Vakansiyalar

Apple mahsulotlari bo‘yicha onlayn savdo konsultanti

Apple Authorised Reseller do‘koni – iSpace, sizni Apple ekspertlari jamoasiga qo‘shilishga taklif qiladi!

Apple bilan ishlash – o‘zini xalqaro kompaniyada sinab ko‘rish va eng yuqori xizmat standartlari bo‘yicha tajriba orttirish uchun noyob imkoniyat.

Nomzodga qo‘yiladigan talablar:

  • Siz tajribali sotuvchi yoki savdo sirlarini o‘rganishni istagan boshlovchi mutaxassissiz;

  • Siz faol, muloqotga ochiq va do‘stona insonsiz;

  • Siz kassaviy intizom va savdo asoslarini bilasiz yoki o‘rganishga tayyorsiz;

  • Siz chet tillarini bilasiz (ingliz tili ustuvor);

  • Siz professional o‘sish va rivojlanishga intilasiz;

  • Siz yaxshi daromad topishni xohlaysiz;

  • Siz har doim yaxshi kayfiyatda bo‘lasiz va atrofdagilarga ijobiy energiya ulashasiz!


Vazifalar:

  • Mijozlarga maslahat berish va ularning ehtiyojlarini aniqlash;

  • Premium toifadagi mahsulotlarni sotish;

  • Mijozlarni davom etayotgan aksiyalar va xizmatlar haqida xabardor qilish;


Sharoitlar:

  • O‘zbekistondagi birinchi Apple Premium Partner do‘konida ish;

  • Savdo texnikalari va mahsulot bo‘yicha treninglar;

  • Eng yaxshi savdo uchun har chorakda motivatsion dasturlar;

  • Jamoaviy ruhni mustahkamlash uchun teambilding tadbirlari;

  • Martaba o‘sish imkoniyati;

  • Rasmiy ishga joylashish va barcha ijtimoiy kafolatlar;

  • Oylik maosh + bonuslar;


Jamoamizga xush kelibsiz!

Agar siz ushbu ish talablariga mos kelaman deb hisoblasangiz va xalqaro kompaniyada rivojlanishni istasangiz, o‘z rezyumeingizni quyidagi elektron manzilga yuboring: [email protected] — Maftuna