iPhone ichki xotirasini keyinchalik kengaytirib bo‘lmaydi. Shu sababli xotira hajmini ehtiyojlaringizni hisobga olgan holda boshidanoq to‘g‘ri tanlagan ma’qul.

Bo‘sh joy tugab qolsa, katta hajmli fayllar va ilovalarni o‘chirish yoki ma’lumotlarni bulutli saqlash xizmatiga ko‘chirishga to‘g‘ri keladi. 2026-yilda 128 GB asosiy xotira hajmi hisoblanadi. Agar surat va videolarning asosiy qismi bulutda saqlansa, bu hajm qo‘ng‘iroqlar, internet va ilovalar uchun yetarli bo‘ladi. 256 GB – eng ommabop va qulay variantlardan biri: bunday hajm bilan shaxsiy media kutubxonangizni shakllantirish, ko‘proq o‘yin va ilovalarni saqlash mumkin. 512 GB va 1 TB esa professional formatlarda foto va video suratga oladigan hamda ko‘p o‘yin o‘ynaydigan foydalanuvchilar uchun qulayroq.

Ushbu maqolada iPhone uchun qancha xotira kerakligini va to‘g‘ri tanlovni qanday qilishni ko‘rib chiqamiz. Ehtiyojlaringizga mos iPhone xotira hajmini tanlashda iSpace mutaxassislari yordam beradi – Toshkentdagi do‘konimizda yoki telefon orqali.

iPhone uchun xotirani qanday tanlash kerak: asosiy qoidalar

Demak, ichki xotirani apparat darajasida oshirib bo‘lmaydi. Yangi modelni tanlayotganda rejalaringiz uchun iPhone xotirasining qaysi hajmi yetarli bo‘lishini oldindan aniqlang – bunda kundalik foydalanish odatlaringizga tayanishingiz mumkin.

Agar sizga internetga kirish, musiqani onlayn tinglash va muloqot qilish kifoya bo‘lsa, 128 GB yetarli bo‘ladi. Biroq bir-ikki yildan keyin iCloud obunasi kerak bo‘lishi mumkin. 256 GB xotirali model qurilmada mediafayllar arxivi va pleylistlarni saqlaydigan foydalanuvchilarga mos keladi. 512 GB esa ko‘p suratga oladigan, ProRes va ProRAW formatlarida video hamda foto yaratishni yoqtiradiganlar uchun qulay.

Agar siz tez-tez o‘yin o‘ynasangiz, ko‘p ilova yuklab olsangiz yoki yuklab olingan filmlarni saqlasangiz, 512 GB eng maqbul tanlov bo‘ladi. iPhone qatorida 1 va 2 TB xotirali modellar ham mavjud – bu bulutli xizmatlar va tashqi xotira qurilmalariga bog‘liq bo‘lishni istamaydiganlar uchun mos yechim. E’tibor bering: ilovalar hajmi kattalashishi va kesh ko‘payishi sababli har qanday xotira tez to‘lib qolishi mumkin. Shuning uchun xotirani vaqti-vaqti bilan tozalab turishga to‘g‘ri keladi.

128 yoki 256 GB – qaysi birini tanlash kerak?

Operatsion tizim va ilovalarning xotiraga bo‘lgan talabi har bir yangi avlod qurilmalari bilan ortib bormoqda.

Xotira hajmi, GB 

Foydalanuvchilar  Maqsad  Cheklovlar 
128  Aloqa, internetda ma’lumot qidirish va onlayn kontentdan foydalanishga qiziqadiganlar. 

Bulutli saqlash xizmatiga obuna bo‘lgan foydalanuvchilar. 

Kundalik vazifalarni bajarish, suratlarni saqlash.  Bulut bilan sinxronlashtirmasdan 4K formatda muntazam video suratga olish. 
256  Ijtimoiy tarmoqlardan faol foydalanadiganlar.  Pleylistlarni yuklab olish, kontentni saqlash, video suratga olish.   

Agar xotira hajmlari orasida tanlov qilishga qiynalayotgan bo‘lsangiz, kattaroq hajmni tanlang. Bu qaror smartfon xotirasini tez-tez tozalash zaruratidan xalos qiladi.

512 GB xotirali iPhone kimlarga mos keladi?

512 GB xotirali model ish va ijod uchun mos. Bunday variantni odatda quyidagilar tanlaydi:

  • videoblogerlar, kontent yaratuvchilar va inflyuenserlar;
  • mobil fotograflar va videograflar;
  • suratlarni darhol iCloud’ga yuklay olmaydigan sayohatchilar.

Bunday hajm yuzlab ilovalar, o‘nlab resurs talab qiladigan o‘yinlar va filmlarni bir vaqtda saqlash uchun yetarli bo‘ladi. 4K formatda video olish qulayroq bo‘ladi, ammo vaqti-vaqti bilan takroriy fayllarni o‘chirish yoki fayllarni bulutga ko‘chirishga baribir ehtiyoj tug‘ilishi mumkin.

1 TB va undan katta hajmni sotib olish kerakmi?

Pro va Pro Max seriyasidagi iPhone modellari 1 TB ichki xotirani taklif qiladi, 2025-yil avlodida esa 2 TB xotirali model ham mavjud. Bu bejiz emas – ProRAW va ProRes formatidagi kontent ko‘proq joy egallaydi. Bunday hajm quyidagi foydalanuvchilarga mos keladi:

  • professional kontent yaratuvchilarga;
  • xotira hajmiga yuqori talab qo‘yadigan foydalanuvchilarga;
  • foto va videolarni bevosita smartfonda qayta ishlaydiganlarga.

Bunday xotira bilan kontent yaratish, uni qayta ishlash uchun o‘nlab ilovalarni saqlash va xotira tez to‘lib qolishidan xavotir olmaslik mumkin.

iPhone xotirasiga bo‘lgan ehtiyojni qanday aniqlash mumkin?

Agar eski iPhone’ni yangisiga almashtirayotgan bo‘lsangiz, avvalgi qurilmangizga qarab mo‘ljal oling. Qancha joy bandligini va xotirani aynan nimalar egallayotganini “iPhone xotirasi” bo‘limida ko‘rish mumkin. Bu bo‘lim sozlamalardagi “Asosiy” menyusida joylashgan.

iOS’ning dolzarb versiyalari odatda ko‘proq joy egallaydi. Agar sizga eng maqbul modelni tanlashda yordam kerak bo‘lsa, iSpace mutaxassislari bajonidil maslahat beradi.

iOS tizimi, ilovalar va fayllar qancha joy egallaydi?

Smartfon xususiyatlarida ko‘rsatilgan xotira hajmi amalda mavjud bo‘lgan joydan farq qiladi. Ishlab chiqaruvchi operatsion tizim uchun avvaldan 10-20 GB joy ajratadi. Agar qurilma Apple Intelligence’ni qo‘llab-quvvatlasa, yana 12 GB ushbu funksiyalar uchun sarflanadi. Kesh va keraksiz fayllar xotirani tez to‘ldiradi – ularning hajmi doimiy ravishda ortib borishi mumkin.

Ilovalar yuklab olinayotganda 50-500 MB joy egallashi mumkin, biroq kesh to‘plangandan keyin ularning hajmi o‘nlab gigabaytgacha oshadi. Mediafayllarni qayta ishlash ilovalari va o‘yinlar taxminan 55 GB bo‘sh joy egallashi mumkin.

Xotira tugab borayotgan bo‘lsa, nima qilish kerak?

Agar bo‘sh joy yetarli bo‘lmasa, xotirani optimallashtirish kerak. Tartib quyidagicha:

  1. Xotirada joy nimalar bilan bandligini tekshiring: “Asosiy” – “iPhone xotirasi”.
  2. Ilovalar sozlamalarida keshni tozalang va ma’lumotlarni saqlash uchun avtomatik limit o‘rnating.
  3. Striming xizmatlaridan yuklab olingan kontentni o‘chiring: Netflix, Spotify, YouTube va boshqalar.
  4. Mediafayllarni bulutli saqlash xizmatiga yoki kompyuterga ko‘chiring. Birinchi holatda iCloud bilan sinxronlashdan, ikkinchi holatda esa kabeldan foydalaning.
  5. iCloud’da suratlarni saqlashni optimallashtirish funksiyasini yoqing. Fayl bulutda saqlanadi, smartfonda esa uning kichraytirilgan nusxasi qoladi.

iSpace – O‘zbekistondagi Apple Premium Reseller – mutaxassislari ehtiyojlaringizga mos iPhone ichki xotirasi hajmini tanlash, bulutli saqlash xizmati va ekotizimning boshqa servislarini sozlashda yordam beradi. Qurilmalarni Toshkentdagi do‘konda erkin sinab ko‘ring yoki ularni mamlakat bo‘ylab yetkazib berish xizmati bilan onlayn do‘kondan buyurtma qiling.

FAQ

128 GB bir necha yilga yetadimi?

O‘rtacha foydalanishda 128 GB 2-3 yilga yetadi. Agar siz faol suratga tushsangiz va video olsangiz, fayllarning bir qismini bulutda saqlagan ma’qul.

Oddiy foydalanish uchun qancha xotira kerak?

Eng maqbul variant – 256 GB. Bunday hajm suratlar, ilovalar va hujjatlarni muntazam joy bo‘shatmasdan saqlash uchun yetarli.

4K-video va suratlar qancha joy egallaydi?

4K formatidagi bir soatlik video 45 GB gacha xotira egallashi mumkin. Bitta surat hajmi esa formatiga qarab 2-10 MB bo‘ladi.

iPhone xotira hajmini qanday oshirish mumkin?

iPhone xotirasini xariddan keyin oshirib bo‘lmaydi. Fayllarni saqlash uchun tashqi xotira qurilmalari yoki bulutli xizmatlardan foydalanish mumkin.

Qaysi biri yaxshiroq: ko‘proq xotirami yoki iCloud?

Xotira hajmi foydalanishdagi qulaylikka bevosita ta’sir qiladi. Shu bilan birga ichki xotira va bulutdan parallel ravishda foydalanish ham mumkin.

Nega ilovalar “kam” bo‘lsa ham xotira tugab qoladi?

Joyning katta qismini kesh, vaqtinchalik fayllar va ilova ma’lumotlari egallashi mumkin. Vaqti-vaqti bilan tozalash bo‘sh joy yetishmasligining oldini olishga yordam beradi.

Shuningdek o‘qing

«Kulrang» iPhone: uni sotib olish kerakmi va qanday xavflari bor?

Siri’ning 10 ta foydali buyrug‘i: vaqtni tejash uchun iPhone’ga nima deyish kerak

Nega Apple texnikasini iSpace’dan xarid qilish kerak?

Doimo xabardor bo‘ling!

Tarqatma xabarlarga obuna bo‘ling va do‘konning yangi aksiyalari va maxsus takliflari haqida birinchilardan bo‘lib bilib oling!