2026-yil 26-oktabrda Apple o‘zining ixcham planshetlari qatorini A20 Pro chipi va OLED ekran bilan jihozlangan yangi iPad mini 8 modeli bilan to‘ldirdi. Yangi qurilma avvalgi modelga qaraganda yupqaroq va yengilroq bo‘ldi, ekran hoshiyalari ingichkalashgani tufayli esa ekran diagonali 0,2 dyuymga kattalashdi. Planshetning unumdorligi, ayniqsa, grafikaga ishlov berish va sun’iy intellekt bilan bog‘liq vazifalarni bajarishda sezilarli darajada oshdi. Asosiy va old kameralarning har biri 12 megapikselli. Shuningdek, qurilma yangi Acoustic Display ovoz tizimi bilan jihozlangan va Apple Intelligence’ning eng so‘nggi imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu imkoniyatlardan foydalanish tizim tili va hududga bog‘liq.

Biz iPad mini 8 haqida batafsil sharh tayyorladik va uni avvalgi avlod modeli bilan taqqosladik. O‘zbekistonda Apple’ning asl qurilmalarini iSpace’dan rasmiy kafolat bilan xarid qilishingiz mumkin.

iPad mini 8’da qanday yangiliklar bor?

2026-yilda Apple OLED ekranli ilk iPad mini modelini taqdim etdi. Avvalgi avlodning LCD ekranidan farqli o‘laroq, yangi ekranda umumiy orqa yoritish tizimi yo‘q – har bir piksel mustaqil ravishda yorug‘lik chiqaradi. Natijada qora rang yanada to‘q, boshqa ranglar esa aniqroq va tabiiyroq ko‘rinadi.

Yangi A20 Pro chipi planshetning unumdorligini yanada oshirdi. 128 va 256 GB xotirali modellarda 5 yadroli markaziy protsessor (CPU), 512 GB xotirali modelda esa 6 yadroli markaziy protsessor o‘rnatilgan. Barcha modellar 7 yadroli grafik protsessor (GPU) bilan jihozlangan. iPad mini 7 bilan taqqoslaganda, sun’iy intellekt bilan bog‘liq vazifalarni bajarish tezligi 4,5 baravargacha, grafikaga ishlov berish tezligi 2,7 baravargacha, markaziy protsessorning ko‘p oqimli hisoblashlardagi unumdorligi esa 60 foizgacha oshdi.

iPad mini 8’da yana quyidagi yangiliklar mavjud:

  • asosiy kameraga Adaptive True Tone chaqnog‘i qo‘shildi;
  • Center Stage funksiyasiga ega old kamera ekranning uzun tomoniga joylashtirildi;
  • iPad tarixida ilk bor IP67 standarti bo‘yicha suv va changdan himoya ta’minlandi;
  • yangi Acoustic Display ovoz tizimi o‘rnatildi;
  • 35 Vt quvvatli adapter yordamida planshetni 30 daqiqada 50 foizgacha quvvatlash mumkin (bir marta quvvatlanganda 10 soatgacha video tomosha qilish mumkin);
  • N1 chipi Bluetooth 6, Wi-Fi 7 va Thread texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi;
  • C2 modemi o‘rnatildi (faqat Wi-Fi + Cellular modelida).

Yangi qurilma Apple Intelligence’ning kengaytirilgan imkoniyatlarini qo‘llab-quvvatlaydigan iPadOS 27 operatsion tizimida ishlaydi. Jumladan, planshetda yangilangan Siri sun’iy intellekt yordamchisidan foydalanish mumkin. Buning uchun tizim tili sifatida qo‘llab-quvvatlanadigan tillardan birini tanlash kerak. Siri yordamida quyidagi ishlarni bajarishingiz mumkin:

  • shaxsiy ma’lumotlaringizni hisobga olgan holda savollaringizga javob olish;
  • matn yozish va uni tahrirlash;
  • xabarlar, elektron xatlar va fotoalbomlardan ma’lumot qidirish.

iPadOS 27’da bir vaqtning o‘zida bir nechta ilova bilan ishlash yanada qulaylashdi. Endi ilova oynalarining o‘lchamini va ekrandagi joylashuvini o‘zgartirish mumkin. Safari brauzeriga veb-saytlardagi o‘zgarishlarni kuzatib boradigan Notify Me funksiyasi qo‘shildi. Uning yordamida kerakli mahsulot sotuvga chiqqanidan o‘z vaqtida xabar topishingiz mumkin.

iPad mini 8 dizayni va ekrani

iPad mini 8’da avvalgi 8,3 dyuymli ekran o‘rniga 8,5 dyuymli ekran o‘rnatildi. Planshetning tashqi o‘lchamlari esa o‘zgarmadi – hoshiyalar 24 foizga ingichkalashgani tufayli ekran kattalashdi.

Ixcham planshet ilk bor yuqori kontrastli Super Retina XDR OLED ekrani bilan jihozlandi. Ekran P3 keng rang qamrovini qo‘llab-quvvatlaydi va ranglarni yorqin hamda aniq aks ettiradi. Ekranning eng yuqori yorqinligi odatiy kontent uchun 600 nitni, HDR kontent uchun esa 1200 nitni tashkil etadi. Avvalgi model esa faqat SDR kontentni aks ettira olardi va ekranining eng yuqori yorqinligi 500 nit bilan cheklangan edi. Ekranning tasvir aniqligi 2316 × 1512 pikselni tashkil etadi.

256 va 512 GB xotirali modellar uchun oddiy oyna yoki yorug‘likning aks etishini va ekran yaltirashini kamaytiradigan nanotuzilmali oynani tanlash mumkin.

iPad mini 8 avvalgi modelga qaraganda qariyb 40 grammga yengilroq. Shu tufayli uni qo‘lda ushlab turish va o‘zingiz bilan olib yurish yanada qulay.

XususiyatlariPad mini (A20 Pro chipli)iPad mini (A17 Pro chipli)
Eni195,3 mm195,4 mm
Balandligi132,6 mm134,8 mm
Qalinligi5,4 mm6,3 mm
Wi-Fi modelining vazni255 g293 g
Wi-Fi + Cellular modelining vazni263 g297 g

Qurilma korpusi 100% qayta ishlangan alyuminiydan tayyorlangan. Planshet Midnight va Starlight ranglarida taqdim etiladi.

Kameralar, ovoz va qo‘shimcha imkoniyatlar

2026-yilda taqdim etilgan yangi iPad mini’ning 12 megapikselli old kamerasi endi korpusning uzun tomonida joylashgan. Shu sababli planshetni gorizontal holatda qo‘yib, videoqo‘ng‘iroqlar qilish qulayroq bo‘ldi. Center Stage funksiyasi ham mavjud: videoqo‘ng‘iroq paytida harakatlansangiz ham, kamera sizni kadr markazida ushlab turadi.

Asosiy kamerada tasvirni avtomatik barqarorlashtirish funksiyasi mavjud. Yangi Adaptive True Tone chaqnog‘i yorug‘lik yetarli bo‘lmaganda suratlar sifatini yaxshilaydi va hujjatlarni skanerlashda soyalarni kamaytirishga yordam beradi.

Ovoz tizimi ham yangilandi. Oddiy stereo karnaylar o‘rniga Acoustic Display ovoz tizimi qo‘llangan. Yuqori chastotali tovush chiqaruvchi elementlar korpus bilan ekran oynasi orasida joylashgan, past chastotali karnaylar esa tovushni ekran orqali uzatadi. Bunday tuzilish tufayli past chastotali tovushlar kuchliroq, yuqori chastotali tovushlar esa tiniqroq eshitiladi. Bu farqni musiqa tinglash va film tomosha qilish paytida sezish mumkin.

Simsiz aloqani N1 chipi ta’minlaydi. iPad mini quyidagi texnologiyalarni ham qo‘llab-quvvatlaydi:

  • Bluetooth 6 – mos aksessuarlarni ulash uchun;
  • Wi-Fi 7 – internetga yuqori tezlikda ulanish uchun;
  • Thread – aqlli uyning mos qurilmalari bilan aloqa o‘rnatish uchun.

C2 modemi (faqat Wi-Fi + Cellular modellarida) 5G va eSIM texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shu sababli jismoniy SIM-kartasiz ham mobil internetdan foydalanish mumkin. 5G tarmog‘idan foydalanish imkoniyati operatorning qamrov hududi va texnik imkoniyatlariga bog‘liq.

Planshet Apple Pencil qalamlari bilan ham ishlaydi. Keng imkoniyatlarga ega Apple Pencil Pro rasm chizish, grafika bilan ishlash va qaydlar yozish uchun qulay. Qalam tebranish orqali javob qaytaradi, shuningdek, uni siqish va aylantirish harakatlarini taniydi. Apple Pencil (USB-C) esa darslarda qaydlar yozish va oddiy rasmlar chizish uchun mos keladi. USB-C porti orqali planshetni quvvatlash, fayllarni uzatish va mos aksessuarlarni ulash mumkin.

Yangi qurilma 128, 256 va 512 GB xotirali uch xil variantda taqdim etiladi. iPad mini 8’ning narxi tanlangan modelga bog‘liq. Kundalik vazifalar uchun asosiy model yetarli. Agar planshetda ko‘plab suratlar, videolar va ilovalarni saqlashni rejalashtirsangiz, eng katta xotiraga ega modelni tanlaganingiz ma’qul.

iPad mini 8’ni qayerdan sotib olish mumkin?

O‘zbekistonda iPad mini 8’ni xarid qilish yoki unga oldindan buyurtma berish uchun Apple Premium Reseller maqomiga ega iSpace’ga murojaat qilishingiz mumkin. Bizda faqat ishlab chiqaruvchining rasmiy kafolatiga ega asl qurilmalar sotiladi. Savollaringiz bo‘lsa, mutaxassislarimiz bilan onlayn bog‘lanishingiz yoki do‘konimizga tashrif buyurishingiz mumkin.

Onlayn buyurtma berib, mahsulotni uyingizga yetkazib berish xizmatidan foydalanishingiz yoki uni Toshkentdagi Tashkent City Mall savdo markazida joylashgan do‘konimizdan olib ketishingiz mumkin. Bizda Trade In dasturi va bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud. Yangiliklardan xabardor bo‘lish va maxsus takliflarimizdan foydalanish uchun iSpace Community’ga qo‘shiling.

FAQ

iPad mini 8 qachon taqdim etildi?

Apple’ning yangi plansheti 2026-yil 26-oktabrda taqdim etildi. Oldindan buyurtmalar qabul qilinishi va rasmiy savdo boshlanishi haqida birinchilardan bo‘lib xabar topish uchun iSpace klubiga qo‘shiling va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizni kuzatib boring.

iPad mini 8 iPad mini 7’dan nimasi bilan farq qiladi?

Yangi modelda 8,3 dyuymli LCD ekran o‘rniga 8,5 dyuymli OLED ekran o‘rnatilgan. Boshqa yangiliklar qatoriga yanada kuchli A20 Pro chipi, Apple Intelligence’ning kengaytirilgan imkoniyatlari va takomillashtirilgan Acoustic Display ovoz tizimi kiradi. Batafsil ma’lumotni iSpace blogidagi sharhdan o‘qishingiz mumkin.

iPad mini 8 kimlar uchun mos?

Planshet talabalar, o‘qituvchilar, ko‘pincha ofisdan tashqarida ishlaydigan mutaxassislar, kitobxonlar va sayohatchilar uchun mos keladi. Shuningdek, u qaydlar yozish, turli kontentni tomosha qilish, muloqot qilish va Apple Pencil bilan ishlash uchun ixcham planshet izlayotganlarga ham qulay.

Shuningdek o‘qing

Doimo xabardor bo‘ling!

Tarqatma xabarlarga obuna bo‘ling va do‘konning yangi aksiyalari va maxsus takliflari haqida birinchilardan bo‘lib bilib oling!