Mundarija
Kuzgi taqdimotda Apple uchta yangilangan aqlli soatlar turkumini namoyish qildi: Apple Watch SE 3, Apple Watch Series 11 va Apple Watch Ultra 3. Ularning barchasi qudratli texnik asosga ega bo‘lib, asosiy funksiyalarni o‘zida saqlagan. Shunga qaramay, ular orasida sezilarli farqlar mavjud. Sizga mos qurilmani tanlash oson bo‘lishi uchun 2025-yilgi Apple Watch modellari bo‘yicha qulay taqqoslov tayyorladik.
Aqlli soatlarning umumiy xususiyatlari
2025-yilda taqdim etilgan barcha aqlli soatlar S10 chipida ishlaydi. U interfeysning tez ishlashini va dasturiy ta’minotning samarali bajarilishini ta’minlaydi. Qurilmalar kundalik faollikni kuzatadi, iPhone bilan uyg‘unlashadi, bildirishnomalarni ko‘rsatadi, qo‘l harakatlari orqali boshqarish mumkin va Apple Pay yordamida to‘lovni amalga oshirishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Apple Watch sport mashg‘ulotlari uchun ham keng qo‘llaniladi: sensorlar yurak urish tezligini, pulsni va sarflangan kaloriyalarni o‘lchaydi. watchOS 26 tizimi bilan uxlashni kuzatish imkoniyatlari yanada takomillashdi. Masalan, Sleep Score funksiyasi uyqu davomiyligi va fiziologik ko‘rsatkichlarni hisobga olib, umumiy baho beradi. 2025-yilgi Apple Watch’larning narxi esa asosan o‘ziga xos funksiyalariga qarab belgilanadi.
Apple Watch Ultra va Apple Watch Series modellari endilikda gipertoniya alomatlarini aniqlashga va shifokorga murojaat qilish zarurligi haqida ogohlantirishga qodir. Yangi imkoniyatlardan yana biri – Workout Buddy (trening bo‘yicha yordamchi). U mashg‘ulot vaqtida foydalanuvchini ruhlantirib turadi, buning uchun oldindan yig‘ilgan ma’lumotlarni tahlil qiladi. Biroq bu funksiyadan foydalanish uchun Apple Intelligence qo‘llab-quvvatlaydigan iPhone, Bluetooth quloqchinlar va qurilmaning asosiy tili sifatida ingliz tilini tanlash talab qilinadi.
Qaysi Apple Watchni tanlash kerak: modellar o‘rtasidagi farqlar
Tashqi ko‘rinishidan aqlli soatlar o‘lchami, korpus materiali va rang turlari bilan farq qiladi. Shuningdek, har bir turkumda displey yorqinligi, o‘ziga xos funksiyalari va batareya quvvati turlicha.
Apple Watch Ultra 3 – ekstremal sport uchun
Apple Watch Ultra 3ni sayohatlar va og‘ir sharoitlar uchun tanlashingiz mumkin. Bu eng yuqori darajadagi model faol dam olishga mo‘ljallangan: tog‘da velosiped uchish, piyoda sayohatlar, sho‘ng‘ish (100 metr chuqurlikkacha) va yuqori tezlikdagi sport turlari uchun qulay. Soat ikki chastotali GPS tizimi bilan jihozlangan. Shu sababli qurilma joylashuvni yanada aniq belgilaydi, bu esa ayniqsa murakkab relyefli yoki zich qurilishli hududlarda – tog‘lar, kanyonlar, o‘rmonlar va shaharlarda muhim. Shuningdek, soat 5G aloqa moduli bilan ta’minlangan.
Apple Watch Ultra 3da ilk bor sun’iy yo‘ldosh orqali SOS xizmati paydo bo‘ldi: favqulodda vaziyatlarda soat mobil operatorlardan mustaqil tarzda signal yubora oladi. Bu imkoniyat barcha mamlakatlarda mavjud emas, hozircha u AQSh, Kanada, Avstraliya va ayrim Yevropa davlatlarida ishlaydi – batafsil ma’lumotni qo‘llanmadan topish mumkin.
Mazkur model uzoq muddat zaryad ushlab turish uchun yaratilgan: odatiy yuklamada 42 soatgacha, energiyani tejash rejimida esa 72 soatgacha ishlaydi. 49 mm o‘lchamdagi ekran yorqinligi avvalgidek 3000 nit darajasida qoldi, ammo ushbu turkumda ilk bor keng burchakli ko‘rinish paydo bo‘ldi – ma’lumotni istalgan burchakdan tez ko‘rish mumkin.
Apple Watch Series 11: universal funksiyalarga ega model
Apple Watch Ultra 3 va Apple Watch Series 11ni solishtirganda, ikkinchi modelni ko‘p qirrali yuqori darajadagi soat deb atash mumkin. U sayr qilish, fitnes mashg‘ulotlari, sho‘ng‘ish yoki tog‘da dam olish uchun mos bo‘lib, asosiy imkoniyatlari bo‘yicha ixtisoslashgan turkumdan qolishmaydi. Apple Watch Series 11 quyidagi imkoniyatlarga ega:
- 5G uyali aloqani qo‘llab-quvvatlaydi;
- titan va alyuminiy korpuslarda yetti xil yangi rang turlari mavjud;
- standart rejimda 24 soatgacha mustaqil ishlash muddati;
- Ion-X oynasi tirnalishlarga bardoshliligi oshirilgan.
Ushbu turkum asosan sog‘liqni nazorat qilish uchun ishlatiladi: qurilma EKG o‘tkaza oladi, gipertoniya xavfi haqida ogohlantiradi, qondagi kislorod miqdorini tahlil qiladi. Mashg‘ulotlarni esa osonlik bilan shaxsiylashtirish mumkin. 42 yoki 46 mm o‘lchamdagi displeylar ma’lumotni qulay tarzda ko‘rsatadi.
Apple Watch SE 3: asosiy model xususiyatlari
Agar sizga oddiy, asosiy imkoniyatlarga ega soat kerak bo‘lsa, Apple Watch SE 3ni tanlashingiz mumkin – unda barcha muhim funksiyalar jamlangan. Qurilma jismoniy faollikni, uyqu bosqichlarini va bilak terisi haroratidagi o‘zgarishlarni kuzatadi. Soatni qo‘l harakatlari yoki Siri yordamida ham boshqarish mumkin.
Apple Watch SE 3 va Apple Watch Series 11 o‘rtasidagi asosiy farqlar o‘lcham, displey yorqinligi va ayrim sensorlarda namoyon bo‘ladi. Masalan, SE 3 qondagi kislorod darajasini kuzata olmaydi va chuqurlik o‘lchagichga ega emas. Shunga qaramay, unda Always-On displey, tezkor quvvatlash va 5Gni qo‘llaydigan uyali aloqa versiyasi mavjud.
Avvalgi avlod bilan solishtirganda, soat korpusi yanada mustahkamlangan, oynasi esa tirnalish va boshqa shikastlanishlarga qarshi to‘rt baravar bardoshli. Ekran ikki xil o‘lcham variantida taqdim etilgan: 44 yoki 40 mm.
Apple Watch SE 3 ko‘pincha bolalar uchun telefon o‘rnida tanlanadi: ularni ota-onaning iPhone’i orqali sozlash, alohida raqam biriktirish, funksiyalarga kirishni cheklash va joylashuvni nazorat qilish mumkin. Qurilma odatiy rejimda 18 soatgacha, energiya tejash rejimida esa 32 soatgacha ishlaydi.
Xulosa
Yangi modellardan qaysi birini “eng yaxshisi” deb ajratish qiyin – har biri turli vazifalarga mo‘ljallangan. Apple Watch Series 11 – ko‘p qirrali model bo‘lib, fitnes va turli mashg‘ulotlar uchun qulay. Apple Watch Ultra 3 – ekstremal sharoitlar, tog‘, o‘rmon yoki dengiz bo‘yidagi sayohatlar uchun ideal. Apple Watch SE 3 esa kundalik foydalanish va asosiy imkoniyatlar uchun yetarli.
iSpace saytida taqqoslash imkoniyati mavjud: modellarning farqlarini ko‘rib chiqib, aynan o‘zingizga mos aqlli soatni tanlashingiz mumkin. Qurilmani onlayn-do‘kon orqali buyurtma qilib, O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmatidan foydalanish yoki Toshkentdagi rasmiy do‘konimizga kelib, barcha imkoniyatlarini bevosita sinab ko‘rish mumkin. Agar savollaringiz qolsa, mutaxassislarimizga murojaat qiling.
Shuningdek o‘qing
5 ta gadjet: 2025-yilda maktab o‘quvchilari va talabalar uchun zarur bo‘lgan Apple texnikasi
Sport uchun eng yaxshi gadjetlar: mashg‘ulotlar uchun nimani tanlash kerak?
Tarqatma xabarlarga obuna bo‘ling va do‘konning yangi aksiyalari va maxsus takliflari haqida birinchilardan bo‘lib bilib oling!