Mundarija
15-oktabr kuni Apple yangi M5 chipini rasman e’lon qildi – bu kompaniyaning protsessor texnologiyalaridagi katta qadamidir. U unumdorlikni sezilarli darajada oshiradi va sun’iy intellekt vazifalarini yanada tez bajaradi. Yangi M5 chipi MacBook Pro va iPad Pro modellari uchun asos bo‘lib xizmat qiladi – endi ularning afzalliklarini ko‘rib chiqamiz.
M5 chipining asosiy xususiyatlari
Yangi chip – bu shunchaki yangilanish emas, balki texnologik rivojlanishdagi yangi bosqichdir. U 3 nanometrlik texnologik jarayon asosida ishlab chiqilgan va energiyani tejash uchun takomillashtirilgan. M5’dagi sun’iy intellektni qayta ishlash quvvati M4’ga nisbatan 3,5 baravar oshgan. Protsessor har bir yadrosida neyron tezlatkich o‘rnatilgan yangi avlod GPU, kuchliroq CPU, tezlashtirilgan neyron tizim va xotira o‘tkazuvchanligi oshirilgan versiya bilan jihozlangan.
Komponent | Xususiyat | Nima uchun bu muhim |
CPU | 10 yadro (6 ta energiya tejamkor, 4 ta yuqori unumdor yadro) | Ko‘p oqimli ishlash unumdorligi M4’ga nisbatan 20% yuqori |
GPU | 10 yadro, har biri neyron tezlatkich bilan | 3-avlod nurlarni kuzatish texnologiyasi. Grafik unumdorlik M4’dan 30% yuqori, ray tracing texnologiyasidan foydalanuvchi dasturlarda tezlik 45% gacha oshgan |
Neural Engine | 16 yadro. Protsessorlardagi neyron tezlatkichlarni to‘ldiradi. | Katta til modellarini (LLM) va sun’iy intellekt funksiyalarini sezilarli darajada tezlashtiradi |
Xotira | O‘tkazuvchanlik – 153 GB/s (taxminan +30%) | Komponentlar orasida ma’lumot almashinuvi tezroq, og‘ir loyihalarda ish yanada silliq kechadi |
MacBook Pro M5: tanish dizayn, ammo ichida yangiliklar
Apple yangi chipning barcha qudratini o‘zining tanish korpusida mujassam etdi. M5 chipli MacBook Pro videomontaj ustalari, IT-mutaxassislar va ijodkorlarning sevimlisiga aylanishi aniq. U kod yozish, generativ modellar bilan ishlash, vizual effektlar va 3D sahnalarni qayta ishlash jarayonlarini sezilarli darajada tezlashtiradi. Shu bilan birga, u uzoq vaqt quvvat manbaiga ulanmasdan ishlash imkoniyatiga ega.
- Tezkor protsessor. M5 endi yanada samaraliroq va tezkor. 10 yadroli arxitektura M4’ga nisbatan quvvatni 20 foizgacha oshiradi. Bu kod kompilyatsiyasi, ijodiy dasturlar va ko‘p vazifali ishlarni tezlashtiradi. Bunday MacBook Pro Python, Rhino, Notion yoki Jira’da ishlaydigan tahlilchilar, dizaynerlar, dasturchilar va biznes mutaxassislari uchun ayni muddao. Xotiraning yuqori o‘tkazuvchanligi (150 GB/s dan ortiq) tufayli u katta sun’iy intellekt modellarini va murakkab 3D sahnalarni bevosita qurilmada oson qayta ishlay oladi.
- Grafika imkoniyatlari kengaygan. GPU sezilarli darajada kuchaytirildi: M5 – M4 chipli MacBook Pro’ga nisbatan professional dasturlar va o‘yinlarda 1,6 baravar yuqori unumdorlikni ta’minlaydi. Har bir yadrodagi neyron tezlatkich M5’ga intellektual vazifalarni tezroq bajarishga yordam beradi – masalan, tasvir yaratish, video va nutqni tahlil qilishda. Agar yangilikni Apple Silicon (M1) bilan taqqoslasak, M5 sun’iy intellekt vazifalarini 6 baravar tez bajaradi!
- SSD xotira ikki baravar tezlashgan: M4’ga nisbatan 2 baravar tez ishlaydi. Fayllar yoki RAW tasvirlarni import qilish, katta hajmdagi videolarni eksport qilish va mahalliy LLM modellarini ishga tushirish endi anchayin tez amalga oshadi.
- Saqlash hajmi: 4 TB gacha.
- Batareya quvvati: 24 soatgacha ish rejimi – loyihalaringizni o‘zingiz bilan olib, rozetkasiz ham ishlashingiz mumkin.
- Displey: 14 dyuymli Liquid Retina XDR, HDR uchun yorqinlik 1600 nitgacha, SDR uchun 1000 nitgacha. Yaltiroqni kamaytiruvchi nanotuzilma qoplamali versiya ham mavjud.
- Jihozlanish: 12 MP Center Stage kamerasi, 6 ta dinamik, keng portlar to‘plami va macOS Tahoe operatsion tizimi bilan ta’minlangan.
iPad Pro M5: nihoyatda yupqa va nihoyatda qudratli
iPad Pro Apple qurilmalari orasida eng yupqasi bo‘lib qolmoqda – atigi 5,1 mm. Qalinligi o‘tgan yilgi model bilan bir xil bo‘lsa-da, ichki tuzilmasi sezilarli darajada yangilangan. Yangi iPad Pro M5 bilan tanishing – bu planshet hisoblash quvvati bo‘yicha professional noutbuk darajasiga yetgan.
- Apple M5 chipiga ega iPad Pro tezkor 10 yadroli protsessor bilan jihozlangan (4 ta yuqori unumdor va 6 ta energiya tejamkor yadro). Xotiraning o‘tkazuvchanligi 150 GB/s dan oshadi – bu M4’ga nisbatan deyarli 30% yuqori. Bu foydalanuvchilarga bir vaqtning o‘zida bir nechta vazifalarni bajarish, sun’iy intellekt modellarini tezroq qayta ishlash, katta quvvat talab qiladigan o‘yinlarni ishga tushirish va boshqa ko‘plab ishlarni samarali bajarish imkonini beradi.
- Grafika yangi bosqichda. iPad Pro M5 sun’iy intellekt bilan ishlash uchun yaratilgan. Planshet har bir yadrosida neyron tezlatkich o‘rnatilgan yangilangan grafik protsessor bilan ta’minlangan. Har qanday intellektual vazifalar – ovozni tanishdan tortib, qurilmada diffuziya modellaridan (masalan, Draw Things ilovasida) foydalangan holda tasvir yaratishgacha – endi ancha tez bajariladi. Apple ma’lumotlariga ko‘ra, M5 chipi sun’iy intellekt vazifalarini M4’ga nisbatan 3,5 baravar tez bajaradi.
- 16 yadroli Neural Engine barcha sun’iy intellekt funksiyalarini tezlashtiradi. U Foundation Models asosidagi ilovalar bilan bir qatorda Apple Intelligence imkoniyatlarini ham mukammal bajaradi – masalan, Image Playground’da tasvirlar yaratish jarayonini sezilarli darajada tezlashtiradi.
Yangi protsessor tufayli planshet 3D sahnalarni nurlarni kuzatish (ray tracing) texnologiyasi yordamida 1,5 baravar tezroq qayta ishlaydi. Bu nurlarni kuzatish tizimining 3-avlodi yorug‘lik, aks va soyalarni avvalgidan ham tabiiyroq aks ettiradi. Shu sababli o‘yinlar uchun iPad Pro M5 eng to‘g‘ri tanlov hisoblanadi.
- Ultra Retina XDR displeyi dunyodagi eng ilg‘or ekranlardan biridir. U yorqin, yuqori kontrastli va ProMotion hamda True Tone texnologiyalarini qo‘llab-quvvatlaydi. Standart rejimda yorqinlik 1000 nitgacha, HDR rejimida esa 1600 nitgacha yetadi. Ranglar bilan ishlash yoki kuchli yorug‘likda foydalanish uchun nanotuzilma oynali variant mavjud bo‘lib, u yaltirashni kamaytiradi va tasvir sifatini pasaytirmaydi.
- Yangi C1X mobil modem iPhone Air’dagidek ishlaydi
- O‘lchamlar avvalgidek: eng yuqori darajadagi iPad Pro M5 ikki variantda taqdim etiladi – 11 dyuym (5,3 mm) va 13 dyuym (5,1 mm).
- Batareya ishlash vaqti: Wi-Fi orqali video tomosha qilish rejimida 10 soatgacha.
- Simsiz aloqa: Wi-Fi 7 va Bluetooth 6 – hozircha eng ilg‘or standartlar.
- Xotira imkoniyatlari: 12 GB / 256 GB, 12 GB / 512 GB, 16 GB / 1 TB, 16 GB / 2 TB. Bu hajm DaVinci Resolve yoki Unreal Engine kabi katta hajmdagi loyihalarda ishlash uchun ham yetarli.
- Tez quvvatlanish. 40–60 Vt quvvat adapteridan foydalanganda, iPad Pro 2025 11 dyuymli versiyada atigi 30 daqiqa, 13 dyuymli versiyada esa 35 daqiqada 50 foizgacha quvvatlanadi.
- Aksessuarlar: U Apple Pencil Pro, Apple Pencil (USB-C), Magic Keyboard va magnitli Smart Folio’ni qo‘llab-quvvatlaydi.
- Kameralar: orqa va old – har biri 12 MP.
- Tizim: yangi iPadOS operatsion tizimi bilan jihozlangan.
Yaqin orada yangiliklar iSpace do‘konlarida sotuvga chiqadi. O‘zbekiston uchun rasmiy narxlar ispace.uz saytida e’lon qilinadi. Oldindan buyurtma qabulining boshlanishi haqida bizning saytimiz yoki Instagram sahifamiz orqali xabar topishingiz mumkin – obuna bo‘ling, yangiliklarni o‘tkazib yubormang.
Shuningdek oqing:
iPhone 17 va iPhone 17 Pro: 2025-yilda qaysi smartfonni sotib olish yaxshiroq?
AirPods Pro 3 sharhi: 2025-yilgi naushniklarda qanday yangiliklar bor?
Tarqatma xabarlarga obuna bo‘ling va do‘konning yangi aksiyalari va maxsus takliflari haqida birinchilardan bo‘lib bilib oling!