Mundarija
- 1 Apple Watch Series 12 qachon taqdim etildi?
- 2
- 3 Watch Series 12 dizayni va displeyi
- 4 Chip va batareyaning ishlash muddati
- 5
- 6 Salomatlikni kuzatish funksiyalari va yangi sensorlar
- 7
- 8 Apple Watch Series 12 bilan fitnes va mashg‘ulotlar
- 9 Aloqa va moslik
- 10 Yangi Apple Watch 12’ni qayerdan sotib olish mumkin?
- 11 FAQ
Apple Watch Series 12 aqlli soati S11 chipi asosida ishlaydi va yangi Health Sensing System bilan jihozlangan. Endi soat yurak urish tezligini har besh soniyada, yurak urish ritmining o‘zgaruvchanligini esa Series 11 modeliga qaraganda 24 baravargacha tez-tez o‘lchaydi. Readiness funksiyasi orqali organizmingiz jismoniy faollikka qay darajada tayyor ekanini ko‘rsatuvchi 0 dan 10 gacha bo‘lgan bahoni ko‘rishingiz mumkin. Yana bir muhim yangilik sun’iy intellekt bilan bog‘liq: soat Audio Intelligence funksiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi va atrofdagi tovushlarni taniy oladi.
Apple Watch Series 12 qachon taqdim etildi?
Apple aqlli soatlarining 12-avlodini 2026-yil 9-sentabrda taqdim etdi. Apple Watch Series 12’ning O‘zbekistonda sotuvga chiqish sanasi saytimizda e’lon qilinadi. Sotuvlar qachon boshlanishini birinchilardan bo‘lib bilish uchun ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimizga obuna bo‘ling va iSpace Community’ga qo‘shiling – u yerda sizni qiziqarli yangiliklar va eksklyuziv takliflar kutadi.
Watch Series 12 dizayni va displeyi
Tashqi ko‘rinishiga ko‘ra, 12-avlod Apple Watch avvalgi seriyaga o‘xshaydi. Korpus o‘lchamlari o‘zgarmagan – 42 va 46 mm. Korpus materiallari qatoriga esa yangi variant – keramika qo‘shilgan.
| Korpus materiali | Mavjud ranglar |
| Keramika | Pearl White |
| Night Blue | |
| Alyuminiy | Dark Bronze |
| Light Gold | |
| Black | |
| Space Gray | |
| Titan | Radiant Gold |
| Natural |
Soat keng ko‘rish burchagiga ega Always-On Retina OLED displey bilan jihozlangan. Ekran yorqinligi 1 dan 2000 nitgacha o‘zgaradi: qorong‘ida ekran ko‘zni qamashtirmaydi, quyoshli kunda esa undagi ma’lumotlarni bemalol o‘qish mumkin. Alyuminiy modellarda Ion-X oynasi o‘rniga Ceramic Shield 2 qo‘llanadi, titan va keramika modellar esa sapfir oynasi bilan himoyalangan. Shu sababli ekranning tasodifan shikastlanish ehtimoli yanada kamaygan.
Chip va batareyaning ishlash muddati
Yangi Apple Watch Series 12 S11 chipi asosida ishlaydi. Yangi chip tufayli soatning imkoniyatlari yanada kengaygan. Masalan, ushbu avlodda Audio Intelligence funksiyalari paydo bo‘lgan.
| Funksiya | Nima qiladi? | Qachon foydali? | O‘zbekistonda mavjudligi |
| Sound Recognition | Atrofdagi tovushlarni, jumladan, sirena, eshik qo‘ng‘irog‘i, chaqaloq yig‘isi va it hurishini taniydi hamda sizga bildirishnoma yuboradi | Eshitish qobiliyati cheklangan insonlarga yordam beradi. Shovqinni kamaytiruvchi quloqchinlardan foydalanayotganingizda ham foydali | Mavjud |
| Shazam | Qo‘shiqni avtomatik aniqlaydi va uning nomini soat ekranida ko‘rsatadi | Qo‘shiq nomini har safar alohida qidirishga hojat qolmaydi – qo‘shiq avtomatik aniqlanib, Smart Stack’da ko‘rsatiladi | – |
| Live Rewind | So‘nggi 15 soniya ichida aytilgan gaplarni matn ko‘rinishida ko‘rsatadi | Biror gapni eshitmay qolgan bo‘lsangiz va qayta so‘rashni istamasangiz, ekrandagi matnni ko‘rishingiz mumkin | 2026-yil oxirigacha taqdim etilishi kutilmoqda, biroq dastlab faqat ingliz tilida ishlashi rejalashtirilgan |
| Siri Recap | Suhbatdagi asosiy fikrlarni ajratib, qisqa qaydlar tayyorlaydi | Ish uchrashuvidagi kelishuvlarni yoki shifokor bilan suhbat tafsilotlarini eslab qolishga yordam beradi | – |
Apple Watch Series 12 batareyasining ishlash muddati avvalgi avlodga nisbatan deyarli o‘zgarmagan: soat odatiy foydalanishda 24 soatgacha, energiya tejash rejimida esa 38 soatgacha ishlaydi. Ochiq havodagi mashg‘ulotlarda esa ishlash muddati uzaygan – 10 soatgacha, avvalgi avlodda bu ko‘rsatkich 8 soatgacha edi. 15 daqiqalik tezkor quvvatlash qurilmadan odatiy rejimda yana 12 soatgacha foydalanish imkonini beradi, 5 daqiqalik quvvatlash esa uyquni 10 soat davomida kuzatish uchun yetarli.
Salomatlikni kuzatish funksiyalari va yangi sensorlar
Aqlli soatdagi asosiy yangiliklardan biri Health Sensing System bilan bog‘liq. Apple yurak urish tezligini o‘lchaydigan optik va elektr sensorlarni yangiladi. Endi soat ikkita ko‘rsatkichni tez-tez o‘lchaydi:
- puls – kun davomida har besh soniyada;
- yurak urish ritmining o‘zgaruvchanligi (HRV) – har besh daqiqada bir marta, ya’ni Series 11’ga qaraganda 24 baravargacha tez-tez.
Yangi Readiness funksiyasi organizmingiz navbatdagi mashg‘ulotga qay darajada tayyor ekanini osonroq aniqlashga yordam beradi. Funksiya so‘nggi jismoniy faolligingiz, fiziologik ko‘rsatkichlaringiz va uyqu sifatini tahlil qiladi hamda natijani 0 dan 10 gacha bo‘lgan baho ko‘rinishida aks ettiradi. Og‘ir mashg‘ulotdan yoki sifatsiz uyqudan keyin baho pasayadi, yaxshi dam olganingizdan so‘ng esa ko‘tariladi.
Apple Watch Series 12’ning ayrim imkoniyatlari o‘zgarmagan. Qurilma EKG, qondagi kislorod miqdorini o‘lchash va uyquni kuzatish funksiyalarini, shuningdek, yurak urish tezligining me’yordan yuqori yoki pastligi, uyqu apnoesi hamda gipertenziya alomatlari haqidagi bildirishnomalarni qo‘llab-quvvatlaydi. Soat salomatligingiz haqida ko‘proq ma’lumot olishga yordam beradigan shaxsiy yordamchiga aylanadi: u salomatlik ko‘rsatkichlaringizni kuzatadi, tavsiyalar beradi va organizmingiz holatini yaxshiroq tushunishingizga yordam beradi.
Apple 2026-yil oxirida iPhone’dagi «Salomatlik» ilovasini yangilashni rejalashtirmoqda. Longevity bo‘limidagi Health Age funksiyasi ayrim ko‘rsatkichlaringiz xronologik yoshingizga qay darajada mos kelishini ko‘rsatadi. Agar bu ko‘rsatkich bilan pasportdagi yoshingiz o‘rtasida katta farq bo‘lsa, bu salomatligingizga jiddiyroq e’tibor qaratish vaqti kelganidan darak berishi mumkin. For You bo‘limida esa sizga moslashtirilgan tavsiyalar taqdim etiladi. Ilovadan mos operatsion tizim o‘rnatilgan va Apple Intelligence’ni qo‘llab-quvvatlaydigan iPhone’da foydalanish mumkin.
Apple Watch Series 12 bilan fitnes va mashg‘ulotlar
Apple yopiq joyda yurganingiz yoki yugurganingizda qadamlar soni va bosib o‘tilgan masofani hisoblash algoritmlarini yangiladi. Steps kengaytmasi yordamida qadamlar sonini bevosita soat ekranida ko‘rishingiz mumkin.
Workout Buddy endi smartfonga bog‘liq emas. Ushbu fitnes yordamchisi mashg‘ulot vaqtida sizga real vaqt rejimida tavsiyalar beradi, biroq hozircha faqat ingliz va ispan tillarida ishlaydi.
Aloqa va moslik
2026-yilda taqdim etilgan barcha yangi Apple Watch modellari Wi-Fi 4 va Bluetooth 5.3 standartlarini qo‘llab-quvvatlaydi. Soat ikki xil konfiguratsiyada taqdim etiladi: GPS va GPS + Cellular.
Qurilma watchOS 27 operatsion tizimida ishlaydi. Uni birinchi marta sozlash uchun iOS 27 o‘rnatilgan iPhone’ga ulash kerak. Ushbu operatsion tizim iPhone 11 va undan yangi modellarda qo‘llab-quvvatlanadi.
Yangi Apple Watch 12’ni qayerdan sotib olish mumkin?
Apple Watch Series 12’ni O‘zbekistondagi iSpace’dan xarid qilishingiz mumkin. Bizda faqat ishlab chiqaruvchining rasmiy kafolati bilan taqdim etiladigan original qurilmalar mavjud.
Buyurtmani onlayn rasmiylashtirib, uyingizgacha yetkazib berishni tanlashingiz yoki Toshkent markazidagi do‘konimizga tashrif buyurishingiz mumkin. Har qanday holatda ham mutaxassislarimiz sizga mos modelni tanlashda yordam beradi. Xaridni yanada qulay qilish uchun bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalaning yoki eski qurilmangizni Trade In dasturi orqali yangisiga almashtiring.
9-sentabrdagi taqdimotda Apple Watch Ultra 4 ham namoyish etildi – ushbu model haqida blogimizdagi alohida maqolada o‘qishingiz mumkin.
FAQ
Apple Watch Series 12’da qanday yangiliklar bor?
Yangi sensorlar tizimi puls va HRV’ni tez-tez o‘lchaydi, Readiness esa organizmning jismoniy faollikka tayyorligini baholaydi. Shuningdek, soat S11 chipi va Audio Intelligence funksiyalariga ega. Modellar qatoriga keramika korpusli versiya qo‘shilgan, ranglar palitrasi ham yangilangan.
Yangi Apple Watch 12’ni qayerdan sotib olish mumkin?
O‘zbekistonda soatni iSpace’dan xarid qilishingiz mumkin. Kerakli o‘lcham, rang va aloqa konfiguratsiyasi mavjudligini ispace.uz saytida tekshirishingiz mumkin.
Yangi Apple Watch Series 12’da salomatlikni kuzatish uchun qanday funksiyalar qo‘shilgan?
Series 12 puls va HRV’ni aniqroq hamda tez-tez o‘lchaydi, Readiness esa organizmning jismoniy faollikka tayyorligini baholaydi. Keyinroq iPhone’dagi yangilangan «Salomatlik» ilovasi ushbu va boshqa ko‘rsatkichlarni batafsilroq tahlil qilishga yordam beradi.
Apple Watch Series 12 bir marta quvvatlanganda qancha ishlaydi?
Batareya odatiy foydalanishda 24 soatgacha, energiya tejash rejimida esa 38 soatgacha ishlaydi. Aniq ishlash muddati foydalanish intensivligi va sozlamalarga bog‘liq.
Apple Watch Ultra 4: chiqish sanasi, xususiyatlari va asosiy yangiliklar
iPhone 18 Pro: sotuvga chiqish sanasi, xususiyatlari va Apple’ning yangi flagmanidagi asosiy o‘zgarishlar
Mac mini 2026 sharhi: Apple’ning yangi ixcham kompyuteri taqdimot sanasi va xususiyatlari
Tarqatma xabarlarga obuna bo‘ling va do‘konning yangi aksiyalari va maxsus takliflari haqida birinchilardan bo‘lib bilib oling!

