Mundarija
- 1 AirPods Pro 3 – dunyodagi eng yaxshi faol shovqinni kamaytirish tizimi bilan
- 2 Apple Watch Series 11 – sog‘liq uchun yaxshilangan funksiyalar bilan
- 3 Apple Watch SE 3: endi Always-On Display qo‘llab-quvvatlashi bilan
- 4 Apple Watch Ultra 3 – rekord darajadagi avtonomlik bilan
- 5 iPhone 17 – ekranning 120 Hz gacha dinamik yangilanish chastotasi bilan
- 6 iPhone Air – ilk bor liniyada
- 7 iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max – yangi dizayn bilan
2025-yil 9-sentabr kuni ko‘plar bu sanani hatto tug‘ilgan kunidan ham ko‘proq kutishdi. O‘sha kuni Apple kompaniyasi an’anaviy kuzgi taqdimotini o‘tkazdi va unda yangi mahsulotlarni taqdim etdi. Agar siz uni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, butun dunyo muhokama qilayotgan qurilmalar haqida bilib oling.
AirPods Pro 3 – dunyodagi eng yaxshi faol shovqinni kamaytirish tizimi bilan
AirPods Pro 3-avlod yanada sifatli ovoz bera boshladi, hajmi kichraydi va yangilangan shakli hamda 5 xil o‘lchamdagi quloqchinga moslashuvchanligi tufayli quloqda yanada mustahkam turadi. AirPods Pro 3 butun tarixida eng katta yangilanishni oldi.
- Faol shovqinni kamaytirish AirPods Pro 2 ga qaraganda 2 baravar, birinchi avlod AirPods Pro ga nisbatan esa 4 baravar samaraliroq ishlaydi. Apple’ning ta’kidlashicha, bizni barcha simsiz quloqchinlar orasida eng kuchli shovqinni kamaytirish tizimi kutmoqda.
- AirPods Pro 3 Apple Intelligence yordamida matnni real vaqt rejimida tarjima qila oladi: faqat ularni taqish va suhbatni boshlash kifoya. Agar suhbatdoshda AirPods bo‘lmasa, suhbat transkripsiyasini iPhone ekranida ko‘rsatish mumkin bo‘ladi.
- AirPods ilk bor mashg‘ulotlar paytida yurak urish tezligini o‘lchay oladi – sport zaliga endi Apple Watch’siz borish mumkin. Natijalarni iPhone’dagi «Fitness» ilovasida qulay kuzatish mumkin.
- Qariyb 50 turdagi mashg‘ulotlarni quloqchinlar yordamida kuzatish imkoni mavjud. Hatto Apple Watch bo‘lmagan taqdirda ham.
- Namlikdan himoya IP57 standarti bo‘yicha.
- Ajoyib batareya ishlash muddati: faol shovqinni kamaytirish yoqilganida 8 soatgacha, «o‘tish holati»da esa 10 soatgacha ishlaydi. Bu avvalgi modelga nisbatan 33 foizga ko‘proqdir.
Apple Watch Series 11 – sog‘liq uchun yaxshilangan funksiyalar bilan
Sog‘lig‘ingizni yaxshiroq nazorat qilish va dunyo bilan aloqada bo‘lish uchun bilagingizga Apple Watch taqishning o‘zi kifoya. Yangi model gipertenziyaning dastlabki belgilarini aniqlay oladi va endi 5G’ni qo‘llab-quvvatlaydi. Mavjud o‘lchamlar – 42 va 46 mm. Ammo yangiliklar buning bilan cheklanmaydi.
- Ekranni tirnash endi yanada qiyinlashdi. Alyuminiy korpusli versiyalar Ion-X nomli noyob keramika qoplamali shisha bilan jihozlangan, titanli modellar esa odatdagidek mustahkam safir shishaga ega.
- Yurak urishini kuzatuvchi optik sensor gipertenziyaning dastlabki belgilarini aniqlay oladi. Agar bosimingiz ko‘tarilsa, siz darhol ogohlantirish olasiz.
- Uyquni kuzatishning yangi tizimi dam olish vaqtida puls, bilak harorati, nafas olish tezligi va boshqa ko‘rsatkichlarni yig‘adi. Endi soatlar uyqu davomiyligi va bosqichlarini hech qanday qo‘shimcha ilovalarsiz kuzata oladi. Bularning barchasi foydalanuvchiga qulay va tushunarli interfeysda aks ettiriladi. Shu orqali odatlarni to‘g‘rilash va dam olishni yanada samarali qilish mumkin.
- Yaxshilangan batareya ishlash muddati: 24 soatgacha ishlaydi, tezkor quvvatlash esa atigi 15 daqiqada Apple Watchni 8 soat ishlash imkonini beradigan darajada zaryadlaydi.
Apple Watch SE 3: endi Always-On Display qo‘llab-quvvatlashi bilan
Uchinchi avlod Apple Watch SE avvalgi modellarga qaraganda yanada rivojlangan funksiyalar to‘plamiga ega bo‘ldi. Yangi model S10 protsessorida ishlaydi, shu sababli Always-On Display va imo-ishoralarni qo‘llab-quvvatlaydi. Masalan, ilgari faqat yuqori modellarda mavjud bo‘lgan Double Tap funksiyasi endi butun liniyada mavjud.
- Ion-X himoya oynasi Apple Watch SE 2 dagidan 4 baravar mustahkamroq.
- Always-On Display yoqilgan holda ham 18 soatgacha quvvat olmasdan ishlaydi.
- 5G uyali aloqa qo‘llab-quvvatlanadi.
- Sog‘liq uchun kuchli funksiyalar to‘plami mavjud: uyquni kuzatish, bilak haroratini o‘lchash sensori, apnoe haqida ogohlantirish va boshqalar.
Apple Watch Ultra 3 – rekord darajadagi avtonomlik bilan
Qatorning eng bardoshli soati yanada mukammallashdi. Ekran kattalashib, yorqinroq bo‘ldi, ramkalar esa aksincha kichraydi. Ammo asosiy yangilik uning ichki qismida.
- Sun’iy yo‘ldosh aloqasi qo‘llab-quvvatlanadigan bo‘ldi – u iPhone’siz ham mustaqil ishlaydi. Hatto tarmoqsiz ham siz o‘z geolokatsiyangizni yoki xabarlarni yaqinlaringizga yoki qutqaruv xizmatlariga yuborishingiz mumkin. To‘g‘ri, hozircha bu imkoniyat barcha mamlakatlarda mavjud emas.
- Surunkali gipertenziya belgilarini aniqlash haqida ogohlantirish paydo bo‘ldi, chunki bu kasallik ko‘pincha alomatsiz kechadi.
- Uyquni baholashning yangi funksiyalari va Workout Buddy – Apple Intelligence asosidagi yordamchi, u sizga shaxsiylashtirilgan maslahatlarni fitnes-trener uslubida beradi. Shuningdek, allaqachon tanish imkoniyatlar ham mavjud: yurak urish ritmidagi notekislik haqida ogohlantirish, uyqudagi apnoe, shuningdek, EKG, qondagi kislorod darajasi va boshqa sensorlar.
- Quvvatlamasdan 42 soatgacha ishlaydi. Energiya tejash rejimida esa – 72 soatgacha.
- S10 chipi, 5G va sport soatlari orasida eng aniq GPS mavjud.
iPhone 17 – ekranning 120 Hz gacha dinamik yangilanish chastotasi bilan
Yangi modelning dizayni o‘zgarmagan, biroq yangi ranglar paydo bo‘ldi, ekran hajmi esa 6,3 dyuymga yetdi (iPhone 16’da – 6,1). Bu smartfon selfi ishqibozlari va mazmun ijodkorlariga ayniqsa yoqadi, buning sabablari esa ko‘p.
- Yaxshilangan old kamera Center Stage – 18 MP aniqlikda. U kvadrat sensor bilan jihozlangan bo‘lib, kamera masshtabini o‘zgartirish va burishni ta’minlaydi, bu esa selfi va video suratga olishda keng imkoniyatlar yaratadi. Harakatlanayotganda ham silliq tasvir uchun stabilizatsiya mavjud.
- Yangi 48 MP ultrakeng burchakli kamera – keng panoramalarni va masshtabli kadrlarni aniqroq suratga oladi, shuningdek, makrosuratlarni yanada tiniq qiladi. Ikkinchi kamera esa 12 MP bo‘lib, 2 baravar yaqinlashtirish imkonini beruvchi 2x optik zumga ega.
- Dual Capture funksiyasi yordamida bir vaqtning o‘zida ikkita kamera – asosiy va old kamera bilan suratga olish mumkin.
- OLED-ekran – yorqinligi 3000 nitgacha.
- ProMotion texnologiyasi – displey yangilanish tezligi 120 Hz gacha. Oddiy iPhone modellarida bu imkoniyatni bir necha yildan beri kutishardi. Bungacha u faqat iPhone Pro, iPad va Mac modellarida mavjud edi.
- Always-On Display funksiyasi mavjud.
- Ceramic Shield 2 himoya oynasi – tirnalishga chidamliligi oshirilgan, shuningdek, aksni kamaytiruvchi qoplamaga ega.
- A19 chipi – 6 ta CPU va 5 ta GPU yadroli.
- Avtonomlik – video ijro rejimida 30 soatgacha. Bu iPhone 16 ga qaraganda 8 soat ko‘proq. Smartfondan doimo kutadigan eng muhim narsa – uzoq ishlash muddati, bu safar esa ko‘rsatkich 36% ga oshirilgan!
- Xotira hajmi – 256 va 512 GB.
iPhone Air – ilk bor liniyada
E’tibor bering: bu iPhone 17 Air emas, balki shunchaki iPhone Air. Raqamsiz. Bu liniyadagi eng yupqa smartfon: atigi 5,6 mm. Shu bilan birga, u titan korpusga va hayratlanarli darajadagi unumdorlikka ega.
- Super Retina XDR displey – 6,5 dyuym diagonali va yorqinligi 3000 nitgacha.
- Always-On Display funksiyasi va ProMotion texnologiyasi – 1 dan 120 Hz gacha yangilanish chastotasi bilan.
- Yaxshilangan Ceramic Shield 2 old himoya paneli va ilg‘or aksga qarshi qoplama. Ilk bor orqa panel ham Ceramic Shield bilan himoyalangan bo‘lib, bu yorilish va tirnalishlarga chidamliligini oshiradi. Mustahkam titan rom esa korpusning deformatsiyasini oldini oladi.
- Old kamera Center Stage – stabilizatsiya va 4K HDR formatida suratga olishni qo‘llab-quvvatlaydi. Dual Capture funksiyasi orqali bir vaqtning o‘zida ikkita kamera bilan suratga olish mumkin.
- Yangi universal Fusion kamerasi 48 MP – xuddi cho‘ntagingizda bir nechta obyektiv olib yurgandek. Fokal masofasi – 28 va 35 mm. Kamera oddiy (x1) va telephoto kamera (x2) rejimida suratga oladi.
- Qudratli A19 Pro protsessori – 6 yadroli CPU va 5 yadroli GPU bilan.
- Yangi N1 chipi – Wi-Fi, Bluetooth va Thread’ni birlashtiradi, shuningdek, Apple’ning o‘ziga xos ishlab chiqargan energiya tejamkor C1X uyali aloqa modemi bilan jihozlangan.
- Xotira hajmlari – 256 GB, 512 GB va 1 TB. iPhone Air faqat eSim versiyasida mavjud.
- Mavjud ranglar: Space Black, Cloud White, Light Gold, Sky Blue.
- Moslashuvchan ishlash rejimi – uning yordamida iPhone Air video ijro rejimida 27 soat quvvat olmasdan ishlaydi (iPhone 16 da bu ko‘rsatkich 22 soat edi).
iPhone 17 Pro va iPhone 17 Pro Max – yangi dizayn bilan
Apple 2025-yilgi Pro-liniyani yangilangan unibody – butunlay alyuminiydan yasalgan korpusda taqdim etdi. Eslatib o‘tamiz, so‘nggi ikki avlodda ramka titanidan ishlab chiqilgan edi. Yangi modellarning ikki xil o‘lchami mavjud: iPhone 17 Pro – 6,3 dyuym, iPhone 17 Pro Max esa – 6,9 dyuym.
- Orqa panel Ceramic Shield bilan himoyalangan, ekran esa yanada tirnalishga chidamli Ceramic Shield 2 avlodidan foydalanadi.
- Qurilmaning dizayni uzoq vaqt ichida ilk bor o‘zgardi. Endi kameralar kvadrat blokda emas, balki qurilmaning butun kengligini egallagan panelda joylashgan. Ob’ektivlar chap tomonda, LiDAR va chaqmoq esa o‘ng tomonda joylashgan.
- Uch asosiy kamera ham 48 MP aniqlikka ega: keng burchakli, ultrakeng burchakli va 8 martagacha optik yaqinlashtirishga ega telephoto kamera. Raqamli zum – 40 martagacha. Old kamera Centre Stage (18 MP) – 4K HDR formatida yuqori stabilizatsiya bilan video yozish imkonini beradi. Bundan tashqari, bir vaqtning o‘zida ikki kamerada suratga olish funksiyasi ham qo‘llab-quvvatlanadi.
- Professional suratga olish uchun yangi rejimlar taqdim etildi: Dolby Vision HDR, 4K 120, ProRes Log, ACES va ProRes RAW.
- A19 Pro protsessori – hozircha Apple’ning eng qudratli chipi. iPhone Air’dan farqli o‘laroq, iPhone 17 Pro’da GPU yadrolari bittaga ko‘proq: 6 ta, Air’da esa – 5 ta.
- Yaxshilangan vapor chamber sovutish tizimi tufayli smartfon yuqori unumdorlikni oldingi avlodga nisbatan 40% barqarorroq ushlab turadi. Bu juda katta o‘sish: qurilma o‘yin vaqtida yoki ProRes formatida suratga olayotganda qizib ketmaydi.
- Avtonomlikni yaxshilashga unibody konstruktsiyasi ham ta’sir qilgan – iPhone 17 Pro/iPhone 17 Pro Max korpusi butun alyuminiy bo‘lagidan yasalgan. Bu esa kattaroq sig‘imli akkumulyator o‘rnatishga imkon beradi. Alyuminiy qotishmasi esa a’lo darajadagi issiqlik o‘tkazuvchanlik xususiyatlariga ega. Jismoniy sim-kartasiz (faqat eSIM) modellar biroz kattaroq akkumulyator bilan ta’minlangan.
- Avtonomlik hayratlanarli: iPhone 17 Pro Max – video ko‘rish rejimida 39 soatgacha, iPhone 17 Pro esa 33 soatgacha ishlaydi.
- N1 simsiz aloqa chipi – Wi-Fi 7, Bluetooth 6 va Thread’ni qo‘llab-quvvatlaydi.
- Xotira hajmi – 256 GB dan 2 TB gacha.
- Mavjud ranglar: Deep Blue, Cosmic Orange, Silver.
Yaqin kunlarda barcha ushbu qurilmalar iSpace O‘zbekiston’da sotuvga chiqariladi. iPhone 17 va kuzgi taqdimotning boshqa yangiliklari narxlari hamda savdolar boshlanishi haqida bizning saytimizda yoki Instagram sahifamizda bilib olishingiz mumkin. Obuna bo‘ling, yangiliklarni o‘tkazib yubormang.
Tarqatma xabarlarga obuna bo‘ling va do‘konning yangi aksiyalari va maxsus takliflari haqida birinchilardan bo‘lib bilib oling!