iSpace – O‘zbekistonda Apple Premium Reseller maqomiga ega bo‘lgan yagona rasmiy Apple hamkori. Do‘kon Apple standartlari asosida faoliyat yuritadi va mijozlarga faqat original qurilmalar, rasmiy kafolat hamda ishonchli servis xizmatlarini taqdim etadi. iSpace tarkibiga onlayn do‘kon, Toshkentdagi jismoniy do‘kon, B2B mijozlar bilan ishlash bo‘limi hamda servis markazi kiradi.

Toshkentdagi chakana savdo do‘konida eng so‘nggi qurilmalarni ochiq namoyish formatida ko‘rish mumkin. Bu esa mahsulotlarni xarid qilishdan oldin ularni bemalol sinab ko‘rish imkonini beradi: iPhone kameralarini taqqoslash, Apple Watch’ni qo‘lda taqib ko‘rish, iPad’da rasm chizish yoki AirPods orqali sevimli musiqalarni tinglash mumkin. iSpace’da texnikani ham oflayn, ham onlayn tarzda muddatli to‘lov asosida xarid qilish imkoniyati mavjud. Shuningdek, mijozlar sodiqlik dasturiga ham qo‘shilishlari mumkin.

Ushbu maqolada O‘zbekistonda Apple texnikasini qayerdan xarid qilish ma’qul ekani va premium servis afzalliklari haqida bilib olasiz.

iSpace’da Apple gadjetlarini xarid qilish uchun 7 ta sabab

Texnika tanlashda nafaqat model, balki uni qayerdan xarid qilish ham muhim. Aynan shu omil qurilmadan foydalanish qulayligi va xavfsizligiga ta’sir qiladi. Norasmiy sotuvchilar ba’zan UZIMEI tizimida ro‘yxatdan o‘tmagan iPhone’larni yoki ayrim mintaqalar uchun mo‘ljallangan qurilmalarni taklif qilishi mumkin. Masalan, ayrim modellarda SIM-karta uchun jismoniy slot bo‘lmaydi yoki adapter vilkasi mahalliy standartlarga mos kelmasligi mumkin. Bundan tashqari, qurilmada nosozlik yuzaga kelsa, O‘zbekistonda kafolat xizmatidan foydalanishda cheklovlar paydo bo‘lish ehtimoli ham mavjud. Ko‘pincha norasmiy sotuvchilarda xizmat ko‘rsatish faqat xarid jarayoni bilan cheklanadi.

iSpace’da esa mijozlarga yanada qulay va ishonchli xizmat ko‘rsatiladi. O‘zbekistondagi rasmiy reseller sifatida iSpace yuqori darajadagi servis xizmatlarini taqdim etadi. Quyida nima uchun iSpace’da xarid qilish foydali ekanining yettita asosiy sababi bilan tanishishingiz mumkin.

  1. Mutaxassislar doimo yordam berishga tayyor. iSpace’da Apple qurilmalarining barcha imkoniyatlarini yaxshi biladigan mutaxassislar faoliyat yuritadi. Ularga telefon, sayt chati yoki bevosita do‘konda murojaat qilish mumkin. Do‘konda mutaxassislar Apple ekotizimining imkoniyatlarini ham ko‘rsatib beradi: iPhone, MacBook, iPad, Apple Watch va AirPods birgalikda ishlaganda, qurilmalardan foydalanish yanada qulaylashadi.
  2. Rasmiy bir yillik kafolat taqdim etiladi. iSpace’da xarid qilingan qurilmalarga ishlab chiqaruvchining rasmiy kafolati amal qiladi. Zarurat tug‘ilganda Toshkentdagi rasmiy servis markaziga murojaat qilish mumkin. Muhandislar Apple standartlari asosida ishlaydi va faqat original ehtiyot qismlardan foydalanadi.
  3. Bo‘lib to‘lash imkoniyati mavjud. Hamkor banklar orqali xarid summasini 3 oydan 24 oygacha bo‘lgan muddatga bo‘lib to‘lash mumkin.
  4. Xaridlar uchun bonuslar oling. Sodiqlik dasturi ishtirokchilari xarid summasining 0,5 foizidan 2 foizigacha bo‘lgan qismini bonus sifatida oladi (1 bonus = 1 so‘m). Keyinchalik ushbu bonuslardan yangi xaridlar qiymatining 30 foizigacha bo‘lgan qismini to‘lash uchun foydalanish mumkin.
  5. Qurilmalarni xarid qilishdan avval sinab ko‘ring. Jismoniy do‘konda eng so‘nggi smartfonlar, planshetlar, noutbuklar va boshqa Apple qurilmalarini shaxsan ko‘rib chiqish hamda sinab ko‘rish mumkin. Shuningdek, bu yerda zaryad qurilmalari, g‘iloflar va boshqa aksessuarlarni ham topish mumkin.
  6. Qurilmani sozlashni mutaxassislarga ishonib topshiring. iSpace mutaxassislari qurilmani foydalanishga tayyor holatga keltirishda yordam beradi. Istakka ko‘ra Apple ID hisobini yaratish, maxfiylik sozlamalarini o‘rnatish, kontaktlarni ko‘chirish va mos aksessuarlarni tanlash xizmatlari ham ko‘rsatiladi.
  7. Do‘kondan olib ketish yoki yetkazib berish xizmatidan foydalanish mumkin. Jismoniy do‘kon Tashkent City Mall savdo markazida, Toshkentning qulay hududida joylashgan. Onlayn xarid qilgan mijozlar esa tezkor kuryer yetkazib berish xizmatidan foydalanishi mumkin.

iSpace’da xarid qilish oddiy xaridni yanada qulay va yoqimli tajribaga aylantiradi. Siz vaqtni tejaysiz va darhol foydalanishga tayyor qurilmaga ega bo‘lasiz. Bundan tashqari, yaqinlaringiz uchun sovg‘a tanlash ham oson – do‘konda 1 milliondan 30 million so‘mgacha bo‘lgan sovg‘a sertifikatlari mavjud.

iSpace’ga tashrif buyurib, Apple muhitini yaqindan his eting va yuqori darajadagi servis xizmatlaridan foydalaning yoki onlayn buyurtma bering. Har qanday holatda ham iSpace mutaxassislari barcha savollarga javob berishga hamda sizga eng mos gadjetni tanlashda yordam berishga tayyor.

FAQ

iSpace’da Apple mahsulotlariga kafolat beriladimi?

Ha, barcha qurilmalarga ishlab chiqaruvchining rasmiy kafolati amal qiladi. Zarurat tug‘ilganda rasmiy servis markaziga murojaat qilish mumkin. Do‘kon va servis markazi Apple standartlari asosida faoliyat yuritadi, shu sababli qurilmalaringiz ishonchli mutaxassislar qo‘lida bo‘ladi.

O‘zbekistonda original Apple texnikasini qayerdan xarid qilish mumkin?

Apple Premium Reseller, Premium Reseller yoki Authorized Reseller maqomiga ega rasmiy do‘konlarga murojaat qilish tavsiya etiladi. O‘zbekistondagi shunday hamkorlardan biri iSpace bo‘lib, kompaniya ham onlayn, ham jismoniy do‘kon orqali faoliyat yuritadi.

Toshkent bo‘ylab iPhone yetkazib berish qancha vaqt oladi?

iSpace tezkor yetkazib berish xizmatini taqdim etadi. Shu sababli buyurtmalar odatda Toshkent bo‘ylab ish vaqtida 1-2 soat ichida yetkazib beriladi. Shuningdek, xaridni Tashkent City Mall’dagi jismoniy do‘kondan olib ketish ham mumkin.

iSpace’da Apple texnikasini qaytarish mumkinmi?

Mahsulotlarni qaytarish yoki almashtirish O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq amalga oshiriladi. Odatda bu jarayon 10 kalendar kun ichida bajariladi. Batafsil ma’lumotni do‘kon maslahatchilaridan, ishonch telefoni orqali yoki sayt botidan olish mumkin.

Shuningdek o‘qing

Mac mini: Apple’ning eng ixcham kompyuteri nimalarga qodir

MacBook Neo A18 Pro chipi bilan: 2026-yilgi yangilik haqida nimalar ma’lum?

M5 Pro va M5 Max chiplariga ega MacBook Pro: 2026 yil yangiliklari haqida nimalar ma’lum

Doimo xabardor bo‘ling!

Tarqatma xabarlarga obuna bo‘ling va do‘konning yangi aksiyalari va maxsus takliflari haqida birinchilardan bo‘lib bilib oling!