Apple 2026-yil 9-sentabrda yangi AirPods 5 quloqchinlarini taqdim etdi. Yangi quloqchinlarning ikki xil varianti chiqarildi. Ikkalasida ham faol shovqinni kamaytirish funksiyasi mavjud. Quloqchinlarning tashqi ko‘rinishi deyarli o‘zgarmagan: ular avvalgidek silikon uchliklarga ega emas. Biroq yangi modellarning suv va terga chidamliligi oshirilgan. Quloqchinlar H2 chipi bilan jihozlangan. Ular ayrim tillarda Live Translation funksiyasidan foydalanish hamda bosh harakatlari orqali Siri’ga javob berish imkonini beradi.

Yangi quloqchinlar sportchilar, sayohatchilar va Apple qurilmalaridan muntazam foydalanadiganlar uchun mos keladi. Ularni O‘zbekistonda Apple Premium Reseller maqomiga ega iSpace do‘konidan xarid qilishingiz mumkin.

iSpace katalogidan o‘zingizga mos quloqchinlarni tanlang:

AirPods 5’ning texnik xususiyatlari

AirPods 5 silikon uchliklarsiz ishlab chiqarilgan bo‘lib, quloqqa qulay joylashadi. Ular quloq kanaliga chuqur kiradigan modellardan farqli ravishda quloqda bosim hissini keltirib chiqarmaydi. Quloq tuzilishiga mos shakli tufayli ularni uzoq vaqt davomida ham bemalol taqib yurish mumkin. AirPods 5’ning asosiy texnik xususiyatlari:

  • H2 chipi;
  • bir nechta akustik portga ega ovoz tizimi;
  • faol shovqinni kamaytirish funksiyasi (ANC);
  • uchta mikrofon – bitta ichki va ikkita yo‘naltirilgan mikrofon;
  • Bluetooth 5.3 orqali simsiz ulanish;
  • IP57 standarti bo‘yicha chang, ter va suvdan himoya.

Apple quloqchinlarning ikki xil variantini taqdim etdi: standart quvvatlash g‘ilofiga ega oddiy model va simsiz quvvatlash imkoniyatiga ega kengaytirilgan model. Ikkalasida ham ANC funksiyasi mavjud. Ular qo‘shimcha imkoniyatlari va quvvatlashsiz ishlash muddati bilan farqlanadi. Kengaytirilgan modelda ovoz balandligini boshqarishning yangi usuli ham mavjud: buning uchun quloqchin dastasi bo‘ylab barmog‘ingizni surishingiz kifoya.

AirPods 5 va AirPods 4’ni taqqoslash

AirPods 4’ni yangi modelga almashtirishga arziydimi? Agar Siz uchun ovoz sifati va faol shovqinni kamaytirish funksiyasi muhim bo‘lsa, yangi modelga o‘tish ma’qul bo‘lishi mumkin. Chunki 2026-yilda chiqarilgan AirPods tashqi shovqinlarni ancha samarali kamaytiradi. Natijada shovqinli joylarda musiqa tinglash yoki telefonda gaplashish yanada qulaylashadi.

Xususiyatlar  AirPods 5  AirPods 4 
Tashqi ko‘rinishi  Silikon uchliklarsiz quloqchinlar 
Bitta quloqchinning o‘lchami, mm  30,2 × 18,3 × 18,1 
Og‘irligi, g  4,3 
Suv, ter va changdan himoya  IP57  IP54 
Ovoz sifati  Yangi akustik tizim va takomillashtirilgan Adaptive EQ texnologiyasi. Ovoz yanada boy va tiniq eshitiladi, uning eng nozik jihatlari ham aniqroq seziladi.  Fazoviy ovoz texnologiyasi va ovozni tinglash sharoitiga qarab avtomatik sozlash. 
Shovqinni kamaytirish  Har ikkala modelda mavjud. ANC funksiyasiga ega AirPods 4’ga nisbatan tashqi shovqinlarni 50% ko‘proq kamaytiradi.  Faqat kengaytirilgan modelda mavjud. 
Ishlash muddati, soat  Standart g‘ilofli model: 

  • ANC yoqilganda 4 soatgacha; 
  • ANC o‘chirilganda 6 soatgacha; 
  • ANC yoqilgan holatda quvvatlash g‘ilofi bilan jami 20 soatgacha. 

Simsiz quvvatlashni qo‘llab-quvvatlaydigan model: 

  • ANC yoqilganda 5 soatgacha; 
  • ANC o‘chirilganda 7 soatgacha; 
  • ANC yoqilgan holatda quvvatlash g‘ilofi bilan jami 22 soatgacha. 
Standart model: 

  • bir marta quvvatlanganda 5 soatgacha; 
  • quvvatlash g‘ilofi bilan jami 30 soatgacha. 

ANC funksiyali model: 

  • ANC yoqilganda 4 soatgacha; 
  • ANC o‘chirilganda 5 soatgacha; 
  • ANC yoqilgan holatda quvvatlash g‘ilofi bilan jami 20 soatgacha. 
Quvvatlash  Oddiy g‘ilof USB-C orqali quvvatlanadi. 

Simsiz quvvatlash imkoniyatiga ega g‘ilofni Apple Watch quvvatlagichi yoki Qi standartidagi simsiz quvvatlagich yordamida quvvatlash mumkin. 

Quloqchinlarni atigi 5 daqiqa quvvatlash orqali 1 soat davomida audio tinglashingiz mumkin. 

Har ikkala model USB-C orqali quvvatlanadi. 

ANC funksiyali modelda simsiz quvvatlash imkoniyati ham mavjud. 

Quloqchinlarni atigi 5 daqiqa quvvatlash orqali 1 soat davomida audio tinglashingiz mumkin. 

Mikrofonlar  Tashqi shovqinlarni kamaytirib, ovozni aniq uzatish. 

Studiya darajasida ovoz yozish. 

Tashqi shovqinlarni kamaytirib, ovozni aniq uzatish. 
Qo‘shimcha imkoniyatlar  Shaxsiylashtirilgan fazoviy audio texnologiyasi. 

Siri Interactions (boshni qimirlatish yoki chayqash orqali Siri’ga javob berish). 

Conversation Awareness (Siz gapira boshlaganingizda musiqa yoki boshqa audioyozuvning ovozi avtomatik ravishda pasayadi). 

Live Translation (o‘zbek tili qo‘llab-quvvatlanmaydi). 

Simsiz quvvatlash imkoniyatiga ega modelning g‘ilofida uni Find My («Lokator») funksiyasi orqali topishga yordam beradigan karnay mavjud. Shuningdek, quloqchin dastasi bo‘ylab barmoqni surish orqali ovoz balandligini sozlash mumkin. 

Shaxsiylashtirilgan fazoviy audio texnologiyasi. 

Siri Interactions. 

ANC funksiyali modelning g‘ilofida uni Find My («Lokator») funksiyasi orqali topishga yordam beradigan karnay mavjud. Ushbu modelda Conversation Awareness va Live Translation funksiyalari ham mavjud. 

Live Translation va Siri’ning sun’iy intellektga asoslangan funksiyalaridan foydalanish imkoniyati quloqchinlar qaysi qurilmaga ulanganiga bog‘liq. Bu funksiyalardan to‘liq foydalanish uchun Apple Intelligence texnologiyasini qo‘llab-quvvatlaydigan iPhone (iPhone 15 Pro yoki undan yangi model), iOS’ning amaldagi versiyasi hamda qo‘llab-quvvatlanadigan tillardan biri talab etiladi.

2026-yilgi yangi AirPods kimlar uchun mos?

AirPods 5 kundalik foydalanish uchun juda qulay. Ular quloqqa yaxshi joylashadi, yengil va ixcham. Quloqchinlar yordamida musiqa tinglashingiz, filmlar tomosha qilishingiz, sport bilan shug‘ullanishingiz va telefonda gaplashishingiz mumkin. AirPods 5 quyidagilar uchun ayniqsa qulay:

  1. Sport bilan shug‘ullanadigan va faol turmush tarzini olib boradiganlar uchun. IP57 darajasidagi himoya tufayli quloqchinlardan jadal mashg‘ulotlar paytida yoki noqulay ob-havoda sayr qilayotganda foydalanish mumkin.
  2. Tez-tez sayohat qiladiganlar uchun. Takomillashtirilgan shovqinni kamaytirish funksiyasi samolyot yoki poyezdda atrofdagi shovqinlarga kamroq chalg‘ishga yordam beradi. «Shaffoflik» rejimi esa quloqchinlarni yechmasdan atrofdagi tovushlarni bemalol eshitish imkonini beradi.
  3. Kundalik foydalanish uchun qulay quloqchin izlayotganlar uchun. 2026-yilgi AirPods yengil va ixcham bo‘lib, silikon uchliklarga ega emas. Shu sababli ular quloq kanaliga kiradigan modellar kabi quloqqa zich o‘rnashmaydi, katta quloqchinlar singari quloqni butunlay yopib ham turmaydi.

Yangi model uchta mikrofon – bitta ichki va ikkita yo‘naltirilgan mikrofon bilan jihozlangani sababli telefonda gaplashish uchun ham juda qulay. Voice Isolation funksiyasi atrofdagi shovqinlarni kamaytiradi va suhbatdoshingiz ovozingizni aniq hamda ravshan eshitishiga yordam beradi. Bu, ayniqsa, shovqinli qahvaxonada yoki qo‘shni xonada ta’mirlash ishlari olib borilayotgan uyda onlayn uchrashuvda qatnashayotganingizda juda qo‘l keladi. Agar Siz uchun quloqchinlarning bir marta quvvatlanganda uzoq vaqt ishlashi muhim bo‘lsa, simsiz quvvatlash imkoniyatiga ega kengaytirilgan modelni tanlang.

AirPods 5’ni qayerdan sotib olish mumkin?

Yangi Apple quloqchinlariga O‘zbekistonda Apple Premium Reseller maqomiga ega iSpace do‘konida buyurtma berishingiz mumkin. Do‘konimizda faqat asl va rasmiy kafolatga ega qurilmalar sotiladi.

Quloqchinlarga onlayn buyurtma berib, kuryer orqali yetkazib berish xizmatidan foydalanishingiz mumkin. Xarid qilishdan oldin quloqchinlarni o‘zingiz sinab ko‘rmoqchi bo‘lsangiz, Toshkent markazidagi do‘konimizga tashrif buyuring. Xaridni yanada qulay va foydali qilish uchun Trade In dasturi hamda bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalaning. Maxsus takliflardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish uchun hamjamiyatimizga qo‘shiling.

 

Посмотреть эту публикацию в Instagram

 

Публикация от iSpace – Apple Premium Partner (@ispace.uzbekistan)

FAQ

AirPods 5 qachon taqdim etilgan?

Yangi model 2026-yil 9-sentabrda taqdim etilgan. Quloqchinlar shu yilning kuzidayoq O‘zbekistonda sotuvga chiqarilgan.

Yangi AirPods qancha turadi?

Yangi AirPods narxi tanlangan modelga bog‘liq bo‘lib, 1 999 000 so‘mdan boshlanadi. Amaldagi narxlarni ispace.uz saytidan bilib olishingiz mumkin.

AirPods 5’da qanday yangiliklar bor?

2026-yilgi AirPods’ning har ikkala modeli takomillashtirilgan faol shovqinni kamaytirish funksiyasi, yangi avlod Adaptive EQ texnologiyasi va bir nechta akustik portga ega yangi ovoz tizimi bilan jihozlangan. Kengaytirilgan modelda quloqchin dastasi bo‘ylab barmoqni surish orqali ovoz balandligini boshqarish imkoniyati ham mavjud.

AirPods 5 AirPods 4’dan nimasi bilan farq qiladi?

AirPods 5’ning har ikkala modelida ham faol shovqinni kamaytirish funksiyasi mavjud. Oldingi avlod quloqchinlarida esa bu imkoniyat faqat bitta modelda bo‘lgan. Shuningdek, suv, ter va changdan himoya darajasi yaxshilanib, IP57 standartiga yetkazilgan.

Yangi Apple quloqchinlari bir marta quvvatlanganda qancha vaqt ishlaydi?

Quloqchinlarning ishlash muddati tanlangan model va shovqinni kamaytirish rejimiga bog‘liq. Oddiy modelda ANC yoqilganda 4 soatgacha, o‘chirilganda esa 6 soatgacha audio tinglash mumkin. ANC yoqilgan holatda quvvatlash g‘ilofi bilan jami tinglash muddati 20 soatgacha yetadi.

Kengaytirilgan modelda esa ANC yoqilganda 5 soatgacha, o‘chirilganda 7 soatgacha musiqa tinglash mumkin. ANC yoqilgan holatda quvvatlash g‘ilofi bilan jami tinglash muddati 22 soatgacha yetadi.

Shuningdek o‘qing

iPhone Duo: birinchi buklanadigan iPhone xususiyatlari

Apple Watch Series 12: yangi Apple aqlli soatining xususiyatlari

Apple Watch Ultra 4: chiqish sanasi, xususiyatlari va asosiy yangiliklar

Doimo xabardor bo‘ling!

Tarqatma xabarlarga obuna bo‘ling va do‘konning yangi aksiyalari va maxsus takliflari haqida birinchilardan bo‘lib bilib oling!

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan