Mundarija
Apple yangi iPhone 18 Pro’ni 2026-yil 9-sentabrda taqdim etdi. Yangi flagman takomillashtirilgan sovitish tizimi va o‘zgaruvchan diafragmali 48 MP Fusion kamerasi bilan jihozlangan. Smartfonda 6 yadroli CPU va 7 yadroli GPU’ga ega A20 Pro chipi, shuningdek, takomillashtirilgan Dynamic Island’li displey mavjud. Ushbu maqolada iPhone 18 Pro’ni avvalgi modellardan ajratib turadigan asosiy jihatlar – uning unumdorligi, akkumulyator imkoniyatlari va sun’iy intellekt funksiyalarini ko‘rib chiqamiz.
iSpace yangiliklaridan xabardor bo‘lib turish va yangi qurilmalarga birinchilardan bo‘lib oldindan buyurtma berish uchun hamjamiyatimizga qo‘shiling. Bu yerda zamonaviy texnologiyalarga qiziqadigan insonlar jamlangan.
Apple iPhone 18 Pro taqdimotida nimalarni namoyish etdi?
iPhone Pro turkumining taqdimoti 2026-yil 9-sentabrda bo‘lib o‘tdi. Apple asosiy yangiliklar sifatida unumdorlikning oshgani, akkumulyatorning uzoqroq ishlashi hamda yangi avlod professional kameralar tizimini alohida ta’kidladi. O‘zbekistonda sotuvlar qachon boshlanishi hozircha noma’lum. Yangiliklardan xabardor bo‘lish uchun iSpace saytini kuzatib boring.
Yangi smartfon dizayni
iPhone 18 Pro iPhone 18 Pro Max’ga qaraganda ixchamroq: uning displey diagonali 6,3 dyuymni, kattaroq modelniki esa 6,9 dyuymni tashkil etadi. Tashqi ko‘rinishdagi sezilarli yangiliklardan biri – takomillashtirilgan Dynamic Island. Endi u ma’lumotlarni ko‘rsatishda yanada keng imkoniyatlarga ega va quyidagilarni bajara oladi:
- bildirishnomalarni ko‘rsatish uchun kengayadi;
- bir vaqtning o‘zida uchtagacha Live Activities’ni ko‘rsatadi.
Yangi smartfon korpusini ishlab chiqarishda 85% qayta ishlangan alyuminiydan foydalaniladi. Qurilma tarkibidagi qayta ishlangan materiallarning umumiy ulushi 40% ni tashkil etadi. Yangi turkum to‘rtta korpus rangida taqdim etilgan: yangi Burgundy, shuningdek, Silver, Glacier va Black.
Pro turkumining protsessori va unumdorligi
iPhone 18 Pro’ning asosiy xususiyatlaridan biri – yangi 2 nanometrli texnologik jarayon asosida ishlab chiqarilgan A20 Pro chipi. Aynan shu chip grafik va hisoblash unumdorligini sezilarli darajada oshirish hamda sun’iy intellekt imkoniyatlarini kengaytirishga yordam berdi. A20 Pro 6 yadroli CPU va Neural Accelerators’ga ega 7 yadroli GPU bilan jihozlangan. A19 Pro bilan taqqoslaganda, xotira o‘tkazuvchanligi 50% ga oshgan. Bu katta hisoblash quvvatini talab qiladigan ilovalar va katta hajmdagi ma’lumotlar bilan tezroq ishlash imkonini beradi. 7 yadroli GPU unumdorligi avvalgi avlod grafik protsessoriga nisbatan 40% gacha yuqori. Qurilma fotosuratlarni qayta ishlash, videoni render qilish va grafikaga yuqori talab qo‘yadigan o‘yinlarni ishga tushirishda barqaror ishlaydi. Yangi bug‘lanish kamerasining yuzasi iPhone 17 Pro’dagiga qaraganda uch baravar katta. Bu uzoq vaqt davomida yuqori yuklama ostida ishlaganda ham unumdorlikni barqaror saqlash imkonini beradi. A19 Pro bilan taqqoslaganda, sun’iy intellekt vazifalarini bajarish unumdorligi ham ikki baravar oshgan. Bunga har biri 16 yadrodan iborat ikkita blokli Dual Neural Engine yordamida erishilgan. Qurilma Apple Intelligence’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Unda quyidagi imkoniyatlardan foydalanish mumkin:
- Siri AI – ovozli yordamchi foydalanuvchining shaxsiy kontekstini hisobga oladi hamda fotosuratlar va elektron pochtadagi ma’lumotlar bilan ishlaydi;
- Onscreen Awareness – yordamchi ekrandagi ma’lumotlarni tahlil qiladi va ular bilan bog‘liq amallarni bajaradi;
- Image Playground – tasvirlar, jumladan, fotorealistik tasvirlarni yaratadi;
- Spatial Reframing – avval olingan surat kompozitsiyasini o‘zgartiradi.
E’tibor bering: bu funksiyalar barcha tillarda mavjud emas. Apple Intelligence ayrim vazifalarni bevosita smartfonning o‘zida bajaradi, murakkabroq so‘rovlar uchun esa Private Cloud Compute’dan foydalanadi. Bu Apple’ning himoyalangan bulutli tizimi bo‘lib, murakkab sun’iy intellekt so‘rovlarini qayta ishlash uchun qo‘shimcha hisoblash quvvatidan foydalanadi. Bulutda ma’lumotlarni qayta ishlash Apple’ning maxfiylik va xavfsizlik tamoyillariga muvofiq amalga oshiriladi.

iPhone 18 Pro kameralari
Kameralar tizimidagi asosiy yangilik – o‘zgaruvchan diafragmali 48 MP Fusion Main kamerasi. Kamera kerakli maydon chuqurligi va yorug‘lik sharoitiga qarab diafragma ochilishini avtomatik ravishda moslaydi. Natijada portretlar va Tungi rejimda olingan suratlar yanada sifatli chiqadi. Umuman olganda, yangilangan tasvirni qayta ishlash tizimi va yangi sensor tufayli yorug‘lik yetarli bo‘lmagan sharoitda ham suratlar tiniqroq chiqadi, mayda tafsilotlar esa aniqroq aks etadi. Suratga olish parametrlarini o‘zingiz sozlashni afzal ko‘rsangiz, «Kamera» ilovasiga qo‘shilgan yangi Pro Controls vositalaridan foydalanishingiz mumkin. Ular yordamida obyektiv diafragmasi, ekspozitsiya va oq rang balansini qo‘lda sozlash mumkin. Fotografik uslublar ham yangilangan: ranglar va teri tuslarini aniq sozlash, shuningdek, donadorlik va teksturani boshqarish imkoniyati mavjud. Apple Reference Image funksiyasi suratning asl ekanini tasdiqlashga yordam beradi. Maxsus rejim yoqilganda, kamera sensor tomonidan olingan va raqamli imzo bilan tasdiqlangan ma’lumotlarni qayd etadi. Ushbu ma’lumotlar asosida keyinchalik o‘zgartirib bo‘lmaydigan namunaviy tasvir saqlanadi. Shu sababli bu imkoniyat suratning kelib chiqishi va unga o‘zgartirish kiritilmaganini tasdiqlash muhim bo‘lgan mutaxassislar uchun ayniqsa foydali. Sun’iy intellekt yordamida deyarli istalgan tasvirni yaratish mumkin bo‘lgan davrda bunday funksiya ayniqsa asqatadi. Video imkoniyatlari ham takomillashtirilgan. Audio Mix algoritmlari videodagi ovoz sifatini yaxshilaydi, taymlaps rejimida esa Dolby Vision HDR qo‘llab-quvvatlanadigan 4K videolarni yozib olish mumkin.
Akkumulyator va uning ishlash vaqti
Yangi model takomillashtirilgan tuzilishga ega akkumulyator bilan jihozlangan. Uning imkoniyatlari va chipning energiya tejamkorligi tufayli qurilma videoni uzluksiz 36 soatgacha ijro eta oladi. Kabel orqali quvvatlanganda akkumulyatorni atigi 15 daqiqada 50% gacha quvvatlash mumkin. Simsiz quvvatlashda esa buning uchun 30 daqiqa kerak bo‘ladi.
iPhone 18 Pro kimlar uchun mos?
Yangi model zamonaviy texnologiyalarni, ayniqsa, kameraning ilg‘or imkoniyatlarini qadrlaydigan foydalanuvchilar uchun mos. Qurilma fotograflar va videograflar, shuningdek, yuqori grafik va hisoblash quvvatini talab qiladigan o‘yinlarni yoqtiradigan geymerlar uchun ayniqsa qulay tanlov bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, smartfon ixcham va foydalanishga qulay.

iPhone 18 Pro’ni qayerdan sotib olish mumkin?
Sotuvlar boshlanganidan keyin yangi modelni O‘zbekistondagi Apple Premium Reseller – iSpace’dan xarid qilish mumkin bo‘ladi. Assortimentimizda faqat Apple kafolatiga ega asl qurilmalar mavjud. Qurilmalarga kafolat doirasida xizmat
Do‘konimiz Toshkentning qulay hududida – Tashkent City Mall’da joylashgan. Buyurtmangizni shu yerdan olib ketishingiz mumkin. Shuningdek, qurilmalarni onlayn buyurtma qilib, O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Xaridni yanada foydali qilish uchun Trade In dasturi va bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalaning. Yangi mahsulotlarga birinchilardan bo‘lib oldindan buyurtma berish uchun yangiliklarimizni kuzatib boring.
2026-yil 9-sentabrda Apple Pro turkumidagi yana bir qurilma – iPhone 18 Pro Max’ni ham taqdim etdi. Uning barcha xususiyatlari va imkoniyatlari haqida blogimizda batafsil ma’lumot berdik.
FAQ
iPhone 18 Pro’ni qachon sotib olish mumkin?
Agar iPhone 18 Pro’ni xarid qilmoqchi bo‘lsangiz, sotuv boshlanadigan sana hozircha noma’lum. Birinchilardan bo‘lib oldindan buyurtma berish uchun iSpace saytidagi yangiliklarni kuzatib boring.
Yangi iPhone 18 Pro turkumida qanday ranglar taqdim etildi?
Yangi turkum to‘rtta rangda taqdim etildi: yangi Burgundy, shuningdek, Black, Silver va Glacier.
Yangi iPhone Pro’ni qayerdan sotib olish mumkin?
Yangi modelni O‘zbekistondagi Apple Premium Reseller – iSpace’dan xarid qilish mumkin. Model sotuvga chiqqanidan xabardor bo‘lish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘ling va yangiliklarimizni kuzatib boring.
iPhone 18 Pro iPhone 17 Pro’dan nimasi bilan farq qiladi?
Avvalgi avlod bilan taqqoslaganda, yangi flagman o‘zgaruvchan diafragmali 48 MP Fusion kamerasi va takomillashtirilgan sovitish tizimiga ega. Shuningdek, uning unumdorligi oshgan va akkumulyatori uzoqroq ishlaydi.
iPhone 18 Pro’da qanday yangiliklar bor?
Asosiy yangiliklar qatoriga A20 Pro chipi, takomillashtirilgan Dynamic Island va o‘zgaruvchan diafragmali 48 MP Fusion kamerasi kiradi. Qurilma uchun yangi aksessuarlar turkumi ham taqdim etilgan. Siz o‘zingizga mos rangdagi FineWoven Wallet hamyoni, Crossbody Strap tasmasi, shuningdek, silikon yoki TechWoven g‘ilofini tanlashingiz mumkin.
Shuningdek o‘qing
Презентация Apple 2026: итоги конференции и главные анонсы
Mac Studio 2026: taqdimot sanasi, texnik xususiyatlari va Apple’ning yangi professional kompyuteri sharhi
Mac mini 2026 sharhi: Apple’ning yangi ixcham kompyuteri taqdimot sanasi va xususiyatlari
Tarqatma xabarlarga obuna bo‘ling va do‘konning yangi aksiyalari va maxsus takliflari haqida birinchilardan bo‘lib bilib oling!

