Apple’ning kuzgi taqdimoti 9-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Onlayn translyatsiya davomida A20 Pro chipi va sozlanadigan diafragmali asosiy kamera bilan jihozlangan yangi flagman smartfonlar namoyish etildi. Series 12 va Ultra 4 aqlli soatlarida Health Sensing System sensori yangilandi, shuningdek, organizmning jismoniy yuklamaga tayyorligini baholashga yordam beradigan yangi Readiness ko‘rsatkichi paydo bo‘ldi. Simsiz AirPods 5 quloqchinlari endi shovqinni avvalgi avlodga qaraganda 50% samaraliroq bostiradi va ikki xil versiyada taqdim etiladi.

Taqdimotning eng katta yangiligi esa Apple’ning ilk buklanadigan smartfoni – iPhone Duo bo‘ldi. U ikkita displeyga ega: tashqi ekran diagonali 5,4 dyuym, ichki buklanadigan ekran diagonali esa 7,6 dyuym. Ushbu materialda Apple’ning 2026-yilgi taqdimotidagi asosiy yangiliklarni jamladik.

Apple 2026 taqdimoti qanday o‘tdi va kompaniya nimalarni namoyish etdi?

Apple’ning kuzgi taqdimoti Surprise and Shine deb nomlandi. Tadbirni kompaniyaning yangi bosh direktori Jon Ternus ilk bor olib bordi. Apple quyidagi yangiliklarni namoyish etdi:

  • iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max;
  • ilk buklanadigan iPhone Duo;
  • Apple Watch Series 12;
  • sport bilan shug‘ullanish uchun mo‘ljallangan Apple Watch Ultra 4;
  • ikki xil versiyadagi AirPods 5;
  • salomatlik va mashg‘ulotlarni kuzatishga mo‘ljallangan yangi funksiyalar.

Yangi operatsion tizimlar va Siri AI bilan yozda o‘tkazilgan WWDC 2026 taqdimotidayoq tanishgan edik. Bu safar esa ularning yangi qurilmalarda qanday ishlashi ko‘rsatib berildi. Aytgancha, operatsion tizimlarning rasmiy versiyalari 14-sentabr kuni chiqarildi – ularni hozirdanoq o‘rnatishingiz mumkin.

Apple 9-sentabr kuni qanday qurilmalarni taqdim etdi?

Tadbirda smartfonlar, quloqchinlar va aqlli soatlarning yangi avlodlari namoyish etildi. Asosiy o‘zgarishlar unumdorlik, energiya samaradorligi va avtonom ishlash vaqtiga taalluqli bo‘ldi.

Qurilma turi Model nomi Asosiy xususiyatlari
iPhone iPhone 18 Pro ●      6,3 dyuymli displey

●      A20 Pro chipi

●      Kattalashtirilgan bug‘ kamerasi

●      Kichraytirilgan Dynamic Island va bir vaqtning o‘zida uchtagacha Live Activities

●      36 soatgacha avtonom ishlash

●      48 MPli uchta kamera

●      Yanada professional suratga olish imkonini beruvchi asosiy kameradagi mexanik diafragma

iPhone iPhone 18 Pro Max ●      6,9 dyuymli displey

●      45 soatgacha avtonom ishlash

●      iPhone 18 Pro’dagi boshqa asosiy xususiyatlar

iPhone iPhone Duo ●      Tashqi displey – 5,4 dyuym

●      Ichki displey – 7,6 dyuym

●      A20 Pro protsessori

●      Ikkita batareya

●      Face ID o‘rniga Touch ID

●      Ichki ekrandan foydalanilganda 31 soatgacha, tashqi ekrandan foydalanilganda esa 44 soatgacha avtonom ishlash

Apple Watch Apple Watch Series 12 ●      S11 chipi

●      Yangilangan Health Sensing System sensori

●      Jismoniy yuklamaga tayyorlikni baholovchi yangi Readiness ko‘rsatkichi

●      Audio Intelligence yordamida atrofdagi tovushlarni aniqlash

●      Titan, alyuminiy va keramikadan tayyorlangan korpus variantlari

●      24 soatgacha avtonom ishlash

Apple Watch Apple Watch Ultra 4 ●      Sur’at, qadamlar tezligi va mashg‘ulot yuklamasi bo‘yicha kengaytirilgan ko‘rsatkichlar

●      50 soatgacha avtonom ishlash

●      Series 12’dagi asosiy funksiyalar

AirPods AirPods 5 ●      Asosiy versiya – ANC yoqilganida 4 soatgacha, g‘ilof bilan esa 20 soatgacha avtonom ishlash

●      Kengaytirilgan versiya (simsiz quvvatlash g‘ilofi bilan) – ANC yoqilganida 5 soatgacha, g‘ilof bilan esa 22 soatgacha avtonom ishlash

●      Kengaytirilgan versiyada quloqchin dastasi bo‘ylab barmoqni surish orqali boshqarish

●      Yaxshilangan shovqinni bostirish – oldingi avlodga qaraganda 50% samaraliroq

●      Siri AI’ni qo‘llab-quvvatlash

Yangi Apple qurilmalari brendga xos tanish dizaynni saqlab qolgan, biroq bu yil ranglar qatori yangi tuslar bilan boyidi. Keramik korpusli aqlli soatlar Pearl White va Night Blue ranglarida taqdim etiladi. Flagman iPhone modellari esa odatiy Black va Silver ranglaridan tashqari Burgundy va Glacier ranglarida ham mavjud. iPhone Duo ikki xil rangda chiqariladi: Star White va Night Sky.

Apple Intelligence va Apple ekotizimining yangi imkoniyatlari

Apple 2026 taqdimoti sun’iy intellekt mavzusi bilan boshlandi – Apple ekotizimida AI’dan tobora kengroq foydalanilmoqda. Asosiy yangiliklardan biri Siri AI bo‘ldi: yordamchi foydalanuvchiga oid ma’lumotlarni hisobga oladi va ekranda ko‘rsatilayotgan ma’lumotlarni tushuna oladi. Masalan, messenjer orqali sizga poyezd chiptalari yuborilsa, Siri safar tafsilotlarini aniqlab, ularni taqvimga qo‘shishni taklif qilishi mumkin. Dastlab AI funksiyalari faqat ingliz tilida ishlaydi, biroq yaqin orada qo‘llab-quvvatlanadigan tillar ro‘yxatini kengaytirish rejalashtirilgan. Hozircha o‘zbek tili qo‘llab-quvvatlanmasligini inobatga oling.

Siri AI’ni AirPods orqali quloqchinlarga qo‘l tekkizmasdan boshqarish mumkin: ayrim savollarga bosh ishoralari bilan javob berish kifoya. Quloqchinlar 2025-yilda iOS 26 bilan birga taqdim etilgan Live Translation funksiyasini ham qo‘llab-quvvatlaydi. Kerakli tillar tanlangach, AirPods suhbatdoshingiz nutqining tarjimasini deyarli kechikishsiz eshittiradi. Bu sayohat paytida yoki ish jarayonida xorijliklar bilan muloqot qilishni ancha osonlashtiradi.

Aqlli soatlar S11 chipi tufayli alohida AI funksiyalariga ega bo‘ldi. Audio Intelligence atrofdagi tovushlarni taniydi va muhim tovush aniqlansa, soat ekranida bildirishnoma chiqaradi. Bu faol shovqinni bostirish funksiyasi yoqilgan quloqchinlardan foydalanayotganingizda yong‘in signalini, eshik taqillashini yoki bolaning yig‘isini o‘tkazib yubormaslikka yordam beradi. Ushbu funksiya eshitish qobiliyati pasaygan insonlar uchun ham foydali bo‘lishi mumkin.

Live Rewind suhbatning so‘nggi 15 soniyasini matn ko‘rinishida saqlab qoladi: agar biror gapni yaxshi eshitmay qolsangiz yoki diqqatingiz chalg‘isa, uni ekranda tezda qayta ko‘rishingiz mumkin. Ish uchrashuviga ketayotganingizda esa Siri Recap funksiyasini yoqing – u asosiy fikrlarni qisqacha jamlab, qaydlaringizga saqlab qo‘yadi.

Yil oxiriga yaqin «Salomatlik» ilovasining yangilangan versiyasi ham chiqadi. AI to‘plangan ko‘rsatkichlarni tahlil qilib, ularni tushunarli xulosalar ko‘rinishida taqdim etadi. Insights bo‘limida uyqu, yurak faoliyati, jismoniy faollik, hayz sikli va jismoniy yuklamaga tayyorlik haqidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi. For You bo‘limi esa, masalan, uyqu rejimini qanday yaxshilash bo‘yicha shaxsiy tavsiyalar beradi. Salomatlikdagi uzoq muddatli o‘zgarishlar Longevity bo‘limida aks ettiriladi. Health Age funksiyasi yordamida esa fiziologik ko‘rsatkichlaringizga ko‘ra organizmingizning biologik yoshi nechaga teng ekanini bilib olishingiz mumkin.

Yangi Apple qurilmalari qachon sotuvga chiqadi?

Yangi qurilmalarning O‘zbekistonda rasmiy sotuvga chiqish sanalari hozircha e’lon qilinmagan. Taqdimotda ma’lum qilinganidek, iPhone Duo boshqa qurilmalarga qaraganda kechroq sotuvga chiqariladi. Oldindan buyurtmalar boshlanishi haqida saytimiz va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz orqali xabar beramiz – yangi Apple qurilmalariga birinchilardan bo‘lib buyurtma berish uchun bizni kuzatib boring.

Apple Premium Reseller maqomiga ega iSpace’da original Apple qurilmalarini rasmiy kafolat bilan xarid qilishingiz mumkin. Zarur hollarda vakolatli servis markazlari xizmatlaridan ham foydalanishingiz mumkin. Xaridni yanada qulay qilish uchun muddatli to‘lov va Trade In xizmatlari mavjud. Buyurtmani Tashkent City Mall’dagi do‘konimizda rasmiylashtirishingiz yoki uyga yetkazib berish xizmati orqali onlayn buyurtma berishingiz mumkin. Savollaringiz bo‘lsa, mutaxassislarimizga murojaat qiling – ular sizga kerakli ma’lumotlarni taqdim etadi.

Apple taqdimoti iSpace’da qanday o‘tganini qisqa videoda tomosha qiling. Kelgusida bunday tadbirlarni o‘tkazib yubormaslik uchun esa iSpace Community’ga qo‘shiling.

FAQ

Apple sentabr oyida qanday qurilmalarni taqdim etdi?

2026-yil sentabr oyida Apple iPhone 18 Pro va iPhone 18 Pro Max, ilk buklanadigan iPhone Duo, Apple Watch Series 12 va Apple Watch Ultra 4 hamda AirPods 5’ning ikki versiyasini taqdim etdi. Yangi qurilmalar yanada unumdor chiplar, takomillashtirilgan kameralar va uzoqroq avtonom ishlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Apple’ning yillik taqdimoti qachon bo‘lib o‘tdi?

Apple’ning Surprise and Shine nomli yirik taqdimoti 2026-yil 9-sentabr kuni bo‘lib o‘tdi. Translyatsiya Apple Park’dan olib borildi va uni butun dunyo bo‘ylab millionlab tomoshabinlar onlayn kuzatdi.

Yangi Apple modellarini qachon sotib olish mumkin bo‘ladi?

O‘zbekistonda qurilmalarning rasmiy sotuvi qachon boshlanishi haqidagi ma’lumot ispace.uz saytida e’lon qilinadi. Oldindan buyurtmalar boshlanishi haqidagi yangiliklarni iSpace sayti va ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali kuzatib borishingiz mumkin.

Apple konferensiyasi qanday o‘tdi?

Apple smartfonlar, aqlli soatlar va simsiz quloqchinlarning yangi avlodlarini namoyish etdi. Kompaniya ilk bor buklanadigan iPhone Duo’ni taqdim etdi. Taqdimotdagi yangiliklarning katta qismi sun’iy intellekt va salomatlikni kuzatish funksiyalariga bag‘ishlandi.

Shuningdek o‘qing

Фишки экосистемы Apple для учёбы: 12 полезных скрытых функций для студентов и школьников

Mac Studio 2026: дата выхода, характеристики и обзор нового профессионального компьютера Apple

Как найти Apple Watch с помощью iPhone: инструкция для любого случая

Doimo xabardor bo‘ling!

Tarqatma xabarlarga obuna bo‘ling va do‘konning yangi aksiyalari va maxsus takliflari haqida birinchilardan bo‘lib bilib oling!

 

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy maydonlar * bilan belgilangan