Apple 2026-yilgi Mac Studio’ni ikki xil versiyada – M5 Max va M5 Ultra chiplari bilan taqdim etdi. 2025-yilgi avlod bilan taqqoslaganda, SSD tezligi 2 baravargacha, CPU unumdorligi 1,3 baravargacha, GPU unumdorligi esa 1,8 baravargacha oshgan. M5 Ultra chipli model 16 TB gacha SSD, 80 tagacha yadroli GPU va 512 GB gacha birlashtirilgan xotira bilan jihozlanadi. Sun’iy intellekt bilan bog‘liq vazifalarda eng yuqori unumdorlik M3 Ultra bilan taqqoslaganda 4,3 baravargacha oshgan. Mac Studio dasturlash, videolarni tahrirlash, 3D grafika va katta hajmdagi mahalliy sun’iy intellekt modellari bilan ishlash uchun mos keladi.

Ushbu maqolada yangi Mac Studio haqida batafsil ma’lumot beramiz, shuningdek, bu ish stansiyasini sotib olishga arziydimi va model tanlashda qaysi xususiyatlarga e’tibor berish kerakligi haqida so‘z yuritamiz.

Mac Studio 2026 qachon taqdim etildi?

Apple M5 Max va M5 Ultra chiplari bilan jihozlangan yangi Mac Studio ish stansiyasini 2026-yil 25-avgustda taqdim etdi. Yangi model M4 Max va M3 Ultra chiplari o‘rnatilgan 2025-yilgi Mac Studio avlodining o‘rnini egalladi. Hozircha O‘zbekistonda oldindan buyurtma berish va sotuv boshlanishining aniq sanalari e’lon qilinmagan. Yangi modelning qachon sotuvga chiqishi haqidagi yangiliklarni iSpace saytida kuzatib borishingiz mumkin.

Yangi Mac Studio xususiyatlari: M5 Max, M5 Ultra va yangi avlod imkoniyatlari

Ish stansiyasi ikki xil versiyada – M5 Max va yangi M5 Ultra chiplari bilan taqdim etiladi. Har ikkala chip ham grafik va hisoblash unumdorligini oshirgan hamda sun’iy intellekt bilan bog‘liq vazifalarni tezroq bajarish imkonini beradi. Asosiy xususiyatlarni 2025-yilgi avlod bilan taqqoslab ko‘ramiz:

  1. CPU. M5 Max chipli model 18 yadroli CPU bilan jihozlangan, M5 Ultra esa 36 tagacha CPU yadrosiga ega. Natijada ko‘p oqimli hisoblash unumdorligi M3 Ultra bilan taqqoslaganda 1,3 baravargacha oshgan.
  2. GPU. M5 Max chipli Mac Studio neyron tezlatkichlariga ega 40 tagacha GPU yadrosi bilan jihozlanadi. Shu sababli uning grafik unumdorligi avvalgi avlodga nisbatan 2 baravargacha oshgan. M5 Ultra esa 80 tagacha GPU yadrosiga ega bo‘lib, uning grafik unumdorligi oldingi avlodnikidan 1,8 baravargacha yuqori.
  3. Xotira o‘tkazuvchanligi. Boshlang‘ich konfiguratsiyada birlashtirilgan xotiraning o‘tkazuvchanligi 614 GB/s gacha yetadi. Yuqori unumdorlikka ega modelda esa bu ko‘rsatkich 1,2 TB/s ni tashkil etadi, ya’ni avvalgi avloddagidan 2 baravar yuqori.
  4. Birlashtirilgan xotira. M5 Max chipli konfiguratsiyalarda 128 GB gacha, M5 Ultra chipli versiyalarda esa 512 GB gacha birlashtirilgan xotira mavjud. Bunday hajm katta til modellarini (LLM) bevosita kompyuterning o‘zida ishga tushirish hamda katta hisoblash resurslarini talab qiladigan professional vazifalarni bajarish imkonini beradi.
  5. SSD. Boshlang‘ich modelda SSD sig‘imi 8 TB gacha, yuqori konfiguratsiyada esa 16 TB gacha yetadi. Yangi avlod arxitekturasi SSD unumdorligini 2 baravargacha oshirish imkonini bergan.
  6. Sun’iy intellekt bilan ishlash unumdorligi. M5 Max avvalgi avlodga nisbatan sun’iy intellekt bilan bog‘liq vazifalarda 3,9 baravargacha yuqori unumdorlikni ta’minlaydi. M5 Ultra esa eng yuqori ko‘rsatkich bo‘yicha M3 Ultra’dan 4,3 baravargacha, M1 Ultra’dan esa 9,8 baravargacha ustun.

Yangi chiplar qurilmaning imkoniyatlarini yanada kengaytiradi. Mac Studio Apple Intelligence funksiyalariga ega macOS 27 Golden Gate operatsion tizimini qo‘llab-quvvatlaydi.

Mac Studio 2026 sharhi

Mac Studio 2026 – murakkab professional vazifalarni bajarishga mo‘ljallangan yuqori unumdor ish stansiyasi. Apple korpusning avvalgi dizayni va o‘lchamlarini – 19,7 × 19,7 × 9,5 sm ni saqlab qolgan. Model avvalgidek kumushrangda taqdim etiladi. Ixcham korpus ichida endi yanada kuchli texnik imkoniyatlar jamlangan. Yuqori unumdorligiga qaramay, Mac Studio jim ishlaydi va ish jarayoniga xalaqit bermaydi.

Kompyuter USB-C orqali genlock texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydi. Bu texnologiya videosignalni ekrandagi tasvir bilan aniq sinxronlashtirish imkonini beradi. U jonli efirlar, bir nechta kamera bilan ishlash va virtual suratga olish jarayonlarida ayniqsa foydali.

Qurilma ilk bor Bluetooth 6 va Wi-Fi 7 simsiz aloqa texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, u ma’lumotlarni 120 Gbit/s gacha tezlikda uzatish imkonini beruvchi Thunderbolt 5 portlari bilan jihozlangan. Bu tashqi xotira qurilmalari va displeylarni ulashni yanada qulaylashtiradi.

Yangi Mac Studio bir vaqtning o‘zida bir nechta displey bilan ishlay oladi: unga sakkiztagacha monitorni, jumladan, yuqori aniqlik va 120 Hz yangilanish tezligiga ega to‘rttagacha Studio Display XDR’ni ulash mumkin.

Mac Studio taqdim etilgan paytda foydalanuvchilarning fikr-mulohazalari hali yetarlicha shakllanib ulgurmagan edi, chunki qurilma endigina sotuvga chiqarilgan. Shunga qaramay, uning texnik imkoniyatlari murakkab professional vazifalarni bemalol bajarish uchun yetarli.

Mac Studio 2026 kimlar uchun mos va uni sotib olishga arziydimi?

Yangi kompyuter ish jarayonida maksimal unumdorlikka ehtiyoj sezadigan mutaxassislar uchun yaratilgan.

Qurilma, ayniqsa, dizaynerlar va videolarni tahrirlash bilan shug‘ullanuvchi mutaxassislar uchun mos, chunki u kuchli grafik tizimga ega. Uning asosiy afzalliklari:

  • apparat darajasida tezlashtiriladigan uchinchi avlod nurlarni kuzatish texnologiyasi;
  • GPU yadrolaridagi neyron tezlatkichlar;
  • tasvirlarni qayta ishlash va murakkab vizual effektlar bilan ishlashni tezlashtiradigan takomillashtirilgan grafik yadrolar.

Kompyuter katta hajmdagi ma’lumotlar bilan ishlaydigan dasturchilar uchun ham mos keladi. Thunderbolt 5 orqali unga yuqori unumdor tashqi xotira qurilmalarini ulash mumkin.

Mac Studio sun’iy intellekt bilan ishlaydigan dasturchilar uchun ham e’tiborga loyiq. U MLX va Core AI kabi dasturiy texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Sun’iy intellekt modellarini yaratish, ishga tushirish va amaliyotga joriy etish qulay. Shuningdek, bir nechta qurilmani Thunderbolt 5 va RDMA orqali o‘zaro ulash mumkin. Bunday tizim sun’iy intellekt bilan bog‘liq vazifalarni ancha tez bajarish imkonini beradi.

Mac Studio’ning sizga mos versiyasini katalogdan tanlashingiz mumkin:

Xulosa qilib aytganda, yangi Mac Studio maksimal unumdorlik talab qilinadigan professional ish jarayonlari uchun munosib tanlovdir. Kompyuter kuchli grafik imkoniyatlari, sun’iy intellekt bilan bog‘liq vazifalarni tez bajarishi, katta hajmdagi birlashtirilgan xotirasi va yuqori xotira o‘tkazuvchanligi bilan ajralib turadi.

Agar sizga maksimal quvvat kerak bo‘lmasa, Mac mini’ni tanlashingiz mumkin. U yanada ixcham kompyuter bo‘lib, kundalik va ishga oid vazifalarning aksariyatini bemalol bajaradi.

O‘zbekistondagi Apple Premium Reseller – iSpace’da Mac Studio sotuvga chiqqach, uni xarid qilishingiz mumkin bo‘ladi. Bizda faqat brend kafolati bilan taqdim etiladigan original qurilmalar sotiladi. iSpace keng ko‘lamli xizmatlarni taklif etadi: bu yerda siz Mac Studio’ni nafaqat xarid qilishingiz, balki Toshkentda professional servis xizmatidan ham foydalanishingiz mumkin. Kerakli konfiguratsiyani tanlash bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa, mutaxassislarimiz sizga yordam berishga doim tayyor. Qurilmangizni yanada qulay shartlarda yangilashingiz uchun Trade In va bo‘lib to‘lash imkoniyatlarini ham taklif qilamiz.

Toshkentdagi Tashkent City Mall savdo markazida joylashgan iSpace brend do‘koniga tashrif buyurishingiz yoki qurilmani O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish bilan onlayn buyurtma qilishingiz mumkin. Oldindan buyurtma boshlanishini o‘tkazib yubormaslik uchun iSpace’ning Instagram sahifasiga obuna bo‘ling va yangiliklarni kuzatib boring.

iSpace’da xarid qilish nega oson va yoqimli ekanini ko‘rsatadigan qisqa videoni tomosha qiling:

 

Посмотреть эту публикацию в Instagram

 

Публикация от iSpace – Apple Premium Partner (@ispace.uzbekistan)

FAQ

Mac Studio 2026 qachon taqdim etildi?

Apple yangi Mac Studio’ni 2026-yil 25-avgustda taqdim etdi. Mac Studio’ning iSpace’da qachon sotuvga chiqishini bilish uchun saytimizdagi va ijtimoiy tarmoqlardagi yangiliklarni kuzatib boring.

Yangi Mac Studio qanday xususiyatlarga ega?

Yangi model ikki xil konfiguratsiyada taqdim etiladi. Boshlang‘ich versiyada 128 GB gacha birlashtirilgan xotira mavjud bo‘lib, uning o‘tkazuvchanligi 614 GB/s gacha yetadi. Yuqori unumdorlikka ega versiyada esa 512 GB gacha birlashtirilgan xotira mavjud bo‘lib, uning o‘tkazuvchanligi 1,2 TB/s gacha yetadi.

Mac Studio’da qaysi protsessor o‘rnatilgan?

Boshlang‘ich model M5 Max chipi bilan jihozlangan: unda 18 yadroli CPU va 40 tagacha GPU yadrosi mavjud. Yuqori konfiguratsiyada esa M5 Ultra chipi o‘rnatilgan bo‘lib, u 36 tagacha CPU yadrosi va 80 tagacha GPU yadrosiga ega.

Mac Studio Mac mini’dan nimasi bilan farq qiladi?

Mac Studio mahalliy sun’iy intellekt modellari, yuqori aniqlikdagi video va 3D grafika bilan ishlaydigan mutaxassislar uchun yaratilgan. Mac mini bilan aniq taqqoslash uchun muayyan konfiguratsiyalarning texnik xususiyatlarini hisobga olishni tavsiya qilamiz.

Nima uchun Mac Studio sotib olish kerak?

Bu kuchli kompyuter real vaqt rejimida grafik animatsiyalar bilan ishlash, 3D grafika va videolarni tahrirlash hamda dasturiy ta’minot yaratish uchun mos keladi. LLM modellarini bevosita qurilmaning o‘zida ishga tushirish va ular bilan ishlash mumkin.

Shuningdek o‘qing

Apple представила Mac mini с чипами M6 и M5 Pro: что в них нового?

Можно ли установить Windows на Mac в 2026 году: способы, ограничения и полезные советы

Фишки экосистемы Apple для учёбы: 12 полезных скрытых функций для студентов и школьников

Doimo xabardor bo‘ling!

Tarqatma xabarlarga obuna bo‘ling va do‘konning yangi aksiyalari va maxsus takliflari haqida birinchilardan bo‘lib bilib oling!

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan