Mundarija
- 1 2026-yilda MacBook: qaysi qurilmalar dolzarb?
- 2 Vazifalar va byudjetga qarab qaysi MacBook’ni tanlash kerak?
- 3 Birlashtirilgan xotira va ichki xotira hajmi
- 4 Displey xususiyatlari
- 5 Avtonomlik va korpusning qizishi
- 6 MacBook’ni qanday tanlash va xatoga yo‘l qo‘ymaslik mumkin?
- 7 FAQ
- 7.1 2026-yilda qaysi MacBook’ni tanlash ma’qul?
- 7.2 O‘qish yoki ish uchun minimal xotira hajmi qancha bo‘lishi kerak?
- 7.3 MacBook Air dizayn yoki video bilan ishlash uchun yetarlimi?
- 7.4 Zamonaviy MacBook necha yil xizmat qiladi?
- 7.5 Bazaviy modelni olib, keyin uni yangilash mumkinmi?
- 7.6 Sayohatlar va masofadan ishlash uchun qaysi MacBook yaxshiroq?
Yangi noutbuk sotib olishni rejalashtirayotganda, modellar, avlodlar va konfiguratsiyalar ko‘pligi sababli adashib qolish oson. O‘tgan yili Apple o‘z mahsulotlar qatorini yangilab, ikkita yangi qurilmani taqdim etdi. Bular – M4 chipiga ega ixcham va yengil MacBook Air hamda M5 protsessori bilan jihozlangan, Pro seriyasining yanada unumdor modeli. Ushbu maqolada qaysi model hozirgi ehtiyojlarga mos kelishini ko‘rib chiqamiz.
2026-yilda MacBook: qaysi qurilmalar dolzarb?
2026-yilda asosiy e’tibor ikki seriyaga qaratilgan. MacBook Air kundalik vazifalar va yuqori harakatchanlik uchun mo‘ljallangan bo‘lib, o‘qish, ofis ishlari va safarlar uchun qulay tanlov hisoblanadi. MacBook Pro modellari esa uzoq vaqt davomida yuqori yuklama ostida ishlash, maksimal unumdorlik va barqarorlik talab qilinadigan vazifalar uchun mos.
| Ko‘rsatkich | Air (M4) | Pro (M4 Pro) | Pro (M4 Max) | Pro (M5) |
| Seriya | Air | Pro | Pro | Pro |
| Ekran | Liquid Retina | Liquid Retina XDR | Liquid Retina XDR | Liquid Retina XDR |
| Diagonal | 13″ va 15″ | 14,2″ va 16,2″ | 14,2″ va 16,2″ | 14,2″ |
| CPU yadrolari | 10 | 12-14 | 14-16 | 10 |
| GPU yadrolari | 8-10 | 16-20 | 40 tagacha | 10 |
| Operativ xotira (RAM), GB | 16-32 | 24-48 | 36-128 | 16-32 |
| Ichki xotira (SSD) | 256 GB dan 2 TB gacha | 512 GB dan 4 TB gacha | 1 TB dan 8 TB gacha | 512 GB dan 4 TB gacha |
| Zaryadsiz ishlash vaqti | 18 soatgacha | 22-24 soatgacha | 18-21 soatgacha | 24 soatgacha |
Modellar xilma-xilligi turli darajadagi vazifalar uchun mos qurilmani tanlash imkonini beradi – oddiy taqdimotlar tayyorlashdan tortib, professional ishlab chiqarish jarayonlarigacha.
Vazifalar va byudjetga qarab qaysi MacBook’ni tanlash kerak?
So‘nggi avlod Apple Silicon protsessorlari yuqori tezkorlik, ixchamlik va energiya tejamkorlikni ta’minlaydi. Ushbu chiplar bilan jihozlangan qurilmalar ofis ishlari, ta’lim, muloqot, o‘yinlar, foto tahrirlash hamda bazaviy video montaj uchun yetarli imkoniyatlarga ega. M4 chipiga ega MacBook Air seriyasidagi model ushbu toifadagi eng portativ variantlardan biri bo‘lib qolmoqda – 13 dyuymli versiyaning og‘irligi 1,24 kg, qalinligi esa bir santimetrdan biroz ortiq.
8K formatdagi video, 3D grafika yoki murakkab muhandislik loyihalari bilan muntazam shug‘ullanuvchilar uchun MacBook Pro’ni tanlash maqsadga muvofiq. Ushbu qurilmalar nisbatan qimmatroq bo‘lsa-da, yuqori unumdorlik va barqaror ishlashi bilan o‘zini to‘liq oqlaydi.

Birlashtirilgan xotira va ichki xotira hajmi
Operativ xotiraning bazaviy hajmi 16 GB ni tashkil etadi. Bunday konfiguratsiya kundalik vazifalarni – jadvallar bilan ishlashdan tortib, o‘yinlarni ishga tushirishgacha – muammosiz bajarishga imkon beradi. Grafika bilan ishlash va video tahrirlash uchun esa 24-32 GB operativ xotiraga ega modellar maqsadga muvofiqroq hisoblanadi.
Asosiy konfiguratsiyada ichki xotira hajmi 256 GB ni tashkil etadi, biroq bu hajm tezda yetarli bo‘lmay qolishi mumkin: operatsion tizim, ilovalar va kesh sezilarli joy egallaydi. Agar Siz kontent bilan ishlasangiz va tashqi xotira qurilmalari yoki bulutli xizmatlarga bog‘liq bo‘lishni istamasangiz, kamida 512 GB SSD xotiraga ega modelni darhol tanlash tavsiya etiladi.
Displey xususiyatlari
MacBook Air seriyasida 13 va 15 dyuymli ekranlarga ega modellar mavjud. Ushbu ekranlarning yorqinligi 500 nitgacha yetadi, ranglarni tabiiy tarzda aks ettiradi hamda True Tone texnologiyasi yordamida atrof-muhit yoritilishiga mos holda rang haroratini avtomatik tarzda sozlaydi.
MacBook Pro versiyalarida esa 14 va 16 dyuymli ekranlar taklif etiladi. Ular ancha yorqin bo‘lib, XDR rejimida 1000 nitgacha, HDR rejimida esa 1600 nitgacha yorqinlikni ta’minlaydi. Yangilanish chastotasini 1 Gts dan 120 Gts gacha moslab turuvchi ProMotion texnologiyasi grafik bilan ishlash jarayonida ayniqsa qulaylik yaratadi.

Avtonomlik va korpusning qizishi
Zamonaviy qurilmalar modeliga va yuklama darajasiga qarab 18 soatdan 24 soatgacha zaryadsiz ishlashi mumkin. Tezkor quvvatlash texnologiyasi qo‘llab-quvvatlangani sababli esa taxminan yarim soat ichida batareya quvvatining qariyb 50 foizini tiklash mumkin.
Noutbuk tarmoqqa ulangan yoki akkumulyator hisobidan ishlayotganidan qat’i nazar, unumdorlik barqaror darajada saqlanib qoladi. Bu safar vaqtida, o‘qish jarayonida yoki ofisdan tashqarida ishlashda qulaylik yaratadi.
Apple Silicon chiplaridan foydalanilgani tufayli noutbuklar sezilarli darajada qizib ketmaydi. Air seriyasidagi qurilmalar mutlaqo jim ishlaydi – ularda ventilyator mavjud emas, sovitish tizimi esa passiv turga mansub. Pro seriyasi esa yuqori yuklamalar uchun mo‘ljallangan: unda ventilyatorli faol sovitish tizimi mavjud bo‘lib, u faqat intensiv vazifalar bajarilganda ishga tushadi va sezilarli shovqin chiqarmaydi.

MacBook’ni qanday tanlash va xatoga yo‘l qo‘ymaslik mumkin?
Qurilma tanlashda, avvalo, bajarilishi rejalashtirilgan vazifalar va ularning murakkablik darajasini inobatga olish lozim. Shundan so‘ng operativ xotira va SSD hajmi, ekran diagonali hamda narx bo‘yicha mos konfiguratsiyani tanlash tavsiya etiladi. Bunday yondashuv uzoq yillar davomida barqaror ishlaydigan va ishonchli xizmat qiladigan MacBook’ni xarid qilish imkonini beradi.
Agar tanlov masalasida ikkilanayotgan bo‘lsangiz, iSpace – Apple Premium Reseller mutaxassislariga murojaat qilishingiz mumkin. Ular bilan onlayn tarzda – telefon orqali yoki veb-saytdagi chat orqali – bog‘lanish, shuningdek, Toshkent shahridagi Tashkent City Mall savdo markazida joylashgan jismoniy do‘konga shaxsan tashrif buyurish imkoniyati mavjud. Barcha dolzarb modellar ochiq ko‘rinishda namoyish etilgan bo‘lib, ularni joyida sinab ko‘rish mumkin. Onlayn buyurtma rasmiylashtirilganda esa O‘zbekiston bo‘ylab yetkazib berish xizmati taqdim etiladi.
FAQ
2026-yilda qaysi MacBook’ni tanlash ma’qul?
Tanlov bajariladigan vazifalar va byudjetga bog‘liq. M4 va M5 chiplariga ega modellar yuqori unumdorlik zaxirasiga ega bo‘lib, yadrolar soni hamda xotira konfiguratsiyasi ish turiga qarab tanlanadi.
O‘qish yoki ish uchun minimal xotira hajmi qancha bo‘lishi kerak?
Qulay foydalanish uchun minimal hajm – 16 GB operativ xotira. Bu o‘qish, ofis dasturlari bilan ishlash va kundalik vazifalar uchun yetarli hisoblanadi.
MacBook Air dizayn yoki video bilan ishlash uchun yetarlimi?
Bazaviy dizayn vazifalari va murakkab bo‘lmagan video montaj uchun Air seriyasidagi modellar mos keladi. Og‘ir loyihalar bilan muntazam ishlash rejalashtirilsa, Pro versiyasini tanlash maqsadga muvofiq.
MacBook qurilmalari, odatda, 5-7 yil davomida macOS yangilanishlari va ilovalar qo‘llab-quvvatlovini oladi. Shundan keyin ham ular ishchi holatda qoladi.
Bazaviy modelni olib, keyin uni yangilash mumkinmi?
Konfiguratsiyani darhol tanlash zarur, chunki MacBook qurilmalarini keyinchalik yangilash imkoniyati mavjud emas. Uzoq muddat foydalanish uchun operativ xotira va SSD hajmi bo‘yicha zaxiraga ega modelni tanlash oqilona hisoblanadi.
Sayohatlar va masofadan ishlash uchun qaysi MacBook yaxshiroq?
Safarlar va masofadan ishlash uchun MacBook Air eng maqbul variant hisoblanadi. U yengil va ixcham bo‘lib, zaryadsiz 18 soatgacha ishlay oladi. Shu bilan birga, 14 dyuymli Pro modellarining og‘irligi ham nisbatan kam – 1,55-1,62 kg atrofida.
Shuningdek o‘qing
Nega 2026 yilda kompaniyani Mac platformasiga o‘tkazish zarur: biznes uchun MacBook afzalliklari
Nima uchun 2026-yilda MacBook Air tanlash maqsadga muvofiq – 7 ta asosiy ustunlik
MacBook Air M4 sharhi: asosiy texnik xususiyatlar nimani ko‘rsatadi?
Tarqatma xabarlarga obuna bo‘ling va do‘konning yangi aksiyalari va maxsus takliflari haqida birinchilardan bo‘lib bilib oling!