;
  • xususiyatlar bilan tanishish – taqdimot bilan bir vaqtda texnik tavsiflar, jumladan chip, batareya va ekran haqidagi ma’lumotlar, mavjud konfiguratsiyalar hamda narxlar e’lon qilinadi;
  • oldindan buyurtma – aniq sana har bir mamlakatda turlicha bo‘ladi, O‘zbekistonda esa iSpace orqali oldindan buyurtma berish mumkin. iSpace – Apple’ning rasmiy reselleri;
  • sotuvlar boshlanishi – O‘zbekistonda rasmiy sotuvlar boshlanishi bilan sizga bu haqda xabar beramiz.

Dastlabki sotuvlar sanasi va yetkazib berish muddatlari ko‘plab omillarga bog‘liq. Ular orasida kompaniyaning ichki qarorlari, yetkazib berish jadvali va logistika jarayonlari bor. Oldindan buyurtma boshlanishini o‘tkazib yubormaslik uchun iSpace sayti va ijtimoiy tarmoqlaridagi yangiliklarni kuzatib boring – yangi model sotuvga chiqishi haqida albatta xabar beramiz.

Apple taqdimotlari: 1984-2026-yillar

Apple’ning ilk mashhur taqdimotlaridan biri 1984-yil 24-yanvarda bo‘lib o‘tgan. Unda Stiv Jobs grafik interfeysga ega va sichqoncha yordamida boshqariladigan Macintosh kompyuterini taqdim etgan.

O‘sha tadbirni bugungi taqdimotlar ko‘lami bilan solishtirish qiyin. O‘sha paytda Stiv Jobs kichik auditoriya qarshisida chiqish qilgan bo‘lsa, bugungi kunda tadbirlar internet orqali jonli efirda namoyish etiladi va millionlab odamlar yangi mahsulotlar haqidagi e’lonlarni katta qiziqish bilan kutadi. Taqdimotni kompaniyaning rasmiy sayti va YouTube kanalida tomosha qilish mumkin.

Apple vakillari iPhone yoki AirPods’da qanday yangiliklar paydo bo‘lishini shunchaki sanab o‘tish bilan cheklanmaydi. Taqdimot davomida yangi funksiyalar amalda namoyish etiladi, dasturiy ta’minot va xizmatlarning imkoniyatlari ko‘rsatiladi, brend ekotizimi qanday rivojlanayotgani haqida so‘z yuritiladi. Eng muhimi, kompaniya o‘z qadriyatlari va mahsulotlari zamiridagi g‘oyani auditoriyaga yetkazishga intiladi.

2025-yilda Apple qanday yangiliklarni taqdim etdi?

2025-yilgi taqdimot foydalanuvchilarda ayniqsa katta qiziqish uyg‘otdi. Kompaniya ilk bor yupqa iPhone Air modelini taqdim etdi. U Super Retina XDR displeyi va Center Stage funksiyasiga ega old kamera bilan jihozlandi. Eng e’tiborlisi, bularning barchasi qalinligi atigi 5,6 mm bo‘lgan titan korpusga joylashtirildi. Asosiy iPhone 17 modeli A19 chipi, ProMotion displeyi va yangi kameralar tizimiga ega bo‘ldi. Flagman modellar esa har biri 48 MP bo‘lgan professional kameralar tizimi va yangilangan dizayni bilan ajralib turdi. Bu asosiy yangiliklarning bir qismi, xolos: smartfonlar foydalanuvchilarga ma’qul kelgan ko‘plab foydali imkoniyatlarga ega bo‘ldi.

iPhone xususiyatlari bilan tanishish uchun katalogga o‘ting:

Aqlli soatlarning yangi avlodi ham taqdim etildi. Minimalistik Apple Watch Series 11 surunkali yuqori qon bosimi alomatlari aniqlanganda bildirishnoma yuboradi, Ultra seriyasida esa sun’iy yo‘ldosh orqali aloqa qilish imkoniyati paydo bo‘ldi.

iSpace katalogidan Apple Watch’ni tanlang:

AirPods Pro 3 quloqchinlari yanada ixcham bo‘ldi, besh xil o‘lchamdagi quloq uchliklari bilan taqdim etildi va atrofdagi shovqinni yanada samarali bostirish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Qurilmada ilk bor yurak urish tezligini o‘lchash funksiyasi ham paydo bo‘ldi – bu mashg‘ulotlarni yanada samarali o‘tkazishga yordam beradi.

iSpace katalogidan AirPods’ni tanlang:

iSpace’da Apple qurilmasini qanday yangilash mumkin?

Ishlab chiqaruvchi kafolati bilan original Apple qurilmalarini Apple Premium Reseller – iSpace’da buyurtma qilishingiz mumkin. Bizda hozirgi avlodga mansub turli model va konfiguratsiyadagi qurilmalar mavjud, shu sababli ehtiyojlaringizga mos gadjetni bemalol tanlashingiz mumkin. Agar tanlashda yordam kerak bo‘lsa, iSpace mutaxassislari sizga doimo maslahat berishga tayyor.

Trade In dasturi yordamida qurilmangizni yanada qulay shartlarda yangilashingiz mumkin: eski gadjetingizni topshirasiz, uning baholangan qiymati esa yangi qurilma narxidan chegiriladi. Shuningdek, biz bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun maxsus shartlarni ham taklif qilamiz. iSpace bilan Apple qurilmalarini xarid qilish yanada qulay.

Qurilmangizni Toshkent markazidagi Tashkent City Mall’da joylashgan do‘konimizdan olib ketishingiz yoki yetkazib berishga buyurtma berishingiz mumkin. Biz texnikani ehtiyotkorlik bilan qadoqlaymiz va uni sizga imkon qadar tez yetkazib beramiz.

 

FAQ

Apple taqdimoti 2026-yilda qachon bo‘lib o‘tadi?

WWDC26 (Worldwide Developers Conference) 2026-yil iyun oyida bo‘lib o‘tdi. Unda Apple o‘z dasturiy platformalariga kiritilgan yangilanishlarni taqdim etdi. Apple’ning 2026-yildagi asosiy taqdimoti qachon o‘tkazilishi esa rasmiy e’londan keyin ma’lum bo‘ladi.

Yangi iPhone qachon chiqadi?

iPhone’ning sotuvga chiqish muddati an’anaga ko‘ra kuzgi taqdimot vaqtida e’lon qilinadi.

Apple 2026-yilgi taqdimotda nimalarni namoyish etadi?

Apple 2026-yilgi taqdimotda aynan nimalarni namoyish etishi hozircha aniq ma’lum emas. O‘tgan yilgi tadbirda yangi iPhone Air, shuningdek, smartfonlar, quloqchinlar va aqlli soatlarning yangi avlodlari taqdim etilgan edi.

Yangi iPhone iSpace’da qachon paydo bo‘ladi?

An’anaga ko‘ra, 2026-yilgi iPhone taqdimoti kuzda bo‘lib o‘tadi, oldindan buyurtma esa biroz keyin boshlanadi. Yangiliklarni ispace.uz saytida hamda O‘zbekistondagi rasmiy resellerning ijtimoiy tarmoqlarida kuzatib boring.

Shuningdek o‘qing

Apple’ning bolalar xavfsizligiga oid funksiyalari: farzandingizning iPhone’ini qanday sozlash va qurilmalarni o‘quv yiliga qanday tayyorlash mumkin

Apple ekotizimining o‘qishdagi imkoniyatlari: talabalar va o‘quvchilar uchun ko‘pchilik bilavermaydigan 12 ta foydali funksiya

iCloud’dagi fotosuratlar: rasmlarni iCloud’ga qanday yuklash va iPhone xotirasida joy bo‘shatish mumkin?

Doimo xabardor bo‘ling!

Tarqatma xabarlarga obuna bo‘ling va do‘konning yangi aksiyalari va maxsus takliflari haqida birinchilardan bo‘lib bilib oling!

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan